12.11.2021
616

Toshkent islom instituti va Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi hamkorligida nashr etilgan aqoid ilmiga oid kitoblar taqdimoti bo‘lib o‘tdi

 

 

Taqdimotda Toshkent islom instituti rektori Uyg'un G’afurov, Aqoid va fiqhiy fanlar kafedrasi mudiri Soatmurod Primov, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori Davronbek Maqsudov, Markaz bo‘lim boshlig‘i tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori Abdullatif Alloqulov, institut professor-o‘qituvchilari hamda talabalar ishtirok etdilar.
 

Tadbirni institut rektori Uyg'un G’afurov kirish so‘zi bilan ochib berdi. Shundan so‘ng, Toshkent islom instituti va Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi hamkorligida nashr etilgan aqoid ilmiga oid 3 ta kitob taqdimoti Aqoid va fiqhiy fanlar kafedrasi mudiri Soatmurod Primov tomonidan  o‘tkazildidi.

Birinchi kitob, Toshkent islom instituti katta o‘qituvchisi Soatmurod Primov tomonidan Imom Moturidiy xalqaro ilmiy tadqiqot markazi loyihasi doirasida “Jumal usul ad-din” asari arab tilidan o‘zbek tiliga tarjima qilinib, nashrdan chiqarildi.

“Jumal usul ad-din” (E’tiqodiy masalalarning umumiy kisqacha bayoni)” asari qo‘lyozmalar orqali arab tilidan  o‘zbek tilidagi tarjimasi amalga oshirildi.

Kitob kalom va aqida ilmi bilan shug‘ullanuvchi mutaxassislarga mo‘ljallangan.

Mas’ul muharrir: Abdullatif Alloqulov, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)

Taqrizchilar: tarix fanlari nomzodi, dotsent Saidmuxtor Oqilov, tarix fanlari nomzodi, dotsent Shovosil Ziyodov.

Ikkinchi kitob, Toshkent islom instituti katta o‘qituvchisi Abdulqodir Abdurrahim tomonidan Imom Moturidiy xalqaro ilmiy tadqiqot markazi loyihasi doirasida “Umdatul aqoid” asarini arab tilidan o‘zbek tiliga tarjima qilinib, nashrdan chiqarildi.

 

Asar muallifi Abul Barakot Nasafiy (tav. 629/1232) o‘z davrining yetuk olimi, aqida hamda kalom ilmi peshqadami sifatida olimlar tomonidan e’tirof etilgan.

Olim mufassirlar orasida “Madorikut tanzil” asari bilan tanilgan bo‘lsa, faqihlar e’tirofiga “Kanzud daqoiq”, “Manor” kitoblari bilan, aqida va kalom ilmida “Umdatul aqoid”, “Sharhu Umdatil aqoid” asarlari bilan shuhrat qozongan.

Kitob kalom va aqida ilmi bilan shug‘ullanuvchi mutaxassislar va bilimli o‘quvchilarga mo‘ljallangan.

Mas’ul muharrir: Abdullatif Alloqulov,tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)

Taqrizchilar: tarix fanlari nomzodi, dotsent Saidmuxtor Oqilov, tarix fanlari nomzodi, dotsent Shovosil Ziyodov.

Uchinchi kitob, “Kitob as-savod al-a’zam” matni ham Toshkent islom instituti katta o‘qituvchisi Soatmurod Primov tomonidan Imom Moturidiy xalqaro ilmiy tadqiqot markazi loyihasi doirasida o‘zbek tilida ilk bor tarjima qilinib, nashr qilindi.

Asar muallifi Hakim Samarqandiy (vaf. 342/953 y.) Movarounnahrda faoliyat olib borib, moturidiylik ta’limoti rivojida salmoqli hissa qo‘shgan. U kalom ilmiga oid “Kitob as-savod al-a’zam”, “al-E’tiqod” nomli asarlar muallifidir.
 

 

 

 

Kitobda asl matn bilan uning tarjimasi birgalikda keltirilgan. Kitob kalom va aqida ilmi bilan shug‘ullanuvchi mutaxassislar va bilimli o‘quvchilarga mo‘ljallangan.

Mas’ul muharrir: Abdullatif Alloqulov,tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)

Taqrizchilar: tarix fanlari nomzodi, dotsent Saidmuxtor Oqilov, tarix fanlari nomzodi, dotsent Shovosil Ziyodov.

Shundan so‘ng, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori Davronbek Maqsudov tomonidan Markazda nashr etilgan kitoblar taqdimoti o‘tkazildi.

Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan bugungi  kunga qadar buyuk mutafakkir ajdodlarimiz, xususan, Imom Moturidiy va uning izdoshlari bo‘lgan allomalar hayoti, ilmiy merosini o‘rganishga, mo‘‘tadil islom ta’limotini keng targ‘ib qilishga bag‘ishlangan 30 dan ortiq nomdagi kitoblar nashr etildi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Qo‘shimcha malumot

Imom Moturidiy hayoti va faoliyatiga chizgilar
Muallif: Ahmad Sa’d DamanhuriyTarjimonlar: S.Abdullayev, O.Ikrombekov🗓 Sana: 2023📝 Hajmi: 264 bet📖 Ushbu kitob misrlik moturidiyshunos olim Ahmad Sa’d Damanhuriyning Imom...
ZAMONAVIY TARIQATCHILIKNING IJTIMOIY ZARARLARI
Tasavvuf ta’limoti uzoq davrlar mobaynida jamiyatning turli tabaqalari o‘rtasida do‘stlik, birodarlik rishtalarini ildiz otishiga zamin yaratgan. Hozirgi paytda dunyoning ko‘p...
ULAMOLAR SOXTA SUFIYLIK HAQIDA
Tarixan, inson qalbini poklash, uni ruhiy-ma’naviy jihatdan yuksaltirishni maqsad qilgan tasavvuf ta’limoti yurtimizda keng taraqqiy etib kelgan. Tasavvuf yo‘lida riyozat...

Izoh qoldirish

Izohlar

Мы в соц сетях

Aloqa

Telefon:
E-mail:
Manzil:
©2024 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry