11.11.2021
813

Mir Arab madrasasi tashkil etilganiga 500 yil: o‘tmish va bugun

Bugun, Mir Arab madrasasi tashkil etilganining 500 yilligiga bag‘ishlangan xalqaro onlayn konferensiya bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, Buxoro viloyati hokimligi, Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi, shuningdek, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan on-layn konferensiyada Rossiya, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston hamda Tojikiston davlatlaridan 50 ga yaqin taniqli ulamolar, islomshunos-dinshunos olimlar, turli ilmiy-tadqiqot markazlari rahbarlari hamda diniy soha vakillari, jumladan, Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va Imom Termiziy o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasi ilmiy xodimlari ham ishtirok etishdi.

 Qur’on tilovati hamda ezgu duolardan so‘ng, Mir Arab madrasasining o‘tmishi va buguni aks etgan hujjatli film namoyish etildi.

Anjumanda so‘z olganlar mazkur ilm dargohining barpo etilish tarixi, uning rivoji uchun hissa qo‘shgan tarixiy shaxslar, shuningdek, madrasada tahsil olgan ahli ilmning aksariyati din va jamoat peshvolari bo‘lganligini ta’kidlab o‘tishdi.

Jumladan, O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin domla Xoliqnazarov  ham konferensiyada nutq so‘zlar ekan, avvalo muftiylik lavozimiga tayinlanganligi munosabati bilan tabrik yo‘llagan xorijiy hamkor tashkilot rahbarlari va mas’ullariga o‘z minnatdorchiligini izhor etdi.

Shuningdek, Mir Arab madrasasining tashkil etilishi, ta’lim dargohining shonli o‘tmishi va faoliyati, bu yerdan yetishib chiqqan yetuk ulamolar haqida ham atroflicha ma’lumotlar berib o‘tildi.

Ma’lumot o‘rnida shuni aytish mumkinki, Buxorodagi “Mir Arab” madrasasi binosini milodiy 1530–1536 (hijriy 936–942) yillari shayx Mir Arab qurdirgan. Xalq orasida “Mir Arab” nomi bilan mashhur bo‘lgan bu olimning asl ismi Sayyid Abdulloh Yamaniydir. U yigirma ikki yoshida ilm izlab Samarqandga keladi va Xoja Ahror Valiyga shogird tushadi. Xoja Ahror Valiy vafotidan so‘ng uning o‘g‘li Muhammad Bakr Sayyid Abdullohni Buxoro amiri Ubaydullohxon bilan tanishtiradi. Tez orada u ilm-ma’rifati bilan el orasida taniladi, hurmat qozonadi. Madrasa qariyb besh asrdan buyon Sharqu G‘arbga ilm nurini taratib kelayotgan mazkur ilm dargohida O‘rta Osiyo, Rossiya, Afg‘oniston kabi o‘lkalarning ko‘pgina diniy arboblari va taniqli ulamolari tahsil ko‘rishgan. Dastlabki yillari madrasada Abdurahim qori, Mubin qori, Ismoil Maxdum, Muhammad Amin domla, Shahobiddin qori, Muhammadjon maxsum (Maxjuriy) kabi ustozlar dars berishgan.

Hozirgacha 1000 dan ziyod kishi madrasani bitirib chiqqan bo‘lsa, shundan 720 nafari mustaqillik yillarida ta’lim olgan. XIX asr naqshbandiya tariqati yetakchi namoyandasi Qozi Asqar, Shahobiddin al-Marjoniy, Siddiq Hasanxon, taniqli mufassir va muhaddis Miyon Malik, yozuvchi Sadriddin Ayniy, o‘lkaning deyarli barcha muftiylari mazkur madrasa talabalari bo‘lishgan.

On-layn konferensiya davomida so‘z olganlar "Mir Arab" madrasasining sal kam besh asrlik faoliyati borasidagi muhim ma’lumotlarni keltirish barobarida, bugungi kundagi ilmiy jarayon haqida ham fikr bildirishib, ayni damda faoliyat yuritayotgan ustozlar va ilmiy xodimlar, shuningdek, tolibi ilmlarning ezgu ishlariga muvaffaqiyatlar tilashdi.

 Imom Termiziy xalqaro   ilmiy-tadqiqot

markazi matbuot xizmati

Qo‘shimcha malumot

Imom Moturidiy hayoti va faoliyatiga chizgilar
Muallif: Ahmad Sa’d DamanhuriyTarjimonlar: S.Abdullayev, O.Ikrombekov🗓 Sana: 2023📝 Hajmi: 264 bet📖 Ushbu kitob misrlik moturidiyshunos olim Ahmad Sa’d Damanhuriyning Imom...
ZAMONAVIY TARIQATCHILIKNING IJTIMOIY ZARARLARI
Tasavvuf ta’limoti uzoq davrlar mobaynida jamiyatning turli tabaqalari o‘rtasida do‘stlik, birodarlik rishtalarini ildiz otishiga zamin yaratgan. Hozirgi paytda dunyoning ko‘p...
ULAMOLAR SOXTA SUFIYLIK HAQIDA
Tarixan, inson qalbini poklash, uni ruhiy-ma’naviy jihatdan yuksaltirishni maqsad qilgan tasavvuf ta’limoti yurtimizda keng taraqqiy etib kelgan. Tasavvuf yo‘lida riyozat...

Izoh qoldirish

Izohlar

Мы в соц сетях

Aloqa

Telefon:
E-mail:
Manzil:
©2024 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry