05.11.2021
256

Ilmiy hamkorlikning yangi ufqlari

Delegatsiya a’zolari Istanbul shahridagi Sulaymoniya kutubxonasiga ham tashrif buyurdilar. Tashrif davomida delegatsiya a’zolari Sulaymoniya kutubxonasi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. 

Tashrif doirasida Sulaymoniya kutubxonasi rahbari  doktor Husayn Kutan bilan uchrashuv o‘tkazildi.    Uchrashuvda kutubxona tarixi, qo‘lyozmalarni yig‘ish, ularni ta’mirlash, faksimile nusxalarini yaratish, kerakli havo sharoitida saqlash bo‘yicha ma’lumot berildi. Shuningdek, ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini rivojlantirish, o‘zaro tajriba almashish, ikki Markaz ilmiy xodimlarini Sulaymoniya kutubxonasida malaka oshirishlarini tashkil qilish, kutubxona fondidan foydalanish, kutubxonadagi elektron kitoblarni Markazlarga jalb qilish kabi masalalar muhokama qilindi.

            Shuningdek, delegatsiya a’zolari Sulaymoniya kutubxonasi fondlari bilan ham tanishdilar. U yerda kitoblar qay tartibda saqlanayotganiga bevosita guvoh bo‘lindi. Shu bilan birga Sulaymoniya kutubxonasidagi Imom Moturidiy va moturidiylik ta’limotiga oid kitoblarning katalogini yaratish, ularning elektron nusxalaridan foydalanish masalalari bo‘yicha fikr almashildi. 

          Sulaymoniya kutubxonasiga tashrif davomida kutubxonaning asosiy bo‘limlaridan bo‘lgan Shifoxona, ya’ni zararlangan kitoblarni ta’mirlash qismiga tashrif buyurib, ushbu bo‘limda olib borilayotgan ishlar, kitoblarni ta’mirlash texnikasi, bunda foydalaniladigan uskunalar haqida ma’lumot berildi. Delegatsiya a’zolari Bo‘lim xodimlarining faoliyatiga bevosita guvoh bo‘ldilar.  

           Eslatib o‘tamiz, Turkiyaning Istanbul shahrida joylashgan Sulaymoniya kutubxonasi (yoki Sulaymoniya qo‘lyozma asarlar kutubxonasi) dunyodagi eng yirik qo‘lyozma kutubxonalaridan biri sanaladi. Kutubxona 1557 yilda faoliyat boshlagan Sulaymoniya kulliyasi tarkibidagi birinchi va ikkinchi madrasalarning kutubxonaga aylantirilishi natijasida tashkil topgan. 1914 yilda boshlangan Birinchi jahon urushi sababli qimmatli qo‘lyozma asarlarni saqlab qolish muhim vazifaga aylangan. Ana shu vaqtda barcha qo‘lyozma kitoblarni Sulaymoniya kutubxonasiga keltirish bo‘yicha qaror qabul qilingan. Hozirgi Sulaymoniya kutubxonasi 1927 yilda to‘la shakllangan.

Kutubxonada boshqa tobe kutubxonalar bilan birgalikda jami 101 451 ta qo‘lyozma va 78 034 bosma asarlar saqlanmoqda. Qo‘lyozmalar asosan arab, turk va fors tillarida. Kutubxonada YuNESKO ro‘yxatiga kiritilgan Ibn Sinoning nodir qo‘lyozmalari ham mavjud.

Kutubxona tarkibida 152 ta kolleksiya mavjud bo‘lib, ulardan eng yiriklari Ayo Sofiya, Bag‘dodli Vahbiy, Jorulloh, Domad Ibrohim, Asad Afandi, Fotih Hoji Mahmud, Hamidiya, Qilich Ali, Lolali, Raisulkuttob, Sulaymoniya, Shahid Ali va Yangi Jome’ kolleksiyalari hisoblanadi.

Otif Afandi, Ko‘prulu, Nuriusmoniya, Rog‘ib Posho qo‘lyozma asarlar kutubxonalari Sulaymoniya kutubxonasiga tobe kutubxonalar hisoblanadi.

Kutubxona kitobxonlarga xizmat ko‘rsatish, asarlarni tasniflash va kataloglashtirish, raqamlashtirish, byuro xizmatlari kabi xizmat turlarini taqdim qiladi. Kutubxonada Saqlash va Tadqiqot markazi, Husayn Unver tadqiqot markazi kabi markazlar foliyat ko‘rsatadi.

 Kutubxonada Imom Moturidiy qalamiga mansub “Tavilot al-Quron” asarining nodir qo‘lyozmalari, moturidiylik ta’limotiga oid yuzlab qo‘lyozma va bosma asarlar mavjud.

 

Qo‘shimcha malumot

Imom Moturidiy hayoti va faoliyatiga chizgilar
Muallif: Ahmad Sa’d DamanhuriyTarjimonlar: S.Abdullayev, O.Ikrombekov🗓 Sana: 2023📝 Hajmi: 264 bet📖 Ushbu kitob misrlik moturidiyshunos olim Ahmad Sa’d Damanhuriyning Imom...
ZAMONAVIY TARIQATCHILIKNING IJTIMOIY ZARARLARI
Tasavvuf ta’limoti uzoq davrlar mobaynida jamiyatning turli tabaqalari o‘rtasida do‘stlik, birodarlik rishtalarini ildiz otishiga zamin yaratgan. Hozirgi paytda dunyoning ko‘p...
ULAMOLAR SOXTA SUFIYLIK HAQIDA
Tarixan, inson qalbini poklash, uni ruhiy-ma’naviy jihatdan yuksaltirishni maqsad qilgan tasavvuf ta’limoti yurtimizda keng taraqqiy etib kelgan. Tasavvuf yo‘lida riyozat...

Izoh qoldirish

Izohlar

Мы в соц сетях

Aloqa

Telefon:
E-mail:
Manzil:
©2024 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry