03.11.2021
301

O’zbekiston – Turkiya: ilmiy-tadqiqot sohasidagi hamkorlikning yangi sahifasi

O’zbekiston – Turkiya: ilmiy-tadqiqot sohasidagi hamkorlikning yangi sahifasi

Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi hamda Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi xodimlaridan iborat O’zbekiston delegatsiyasi Turkiya safari davomida Anqara Yildirim Boyazid universitetiga tashrif buyurdi. Delegatsiya vakillari tashrif doirasida universitet rektori professor Ibrohim Oydinli bilan uchrashib, ilmiy-tadqiqot sohasida ikki tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirish masalalarini muhokama qildilar.

 

Diqqatga sazovor jihati shundaki, Anqara Yildirim Boyazid universiteti hududida yangi darvoza barpo etilmoqda. Ushbu darvoza bilan yonma-yon yurtimizdan yetishib chiqqan buyuk mutafakkir ajdodlarimizning jahon ilm-fani va sivilizatsiyasiga qo‘shgan bebaho hissasi hamda qardosh turk xalqining millatimizga bo‘lgan yuksak ehtiromi ramzi o‘laroq, yurtimiz sharafiga “O’zbekiston xotira” bog‘i ham bunyod etilmoqda. Ta’kidlash kerakki, O’zbekiston delegatsiyasining ushbu universitetga tashrifi munosabati bilan “O’zbekiston xotira” bog‘ining ochilish marosimi o‘tkazildi. Unda O’zbekiston Respublikasining Turkiyadagi elchixonasi xodimlari, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi vakillari, Anqara Yildirim Boyazid universiteti professor-o‘qituvchilari hamda boshqa bir qator nufuzli mehmonlar ishtirok etdilar. Jumladan, O’zbekiston delegatsiyasi vakillari ezgu niyatlar ila ushbu boqqa ilk nihollarni o‘tqazdilar.

Shu bilan bir qatorda, tashrif doirasida universitetning Islom ilmlari fakultetida “Yangi O’zbekistonda diniy-ma’rifiy sohadagi islohotlar” mavzusida davra suhbati ham bo‘lib o‘tdi. Anqara Yildirim Boyazid universiteti professor-o‘qituvchilari va talabalari uchun Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi hamda Imom Buxoriy xalqaro ilmiy tadqiqot markazi tomonidan nashr etilgan kitoblar taqdimoti o‘tkazildi.

Eslatib o'tamiz, Anqara Yildirim Boyazid universiteti Turkiyaning eng nufuzli oliygohlaridan biri bo‘lib, Turkiya poytaxti Anqara shahrida joylashgan. Universitetga 2011 yil 3 oktyabrda asos solingan. Universitet tarkibida 15 ta fakultet, 1 ta oliy maktab, 1 ta davlat konservatoriyasi, 3 ta kasb maktabi, 5 ta institut va 24 ta ilmiy-tadqiqot markazi faoliyat ko‘rsatmoqda. Universitetda jami 1500 ga yaqin professor-o‘qituvchi va ilmiy xodimlar xizmat faoliyatini olib bormoqdalar. Oliygohda tahsil olayotgan 25 000 talabaning 10 foizini (2,5 ming) xorijiy mamlakatlar fuqarolari tashkil etadi.

Qo‘shimcha malumot

Imom Moturidiy hayoti va faoliyatiga chizgilar
Muallif: Ahmad Sa’d DamanhuriyTarjimonlar: S.Abdullayev, O.Ikrombekov🗓 Sana: 2023📝 Hajmi: 264 bet📖 Ushbu kitob misrlik moturidiyshunos olim Ahmad Sa’d Damanhuriyning Imom...
ZAMONAVIY TARIQATCHILIKNING IJTIMOIY ZARARLARI
Tasavvuf ta’limoti uzoq davrlar mobaynida jamiyatning turli tabaqalari o‘rtasida do‘stlik, birodarlik rishtalarini ildiz otishiga zamin yaratgan. Hozirgi paytda dunyoning ko‘p...
ULAMOLAR SOXTA SUFIYLIK HAQIDA
Tarixan, inson qalbini poklash, uni ruhiy-ma’naviy jihatdan yuksaltirishni maqsad qilgan tasavvuf ta’limoti yurtimizda keng taraqqiy etib kelgan. Tasavvuf yo‘lida riyozat...

Izoh qoldirish

Izohlar

Мы в соц сетях

Aloqa

Telefon:
E-mail:
Manzil:
©2024 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry