05.11.2021
331

Buyuk ajdodlarimizning ilmiy merosiga xalqaro miqyosda katta qiziqish bildirilmoqda

Istanbul shahridagi Sulton Ahmad majmuasida joylashgan Dorul Maxtutot markazida o‘tkazilayotgan "Hijriy yettinchi asr qo‘lyozmalari: ilmlar va olimlar" nomli xalqaro konferensiyada Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori doktor Davronbek Maxsudov “Abul Barakot Nasafiyning al-Kofiy nomli kitobining Toshkentdagi qo‘lyozmalari” mavzusida ma’ruza qildi.

Nutqi davomida “O’zbekistonda ham qo‘lyozmalarga alohida e’tibor beriladi. Bu borada Abu Rayxon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti, O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi, O’zbekiston xalqaro islom akademiyasi, Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, O’zbekiston musulmonlari idorasi kutubxonasi kabi bir qator ilmiy muassasalarda nodir qo‘lyozmalar saqlanadi. Hozirda ularni saqlash va o‘rganib tarjima qilishga alohida e’tibor qaratilmoqda. 

Bugungi kunda dunyodagi barcha musulmon olimlari qo‘lyozmalarga alohida ahamiyat qaratadi va ularni tadqiq qilishga harakat qiladi. Bu uchun maxsus vaqflar, markazlar, fondlar tashkil qilingan. Ularni restavratsiya qilish va keyingi avlodga asl xolida yetkazish maqsadida ilmiy va ta’mirlash laboratoriyalari tashkil qilingan. Shu bois muntazam ravishda olim va mutaxassislarning qo‘lyozmalarni saqlash va o‘rganish borasidagi ilmiy anjumanlar tashkil kilinadi.

Bugungi kunda O’zbekiston buyuk allomalarning munosib davomchilari sifatida bebaho ilmiy merosni asrab avaylash va keng o‘rganish yo‘lidan bormoqda. Shu bilan birga qo‘lyozma bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlash, o‘qitish, tajriba va bilimlarini oshirish muhim vazifalardan biri hisoblanadi”, - deya ta’kidladi Davronbek Maxsudov.

Shuningdek, konferensiya doirasida Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimlaridan iborat delegatsiya vakillari tomonidan dunyoning turli mamlakatlaridan kelgan bir qator olimlar va mutaxassislar bilan o‘zaro ilmiy hamkorlikni rivojlantirish yuzasidan uchrashuvlar o‘tkazilmokda.


 

Qo‘shimcha malumot

Imom Moturidiy hayoti va faoliyatiga chizgilar
Muallif: Ahmad Sa’d DamanhuriyTarjimonlar: S.Abdullayev, O.Ikrombekov🗓 Sana: 2023📝 Hajmi: 264 bet📖 Ushbu kitob misrlik moturidiyshunos olim Ahmad Sa’d Damanhuriyning Imom...
ZAMONAVIY TARIQATCHILIKNING IJTIMOIY ZARARLARI
Tasavvuf ta’limoti uzoq davrlar mobaynida jamiyatning turli tabaqalari o‘rtasida do‘stlik, birodarlik rishtalarini ildiz otishiga zamin yaratgan. Hozirgi paytda dunyoning ko‘p...
ULAMOLAR SOXTA SUFIYLIK HAQIDA
Tarixan, inson qalbini poklash, uni ruhiy-ma’naviy jihatdan yuksaltirishni maqsad qilgan tasavvuf ta’limoti yurtimizda keng taraqqiy etib kelgan. Tasavvuf yo‘lida riyozat...

Izoh qoldirish

Izohlar

Мы в соц сетях

Aloqa

Telefon:
E-mail:
Manzil:
©2024 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry