13.11.2021
393

ANQARA MILLAT KUTUBXONASI

Millat kutubxonasini tashkil etish bo‘yicha ishlar Turkiya Prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on rahbarligida 2015 yilda boshlangan. Kutubxonaning ochilish marosimi 2020 yil fevralda bo‘lib o‘tgan va unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev ham qatnashgan. 

Kutubxona 125 000 m² maydonda joylashgan bo‘lib, bir vaqtning o‘zida 5500 kitobxonga xizmat ko‘rsata oladi. Kutubxonada 100 dan ortiq mamlakatlardan keltirilgan 134 tildagi kitoblar va nashrlar jamlangan. Jami bosma nashrlar soni 4 million bo‘lib, ulardan 2 millioni kitob, qolgan 2 millioni esa davriy nashrlar hisoblanadi. Shuningdek, kutubxonadan 210 million maqola va tezislarni hamda 665 ming elektron kitoblarni ham topish imkoni mavjud.

Millat kutubxonasi Turkiyadagi eng yirik kutubxona bo‘lib, o‘zining fondlari va xizmatlari bo‘yicha dunyodagi sanoqli kutubxonalar qatoriga kirishni maqsad qilgan.

Kutubxonaning eng yirik Jihannumo zalida 200 ming kitob mavjud. Zaldagi 16 ta ustun tarixdagi 16 turk davlati ramzi sanaladi. Zal gumbazidan Alaq surasining “U qalam bilan ilm o‘rgatgandir. U insonga bilmagan narsasini o‘rgatdi” oyatlari o‘rin olgan.

Kutubxona fondi Turkiyadan va xorijdan turli shaxsiy kolleksiyalar hamda doimiy ravishda qo‘shilib borayotgan resurslar hisobiga ko‘payib, boyib bormoqda. Kutubxonada O‘zbekistondan keltirilgan kitoblar uchun maxsus O‘zbekiston burchagi ham tashkil qilingan.

Kitobxonlarning kutubxona ichida kitoblardan foydalanishlari, nusxa olishlari, ma’lumotlar bazasiga kirishlari va hokazolar uchun kutubxona a’zoligi talab qilinadi.

Qo‘shimcha malumot

O’zbekistondagi diniy ma’rifiy ilmiy-tadqiqot markazlari hamda Al-Azhar Islom tadqiqotlari akademiyasi o‘rtasida aloqalar yanada rivojlantiriladi
Xabar berganimizdek, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, O’zbekiston xalqaro islom akademiyasi, Imom Moturidiy va Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari vakillaridan iborat...
Al-Azharda Imom Moturidiy merosi bo‘yicha o‘tkazilgan xalqaro tanlov g‘oliblari taqdirlandi
2023 yil 12 mart kuni Misr Arab Respublikasining al-Azhar anjumanlar saroyida Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan Imom Moturidiy merosi...
Shayx Muhammad ad-Duvayniy: “Soʻnggi yillarda Misr va Oʻzbekiston aloqalari tobora rivojlanib bormoqda”
Misr Arab Respublikasida yurtimiz delegatsiyasi vakillari “Al-Azhar” majmuasi rahbarining oʻrinbosari, shayx Muhammad ad-Duvayniy bilan uchrashishdi.Mazkur muloqotda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi,...

Izoh qoldirish

Izohlar

Мы в соц сетях

Aloqa

Telefon:
E-mail:
Manzil:
©2024 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry