11.11.2021
318

Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va Malayziya islom ilmlari universiteti o‘rtasida onlayn uchrashuv o‘tkazildi

O’zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi O’zbekiston Respublikasining Malayziyadagi elchixonasi bilan hamkorlikda Malayziya islom ilmlari universiteti (USIM) bilan onlayn uchrashuv o‘tkazildi. 
       Uchrashuvda O’zbekiston Respublikasining Malayziyadagi elchisi Ravshan Usmonov va elchixona vakillari, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori Davronbek Maxsudov hamda Markaz ilmiy xodimlari, Malayziya islom ilmlari universiteti rektori professor Mohamed Rizo va USIM vakillari ishtirok etdilar.

Uchrashuvda O’zbekiston Respublikasining Malayziyadagi elchisi Ravshan Usmonov, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori Davronbek Maxsudov, Malayziya islom ilmlari universiteti rektori professor Mohamed Rizo so‘zga chiqdilar. Notiqlar ikki tomonlama ilmiy hamkorlikni rivojlantirish, o‘zaro tajriba almashish, birgalikda ilmiy nashrlar tayyorlash masalalarining muhimligini alohida ta’kidladilar. 

Onlayn uchrashuv doirasida Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va Malayziya islom ilmlari universiteti o‘rtasida anglashuv memorandumi imzolandi. 

Markaz va  Universitet o‘rtasidagi hamkorlik memorandumi quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

- Aqida, islom falsafasi, islom manbalari va moturidiya ta’limoti bo‘yicha mavjud qo‘lyozmalarni birgalikda o‘rganish va almashish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yish;

- ilmiy ma’lumotlar almashinuvi, o‘quv dasturlari va kutubxonalar o‘rtasida hamkorlik qilish;

- qo‘shma tadqiqot ishlarini olib borish;

- ilmiy, akademik loyihalarda ishtirok etish;

- qo‘shma ilmiy konferensiyalar, seminarlar va simpoziumlar o‘tkazish;

- kitoblar, ilmiy maqolalar, davriy nashrlar va boshqalarni nashr etish  bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yish;

-  Markaz va fakultet tadqiqotchilari o‘rtasida tajriba almashish;

- Markaz va fakultet o‘rtasidagi hamkorlik faoliyatini jamoatchilikka targ‘ib qilish;

- naqliy bilimlarni (dolzarb fanlar) va aqliy bilimlarni (ratsional fanlarni) birlashtirish bo‘yicha bilim almashish.

Shuningdek, uchrashuvning badiiy qismida O’zbekiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekovning buyuk sarkarda bobomiz Jaloliddin Manguberdi sharafiga kuylagan “Mendirman o‘sha” qo‘shig‘i Malayziya islom ilmlari universitetining talabalari va ijodiy guruhi tomonidan ijro etilgan video namoyish etildi.

Qo‘shimcha malumot

Imom Moturidiy hayoti va faoliyatiga chizgilar
Muallif: Ahmad Sa’d DamanhuriyTarjimonlar: S.Abdullayev, O.Ikrombekov🗓 Sana: 2023📝 Hajmi: 264 bet📖 Ushbu kitob misrlik moturidiyshunos olim Ahmad Sa’d Damanhuriyning Imom...
ZAMONAVIY TARIQATCHILIKNING IJTIMOIY ZARARLARI
Tasavvuf ta’limoti uzoq davrlar mobaynida jamiyatning turli tabaqalari o‘rtasida do‘stlik, birodarlik rishtalarini ildiz otishiga zamin yaratgan. Hozirgi paytda dunyoning ko‘p...
ULAMOLAR SOXTA SUFIYLIK HAQIDA
Tarixan, inson qalbini poklash, uni ruhiy-ma’naviy jihatdan yuksaltirishni maqsad qilgan tasavvuf ta’limoti yurtimizda keng taraqqiy etib kelgan. Tasavvuf yo‘lida riyozat...

Izoh qoldirish

Izohlar

Мы в соц сетях

Aloqa

Telefon:
E-mail:
Manzil:
©2024 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry