05.11.2021
266

Delegatsiya a’zolarining navbatdagi tashrif manzili IRSIKA

Imom Moturidiy va Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari ilmiy xodimlaridan iborat delegatsiya a’zolari  Islom hamkorlik tashkiloti (OIS)ning Islom tarixi, san’ati va madaniyatini tadqiq qilish Markazi (IRCICA) tashkilotiga tashrif buyurdilar. Delegatsiya a’zolari va IRSIKA rahbariyati, jumladan, tashkilot direktor o‘rinbosari, tadqiqotlar va nashrlar bo‘limi boshlig‘i, hamda boshqa bir qator mas’ullar ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish yuzasidan muzokara olib borildi. Xususan, Imom Moturidiy va Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari hamda IRSIKA tashkiloti bilan birgalikda xalqaro simpozium o‘tkazish, IRSIKA kataloglaridan foydalanish, tashkilot bilan hamkorlikda nashrlarni amalga oshirish, Imom Moturidiy va Imom Buxoriy ilmiy merosi yuzasidan yozilgan asarlar katalogini yaratish, O’zbekistonda islom san’atlari, xususan, xattotlik, qog‘ozchilik va minyatura kabi islom amaliy san’atlari bo‘yicha ko‘rgazma va konferensiya o‘tkazish, shuningdek, o‘zaro tajriba almashish hamda IRSIKA yordamida o‘zbekistonlik tadqiqotchilarning malaka oshirish dasturlarini tashkil etish kabi masalalar muhokama qilindi.  

Tashrif davomida ikki Markaz tomonidan nashr qilingan kitoblar taqdimoti ham o‘tkazildi hamda mazkur kitoblar IRSIKA kutubxonasiga topshirildi. 

 

Qo‘shimcha malumot

Imom Moturidiy hayoti va faoliyatiga chizgilar
Muallif: Ahmad Sa’d DamanhuriyTarjimonlar: S.Abdullayev, O.Ikrombekov🗓 Sana: 2023📝 Hajmi: 264 bet📖 Ushbu kitob misrlik moturidiyshunos olim Ahmad Sa’d Damanhuriyning Imom...
ZAMONAVIY TARIQATCHILIKNING IJTIMOIY ZARARLARI
Tasavvuf ta’limoti uzoq davrlar mobaynida jamiyatning turli tabaqalari o‘rtasida do‘stlik, birodarlik rishtalarini ildiz otishiga zamin yaratgan. Hozirgi paytda dunyoning ko‘p...
ULAMOLAR SOXTA SUFIYLIK HAQIDA
Tarixan, inson qalbini poklash, uni ruhiy-ma’naviy jihatdan yuksaltirishni maqsad qilgan tasavvuf ta’limoti yurtimizda keng taraqqiy etib kelgan. Tasavvuf yo‘lida riyozat...

Izoh qoldirish

Izohlar

Мы в соц сетях

Aloqa

Telefon:
E-mail:
Manzil:
©2024 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry