06.11.2021
305

Xalqaro konferensiya o'z ishini davom ettirmoqda

Konferensiyaning  so'nggi kuni Turkiyaning Bursa shahrida bo'lib o'tmoqda. Bugungi qismda qo'lyozmalar va ular saqlanadigan dunyodagi fond hamda markazlar, qo'lyozmalar matnlarini o'rganish, kodikologiyalash mavzularida ma'ruzalar tinglanmoqda.

Ta'kidlash kerakki, dunyoda bir qancha qo'lyozmalar mavjud. Hozirda ular to'liq elektronlashtirilib, tadqiqotchilarga masofadan turib xizmat ko'rsatish rivojlanmoqda. Bu borada qo'lyozmalarni elektron tasniflash, ilm va mualliflarga ajratish, internet saytlari orqali xizmat ko'rsatish zarurligini ta'kidlash zarur. Misol tariqasida Turkiya, Niderlandiya, Misr va boshqa bir qator mamlakatlar qo'lyozmalarni elektron shaklda taqdim etmoqdar. Shuningdek, Rokkul Manshur muassasasi orqali tayyorlangan dasturlarni ham ( https://app.apleq.com/ar) na'muna sifatida ko'rsatish mumkin.

Umuman olganda konferensiyada Misr, Marokash, Sudan, Tunis, Fransiya, Belgiya, Angliya, AQSH, Turkiya, Suriya, Iordaniya, Uzbekiston kabi davlatlardan qirqqa yaqin olim va mutaxassislar ishtirok etmoqda.

Ular yettinchi hijriy (14 melodiy) asr qo'lyozmalari, tarix, tabaqotlar, bibliografiyalar, Qur'oni karim va tafsirlar, qiroat va mushaflarning yozilishi, hadis va hadis ilmi, fiqh va usul al-fiqh, tasavvuf va kalom, balog'at, kalom va mantiq, kavniyot va falakkiyot, aniq fanlar, ilmiy meros va kutubxonalar, qo'lyozmalar bilan ishlash, kodikologiyalash kabi turli ilmlarlarga doir qismlarda bir qator taqdimot va ma'ruzar taqdim etildi.

Konferensiya oxirida taklif va tavsiyalar, xulosalar qabul qilindi, memorandumlar imzolandi.

Konferensiya tashkilotchilari Istanbuldagi Dorul maxtutot,  Sulton Ahmad vaqfi, Bursa muzeyi, Quvaytning Rosixun jamiyati, Uludog' universitetidagi Forobiy markazi, Tripoli universiteti edi.

Qo‘shimcha malumot

Imom Moturidiy hayoti va faoliyatiga chizgilar
Muallif: Ahmad Sa’d DamanhuriyTarjimonlar: S.Abdullayev, O.Ikrombekov🗓 Sana: 2023📝 Hajmi: 264 bet📖 Ushbu kitob misrlik moturidiyshunos olim Ahmad Sa’d Damanhuriyning Imom...
ZAMONAVIY TARIQATCHILIKNING IJTIMOIY ZARARLARI
Tasavvuf ta’limoti uzoq davrlar mobaynida jamiyatning turli tabaqalari o‘rtasida do‘stlik, birodarlik rishtalarini ildiz otishiga zamin yaratgan. Hozirgi paytda dunyoning ko‘p...
ULAMOLAR SOXTA SUFIYLIK HAQIDA
Tarixan, inson qalbini poklash, uni ruhiy-ma’naviy jihatdan yuksaltirishni maqsad qilgan tasavvuf ta’limoti yurtimizda keng taraqqiy etib kelgan. Tasavvuf yo‘lida riyozat...

Izoh qoldirish

Izohlar

Мы в соц сетях

Aloqa

Telefon:
E-mail:
Manzil:
©2024 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry