13.11.2021
412

TURKIYA MILLIY KUTUBXONASI

Turkiya Respublikasidagi eng yirik kutubxonalaridan biri hisoblangan Turkiya Milliy kutubxonasi poytaxt Anqara shahrida joylashgan bo‘lib, 1946 yilda tashkil etilgan va o‘z faoliyatini 1948 yilda boshlagan. Kutubxona Madaniyat va Turizm vazirligi tasarrufiga kiradi. Milliy kutubxona binosi qurilish ishlari uzoq vaqt davom etgan. Hozirgi bino ko‘rinishi 1983 yilda to‘liq shakllangan. 

Milliy kutubxonaning vazifasi ilmiy-madaniy tadqiqotlarni amalga oshirish imkonini yaratish, bu maqsadga xizmat qilishi mumkin bo‘lgan barcha asarlar va hujjatlarni bir joyga jamlash, mamlakat ichidan va xorijdan kelgan ma’lumot olish bo‘yicha talab va takliflarni ko‘rib chiqib, turli ilmiy va madaniy tadqiqotlarga yordam berishdan iborat.

Kutubxona tarkibida beshta mutolaa zali va bitta akademik zal mavjud bo‘lib, ulardan eng kattasi sanaluvchi Mujgon Junbur zali 1200 ga yaqin kitobxonni o‘z ichiga sig‘dira oladi.

1934 yilda qabul qilingan qonunga muvofiq, Turkiyada nashr etilgan har qanday asardan bir namuna Milliy kutubxonaga yuboriladi. Hozirda kutubxonada 1 million 400 mingdan ortiq bosma va qo‘lyozma kitoblar mavjud. Ulardan 27 464 tasi turli davrlarga oid qo‘lyozma asarlar hisoblanadi. 2017 yilda kututbxonaga a’zo bo‘lganlar soni 27 ming kishini tashkil qilgan.

Kutubxonada Bibliografiyalar, Nodir bosma kitoblar, Davriy nashrlar, Kitoblar (bosma va qo‘lyozma), Otaturk hujjatlari, Kitobdan tashqari materiallar kabi bo‘limlar mavjud.

Qo‘shimcha malumot

O’zbekistondagi diniy ma’rifiy ilmiy-tadqiqot markazlari hamda Al-Azhar Islom tadqiqotlari akademiyasi o‘rtasida aloqalar yanada rivojlantiriladi
Xabar berganimizdek, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, O’zbekiston xalqaro islom akademiyasi, Imom Moturidiy va Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari vakillaridan iborat...
Al-Azharda Imom Moturidiy merosi bo‘yicha o‘tkazilgan xalqaro tanlov g‘oliblari taqdirlandi
2023 yil 12 mart kuni Misr Arab Respublikasining al-Azhar anjumanlar saroyida Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan Imom Moturidiy merosi...
Shayx Muhammad ad-Duvayniy: “Soʻnggi yillarda Misr va Oʻzbekiston aloqalari tobora rivojlanib bormoqda”
Misr Arab Respublikasida yurtimiz delegatsiyasi vakillari “Al-Azhar” majmuasi rahbarining oʻrinbosari, shayx Muhammad ad-Duvayniy bilan uchrashishdi.Mazkur muloqotda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi,...

Izoh qoldirish

Izohlar

Мы в соц сетях

Aloqa

Telefon:
E-mail:
Manzil:
©2024 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry