12.11.2021
267

Prof. Dr. Ibrohim Aydinli

1971 yil Turkiyaning Denizli viloyatida tavallud topgan. Mazkur viloyatning Chal tumani Imom-xatib litseyini a’lo baho bilan tamomlagan. 1990-1994 yillarda Anqara universiteti huquq fakultetida tahsil olgan. Ish faoliyatini 1995 yilda G‘oziy universiteti “Iqtisodiy va idoriy bilimlar” fakultetida boshlagan. 1998 yilda Anqara universitetining Ijtimoiy fanlar institutida magistraturani tamomlagan. 2004 yilda mazkur institutda doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 2010 yilda esa dotsent unvoniga sazovor bo‘lgan. 2013 yilda G‘oziy universiteti Huquq fakultetida ishlay boshlagan. 2015 yildan esa Anqara Ijtimoiy fanlar universiteti Huquq fakultetida professor unvoni bilan faoliyatini davom ettirgan.

2016 yilda Oliy ta’lim Sinov hay’ati a’zoligiga saylangan. 

2019 yil 23 mayda Turkiya Respublikasi Prezidenti farmoni bilan Anqara Yildirim Boyazid universiteti rektori etib tayinlandi. Hozirda mazkur lavozimda faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.

Mutaxassisligi: Mehnat va ijtimoiy xavfsizlik huquqi.

Ibrohim Aydinlining turli jurnal va nashrlarda bir qator maqolalari, ilmiy risola hamda kitoblari nashr qilingan.

Qo‘shimcha malumot

O’zbekistondagi diniy ma’rifiy ilmiy-tadqiqot markazlari hamda Al-Azhar Islom tadqiqotlari akademiyasi o‘rtasida aloqalar yanada rivojlantiriladi
Xabar berganimizdek, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, O’zbekiston xalqaro islom akademiyasi, Imom Moturidiy va Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari vakillaridan iborat...
Al-Azharda Imom Moturidiy merosi bo‘yicha o‘tkazilgan xalqaro tanlov g‘oliblari taqdirlandi
2023 yil 12 mart kuni Misr Arab Respublikasining al-Azhar anjumanlar saroyida Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan Imom Moturidiy merosi...
Shayx Muhammad ad-Duvayniy: “Soʻnggi yillarda Misr va Oʻzbekiston aloqalari tobora rivojlanib bormoqda”
Misr Arab Respublikasida yurtimiz delegatsiyasi vakillari “Al-Azhar” majmuasi rahbarining oʻrinbosari, shayx Muhammad ad-Duvayniy bilan uchrashishdi.Mazkur muloqotda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi,...

Izoh qoldirish

Izohlar

Мы в соц сетях

Aloqa

Telefon:
E-mail:
Manzil:
©2024 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry