17.11.2021
402

17 noyabr Imom Moturidiy ziyoratgohi ochilgan kun.

Movarounnahrda kalom ilmining rivojlanishida “Hidoyat yo‘li imomi”, “Mutakallimlar imomi” kabi nomlar bilan shuhrat qozongan alloma Abu Mansur Moturidiyning o‘rni nihoyatda katta bo‘lgan.

U yashagan davrda (IX asrning oxiri – X asrning birinchi yarmi)  bu hududda to‘g‘ri yo‘ldan adashgan turli  firqalar ko‘payib, noto‘g‘ri aqidaviy qarashlar shakllana boshladi.

Mana shunday murakkab sharoitda Imom Moturidiy ularning noto‘g‘ri aqidaviy qarashlariga nisbatan asosli raddiyalar berdi.

Hanafiya mazhabi asosida o‘ziga xos kalom maktabini yaratdi.

U asos solgan moturidiylik ta’limoti butun islom olamiga tarqalib, sunniylikdagi ikki yirik maktabning biri sifatida tanildi.

1999 yil 9 dekabrdagi Vazirlar Mahkamasining "Imom Abu Mansur Moturidiy tavalludining 1130 yilligini nishonlash to‘g‘risida"gi qaroriga muvofiq 2000 yil 17 noyabrda Samarqand shahridagi Chokardiza qabristonida allomaning maqbarasi va  ziyoratgoh barpo etildi.

 

 

 

Qo‘shimcha malumot

Imom Moturidiy hayoti va faoliyatiga chizgilar
Muallif: Ahmad Sa’d DamanhuriyTarjimonlar: S.Abdullayev, O.Ikrombekov🗓 Sana: 2023📝 Hajmi: 264 bet📖 Ushbu kitob misrlik moturidiyshunos olim Ahmad Sa’d Damanhuriyning Imom...
ZAMONAVIY TARIQATCHILIKNING IJTIMOIY ZARARLARI
Tasavvuf ta’limoti uzoq davrlar mobaynida jamiyatning turli tabaqalari o‘rtasida do‘stlik, birodarlik rishtalarini ildiz otishiga zamin yaratgan. Hozirgi paytda dunyoning ko‘p...
ULAMOLAR SOXTA SUFIYLIK HAQIDA
Tarixan, inson qalbini poklash, uni ruhiy-ma’naviy jihatdan yuksaltirishni maqsad qilgan tasavvuf ta’limoti yurtimizda keng taraqqiy etib kelgan. Tasavvuf yo‘lida riyozat...

Izoh qoldirish

Izohlar

Мы в соц сетях

Aloqa

Telefon:
E-mail:
Manzil:
©2024 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry