21.10.2021
486

Millat ko‘zgusiga hurmat

21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan joylarda ona tili rivoji, uni yoshlar orasida targ‘ib qilish maqsadida ma’rifiy tadbirlar, ilmiy anjumanlar tashkil etilmoqda. 

Ana shunday tadbirlardan biri O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi tomonidan  Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy bog‘ida joylashgan Adiblar xiyobonida tashkil etildi.

Tadbirda Akademiya Mumtoz sharq filologiyasi fakulteti dekaniI.Mirziyotov, O‘zbek tili va mumtoz sharq adabiyoti kafedrasi mudiri M.Nosirova, professor-o‘qituvchilar, adabiyotshunos olimlar hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi. Tadbirni Ilyos Mirziyotov kirish so‘zi bilan boshlab, barchani 21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni bilan tabrikladi.

Shundan so‘ng, adabiyotshunos olimlar  tomonidan bayram munosabati bilan Mahmudxo‘ja Behbudiyning “Til masalasi” nomli maqolasi mazmun-mohiyati, unda adabiy tilni shakllantirish va taraqqiy ettirish g‘oyasi ilgari surilgani ta’kidlandi.

Darhaqiqat, Mahmudxo‘ja Behbudiy 1915-yil “Oyina” jurnalining ikki sonida chop etilgan “Til masalasi” maqolasida XX asr boshida Turkiston o‘lkasida ona tilining holati, asrlar davomida fors va arab tillarining unga ta’sir etgani, turkiy tilning asliyatini saqlash va bu borada chuqur o‘ylangan, uzoq muddatli ishlar olib borish lozimligi kabi masalalarni atroflicha tahlil qilgandi.

Ma’rifiy tadbir davomida so‘zga chiqqanlar, ona tilimiz sofligi, uning boy til ekani haqida ma’lumot berishdi.

— Hazrat Alisher Navoiy bobomiz bejiz “Tilga ixtiyorsiz – elga e’tiborsiz”, deya yozmagan, – deydi filologiya fanlari nomzodi Malika Nosirova. — Til millatning bosh belgisidir. Har bir xalq o‘z ona tilini qancha ardoqlasa, taraqqiy etishida munosib hissa qo‘shsa, til yanada rivoj topadi. Dunyo sahnasida o‘zining mavqeyiga ega bo‘ladi.

Uchrashuvda Behbudiyning ona tili masalasida jon kuydirgani, uning rivoji va kelajak istiqboli yo‘lidagi sa’y-harakatlari haqida talaba-yoshlar ham o‘z fikrlarini bildirib o‘tishdi.

Tadbir so‘ngida talaba-yoshlar tomonidan ona tilini madh etuvchi she’riy chiqishlar barchaga manzur bo‘ldi. Behbudiyning “Til masalasi” maqolasi bo‘yicha adabiyotshunos olimlar o‘z fikr-mulohazalarini bildirishdi. Mavzu bo‘yicha ishtirokchilarning bergan savollariga soha vakillari atroflicha javob berdi.

Bir so‘z bilan aytganda, Mahmudxo‘ja Behbudiy o‘z davrining yetuk tilshunoslaridan biri edi. Uning tilshunos sifatida xalq jonli tili va adabiy til munosabatlari, imlo, orfoepiya va orfografiya, punktuatsiya va etimologiya masalalari yuzasidan bildirgan fikr-mulohazalari o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan. Adibning bu boradagi qarashlari hozir ham katta ilmiy ahamiyatga ega bo‘lib, lingvistika masalalari yoritilgan barcha maqolalarini diqqat bilan o‘rganish tilshunos olimlarimiz oldida turgan eng muhim vazifalar biridir.

 

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

Qo‘shimcha malumot

Imom Moturidiy hayoti va faoliyatiga chizgilar
Muallif: Ahmad Sa’d DamanhuriyTarjimonlar: S.Abdullayev, O.Ikrombekov🗓 Sana: 2023📝 Hajmi: 264 bet📖 Ushbu kitob misrlik moturidiyshunos olim Ahmad Sa’d Damanhuriyning Imom...
ZAMONAVIY TARIQATCHILIKNING IJTIMOIY ZARARLARI
Tasavvuf ta’limoti uzoq davrlar mobaynida jamiyatning turli tabaqalari o‘rtasida do‘stlik, birodarlik rishtalarini ildiz otishiga zamin yaratgan. Hozirgi paytda dunyoning ko‘p...
ULAMOLAR SOXTA SUFIYLIK HAQIDA
Tarixan, inson qalbini poklash, uni ruhiy-ma’naviy jihatdan yuksaltirishni maqsad qilgan tasavvuf ta’limoti yurtimizda keng taraqqiy etib kelgan. Tasavvuf yo‘lida riyozat...

Izoh qoldirish

Izohlar

Мы в соц сетях

Aloqa

Telefon:
E-mail:
Manzil:
©2024 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry