04.11.2021
415

Qo‘lyozmalarni o‘rganish yuzasidan xalqaro konferensiya o‘z ishini boshladi

Imom Moturidiy va Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari vakillaridan iborat delegasiyaning Turkiya Respublikasiga tashrifining uchinchi kuni Istanbul shahridagi Sulton Ahmad majmuasida joylashgan Dorul Maxtutot markazida "Hijriy yettinchi asr qo‘lyozmalari: ilmlar va olimlar" nomli xalqaro konferensiya o‘z ishini boshladi.

Unda dunyoning turli mamlakatlaridan o‘ttizga yaqin olimlar ishtirok etmoqda. Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori Davronbek Maxsudov ham konferensiyada o‘z ma’ruzasi bilan ishtirok etmoqda. 

Konferensiya ochilish marosimida Shayx Muhammad Avvoma, Dorul Maxtutot direktori doktor Mahmud Misriy va yana bir qator nufuzli olimlar so‘zga chiqdilar va bugungi kunda qo‘lyozmalarni o‘rganishning ahamiyati, bu ilmning o‘ziga xos jihatlari haqida so‘z yuritdilar. 

Konferensiya doirasida bir necha qo‘lyozmalardan namunalar ham ko‘rgazmaga qo‘yilgan, jumladan, yurtdoshimiz Abu Ali Ibn Sinoning Zohiriyya kutubxonasida saqlanuvchi “Al-Ishorat vat Tanbihot” asari nusxasi ham namoyish etilmoqda.

 

Qo‘shimcha malumot

Imom Moturidiy hayoti va faoliyatiga chizgilar
Muallif: Ahmad Sa’d DamanhuriyTarjimonlar: S.Abdullayev, O.Ikrombekov🗓 Sana: 2023📝 Hajmi: 264 bet📖 Ushbu kitob misrlik moturidiyshunos olim Ahmad Sa’d Damanhuriyning Imom...
ZAMONAVIY TARIQATCHILIKNING IJTIMOIY ZARARLARI
Tasavvuf ta’limoti uzoq davrlar mobaynida jamiyatning turli tabaqalari o‘rtasida do‘stlik, birodarlik rishtalarini ildiz otishiga zamin yaratgan. Hozirgi paytda dunyoning ko‘p...
ULAMOLAR SOXTA SUFIYLIK HAQIDA
Tarixan, inson qalbini poklash, uni ruhiy-ma’naviy jihatdan yuksaltirishni maqsad qilgan tasavvuf ta’limoti yurtimizda keng taraqqiy etib kelgan. Tasavvuf yo‘lida riyozat...

Izoh qoldirish

Izohlar

Мы в соц сетях

Aloqa

Telefon:
E-mail:
Manzil:
©2024 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry