01.11.2021
258

TASHRIF

O‘zbekiston hududidan yetishib chiqqan buyuk mutafakkir allomalarning boy ilmiy-ma’naviy merosini o‘rganish, xususan, hadis ilmi rivojida o‘chmas iz qoldirgan Imom Buxoriy, aqida va kalom ilmlari rivojiga bebaho hissa qo‘shgan Imom Moturidiy hamda ularning izdoshlari bo‘lgan olimlarning ilmiy merosini keng afkor ommaga, jumladan, xalqaro jamoatchilikka yetkazish, ajdodlarimizning jahon qo‘lyozma fondlarida saqlanayotgan Qur’on, tafsir, hadis, fiqh, aqida, kalom va tasavvuf sohalariga oid qo‘lyozma hamda toshbosma asarlarining faksimile nusxalarini mamlakatimizga olib kelish, islom ilmlarining bugungi kundagi ahamiyatini tadqiq etish yo‘nalishida xalqaro hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirish maqsadida Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimlaridan iborat delegasiya Turkiya Respublikasiga tashrif buyurdi.

Delegasiya tashrifning birinchi kunida Turkiyaning “TRT AVAZ” teleradiokanali direktori Sedat Sag‘irkaya bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuvda delegasiya vakillari “TRT AVAZ” teleradiokanali direktori Sedat Sag‘irkaya bilan o‘zaro hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirish, O‘zbekistonda diniy-ma’rifiy sohada amalga oshirilayotgan ijobiy o‘zgarishlar va islohotlar, shu bilan bir qatorda, islom dinining asl tinchlikparvarlik va insonparvarlik mohiyati, uning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rnini ilmiy asosda o‘rganish, Imom Buxoriy, Imom Moturidiy, Abul Muin Nasafiy kabi allomalarning islom sivilizasiyasiga qo‘shgan bebaho hissasini xalqaro jamoatchilikka keng targ‘ib qilish yuzasidan “TRT AVAZ” teleradiokanali bilan hamkorlikda media mahsulotlar, hujjatli va badiiy filmlar tayyorlash borasidagi  loyihalar yuzasidan muzokaralar olib borildi.

Qo‘shimcha malumot

Imom Moturidiy hayoti va faoliyatiga chizgilar
Muallif: Ahmad Sa’d DamanhuriyTarjimonlar: S.Abdullayev, O.Ikrombekov🗓 Sana: 2023📝 Hajmi: 264 bet📖 Ushbu kitob misrlik moturidiyshunos olim Ahmad Sa’d Damanhuriyning Imom...
ZAMONAVIY TARIQATCHILIKNING IJTIMOIY ZARARLARI
Tasavvuf ta’limoti uzoq davrlar mobaynida jamiyatning turli tabaqalari o‘rtasida do‘stlik, birodarlik rishtalarini ildiz otishiga zamin yaratgan. Hozirgi paytda dunyoning ko‘p...
ULAMOLAR SOXTA SUFIYLIK HAQIDA
Tarixan, inson qalbini poklash, uni ruhiy-ma’naviy jihatdan yuksaltirishni maqsad qilgan tasavvuf ta’limoti yurtimizda keng taraqqiy etib kelgan. Tasavvuf yo‘lida riyozat...

Izoh qoldirish

Izohlar

Мы в соц сетях

Aloqa

Telefon:
E-mail:
Manzil:
©2024 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry