09.11.2021
326

Delegatsiya a’zolarining Turkiyaning nufuzli ta’lim muassasalariga tashrifi

Imom Moturidiy va Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari ilmiy xodimlaridan iborat delegatsiya a’zolari Istanbul universitetiga tashrif buyurdi. Tashrif doirasida mazkur universitetning Ilohiyot fakultetida uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvda fakultet dekani professor Ramazon Muslu, dekan o‘rinbosari Ahmet Temel, professor Murtazo Badr ishtirok etdi. Unda ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirish, 2022 yildan boshlab o‘zbekistonlik tadqiqotchilarni universitetga qisqa muddatli stajirovkalarga yuborish, O’zbekiston xalqaro islom akademiyasi va Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tadqiqotchilari uchun Murtazo Badrning Movarounnahr faqihlariga oid ma’ruza va seminar treninglarini tashkil etish, fakultetda Imom Moturidiy nomidagi auditoriya ochish kabi bir qator masalalar muhokama qilindi.

 

Shuningdek, delegatsiya Turkiya Respublikasining nufuzli ta’lim muassasalaridan biri hisoblangan Marmara universitetiga ham tashrif buyurdi. Tashrif doirasida ikki markaz tomonidan nashr etilgan kitoblar taqdimoti o‘tkazildi. Uchrashuvda Marmara universiteti Ilohiyot fakulteti dekani professor Ismoil Safo, Hulya Alper hamda boshqa mutaxassislar ishtirok etdilar. 2022 yilda o‘zbekistonlik ikkita tadqiqotchini Marmama universitetiga malaka oshirishga yuborish, professor Hulya Alperning Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida o‘z hisobidan uch oy davomida tadqiqot olib borishi, universitetda Imom Moturidiy nomidagi auditoriya ochish kabi masalalar muhokama qilindi. 

Shu bilan birga, delegatsiya ISAM tashkilotiga ham tashrif buyurdi. Tashrif doirasida tashkilot mudiri o‘rinbosari Tunjay Bosho‘g‘li bilan uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvda moturidiylik ta’limotiga oid ensiklopediya so‘zliklari bo‘yicha ma’lumot almashish, “Islom sivilizatsiyasiga hissa qo‘shgan 100 musulmon olimi” yillik jurnalini nashr etish masalalari muhokama qilindi. Ikki markaz tomonidan nashr etilgan kitoblar tashkilotga taqdim etildi.     

 

Qo‘shimcha malumot

Imom Moturidiy hayoti va faoliyatiga chizgilar
Muallif: Ahmad Sa’d DamanhuriyTarjimonlar: S.Abdullayev, O.Ikrombekov🗓 Sana: 2023📝 Hajmi: 264 bet📖 Ushbu kitob misrlik moturidiyshunos olim Ahmad Sa’d Damanhuriyning Imom...
ZAMONAVIY TARIQATCHILIKNING IJTIMOIY ZARARLARI
Tasavvuf ta’limoti uzoq davrlar mobaynida jamiyatning turli tabaqalari o‘rtasida do‘stlik, birodarlik rishtalarini ildiz otishiga zamin yaratgan. Hozirgi paytda dunyoning ko‘p...
ULAMOLAR SOXTA SUFIYLIK HAQIDA
Tarixan, inson qalbini poklash, uni ruhiy-ma’naviy jihatdan yuksaltirishni maqsad qilgan tasavvuf ta’limoti yurtimizda keng taraqqiy etib kelgan. Tasavvuf yo‘lida riyozat...

Izoh qoldirish

Izohlar

Мы в соц сетях

Aloqa

Telefon:
E-mail:
Manzil:
©2024 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry