16.11.2021
339

Ahmad Shavqiy Benbin

Olim 1946 yilda Marokashda tug‘ilgan. 1967 yilda Marokash universitetida bakalavriatni tamomlagan. 1973 yilda Parijdagi Kutubxona ilmlari Milliy maktabi oliy diplomini qo‘lga kiritgan.  1986 yilda Sorbonna universitetida doktor ilmiy darajasini olgan.
Ahmad Shavqiy Benbin turli yillarda Rabot universiteti Adabiyot fakultetida o‘qituvchi, Madaniyat vazirligiga qarashli Qo‘lyozmalar va kutubxonalar tashkiloti mudiri, Davlat vasiqalari tashkiloti direktor o‘rinbosari, Hasaniyya kutubxonasi direktori lavozimida ishlab kelgan. Hozirda Rabot universiteti Adabiyot fakultetida dars beradi.
U “Mag‘ribdagi kutubxonalar tarixi”, “Arab tilidagi qo‘lyozma kitoblar haqida”, “Qo‘lyozmalar ilmi bo‘yicha izlanishlar va bibliografik tadqiqot” kitoblarining muallifi hisoblanadi. Shuningdek, Ibn Anjab So’iyning “ad-Durr as-samin fi asmoil musannafiyn”, Ibn Anjab So’iyning “Bag‘dod shahridagi qabrlar va mozorlar”, Abdulhay Kattoniyning “Musulmon kutubxonalari”, “Shoirul Hamro devoni” asarlarini tahqiq qilgan.

Qo‘shimcha malumot

O’zbekistondagi diniy ma’rifiy ilmiy-tadqiqot markazlari hamda Al-Azhar Islom tadqiqotlari akademiyasi o‘rtasida aloqalar yanada rivojlantiriladi
Xabar berganimizdek, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, O’zbekiston xalqaro islom akademiyasi, Imom Moturidiy va Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari vakillaridan iborat...
Al-Azharda Imom Moturidiy merosi bo‘yicha o‘tkazilgan xalqaro tanlov g‘oliblari taqdirlandi
2023 yil 12 mart kuni Misr Arab Respublikasining al-Azhar anjumanlar saroyida Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan Imom Moturidiy merosi...
Shayx Muhammad ad-Duvayniy: “Soʻnggi yillarda Misr va Oʻzbekiston aloqalari tobora rivojlanib bormoqda”
Misr Arab Respublikasida yurtimiz delegatsiyasi vakillari “Al-Azhar” majmuasi rahbarining oʻrinbosari, shayx Muhammad ad-Duvayniy bilan uchrashishdi.Mazkur muloqotda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi,...

Izoh qoldirish

Izohlar

Мы в соц сетях

Aloqa

Telefon:
E-mail:
Manzil:
©2024 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry