20.10.2021
335

Ona tili – millat ma’naviyatining mustahkam poydevori

Til — millat ko‘zgusi. Shu bois, ma’rifatparvar adib Abdulla Avloniy “Har bir millatning dunyoda borlig‘ini ko‘rsatadurgan oyinai hayoti til va adabiyotidur. Milliy tilni yo‘qotmak millatning ruhini yo‘qotmakdur”, deya xitob qilishi bejiz emas edi. Zero, ma’naviyatning ko‘zgusi bo‘lgan ona tiliga bo‘lgan munosabat shaxsning ma’naviyatga bo‘lgan munosabatini ham belgilaydi. Murg‘ak qalb ona tili vositasida ma’naviyatga oshno bo‘ladi. Yosh avlodga tilga e’tibor va ehtirom ko‘rsatib, unga davlat tili sifatida qarashning mas’uliyati kabi tuyg‘ularni singdirish va mustahkamlab borish muhim vazifadir. Bu xususda ko‘p va xo‘p gapirilgan bo‘lishiga qaramay, muammo hamon dolzarbligicha qolmoqda.

Milliy qadriyatlarimizning asosiy ustuni bo‘lgan ona tilimizga 1989-yil 21-oktabr kuni davlat maqomi berildi. O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili to‘g‘risida”gi qonuni qabul qilindi. Konstitutsiyamizning 4-moddasida ham davlat tili — o‘zbek tili ekani mustahkamlab qo‘yildi. O‘zbek tili davlatimizning ramzlari qatorida turadigan va qonun yo‘li bilan himoya qilinadigan muqaddas timsollardan biriga aylandi.

Har bir kishi ona tilimizni ulug‘lashi, uning sofligi uchun kurashishi, kerak bo‘lsa, himoya qilishi kerak. So‘nggi yillarda davlat tiliga e’tibor kuchaydi. Prezidentimiz 2019-yil 21-oktabr kuni “O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining o‘ttiz yilligi”ga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqlarida “Kimda-kim o‘zbek tilining bor latofatini, jozibasi va ta’sir kuchini, cheksiz imkoniyatlarini his qilmoqchi bo‘lsa, munis onalarimizning allalarini, ming yillik dostonlarimizni, o‘lmas maqomlarimizni eshitsin, baxshi va hofizlarimizning sehrli qo‘shiqlariga quloq tutsin”, deya ta’kidlaganlari har birimizning ona tilimizga bo‘lgan mehrimizni yanada oshirdi. Bu so‘zlar aslida, barchani o‘zbek tiliga bo‘lgan e’tibori va hurmatini yuksaltirishga qaratilgan ulkan chorlov da’vati bo‘ldi. Haqiqatdan ham onalarimizning allasi-yu, tariximizda yozib bitilgan buyuk ajdodlarimizning ilmiy va ma’naviy merosi tilimizning sofligi-yu va bebaholigidan so‘zlaydi.

Davlatimiz rahbari tomonidan “O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmon imzolandi. 21-oktabr sanasi yurtimizda “O‘zbek tili bayrami kuni” deb belgilandi.

O‘z tilini hurmat qilgan ma’rifatli inson o‘zga xalqlarning ona tiliga ham chuqur hurmat bilan qaraydi. Buni mamlakatimizda ta’lim jarayonlari yetti tilda tashkil etilayotgani misolida ko‘rishimiz mumkin. Yurtimizda istiqomat qilayotgan barcha millat va elatlarning tillari, madaniyatlarining hurmat qilinishi uchun barcha sharoit yaratilgan.

Ko‘nglimizda faxr hissini oshirgan yana bir tarixiy hodisa Davlatimiz rahbarining 2020-yil 23-sentabr kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 75-sessiyasida o‘zbek tilida nutq so‘zlashi bo‘ldi. Bugun bu katta tashabbus haqida har bir davrada g‘urur bilan gapirilmoqda. Ona tilimizning xalqaro minbarda jaranglashi nafaqat yurtimiz fuqarolari, balki xorijdagi vatandoshlarimizning ham g‘ururlanishiga sabab bo‘ldi.

Ona tili har bir millatning qadrli boyligi, ma’naviy qiyofasi, madaniyati, ichki dunyosini aks ettiruvchi muhim vosita. Tilning davomiyligi, umrboqiyligini shu tilda so‘zlovchilarning milliy g‘ururi, kuch-qudrati, adabiyoti va san’ati belgilaydi, desak xato bo‘lmaydi. Tilni rivojlantirish, yuksaltirish barchaning vazifasi hisoblanadi. Mazkur masalada barchamiz birlashib, “Ona tili — millat ma’naviyatining mustahkam poydevori” shiorini umummilliy harakatga aylantirishimiz kerak.

Munira QAHHOROVA,

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i

Manba: iiau.uz

Qo‘shimcha malumot

Imom Moturidiy hayoti va faoliyatiga chizgilar
Muallif: Ahmad Sa’d DamanhuriyTarjimonlar: S.Abdullayev, O.Ikrombekov🗓 Sana: 2023📝 Hajmi: 264 bet📖 Ushbu kitob misrlik moturidiyshunos olim Ahmad Sa’d Damanhuriyning Imom...
ZAMONAVIY TARIQATCHILIKNING IJTIMOIY ZARARLARI
Tasavvuf ta’limoti uzoq davrlar mobaynida jamiyatning turli tabaqalari o‘rtasida do‘stlik, birodarlik rishtalarini ildiz otishiga zamin yaratgan. Hozirgi paytda dunyoning ko‘p...
ULAMOLAR SOXTA SUFIYLIK HAQIDA
Tarixan, inson qalbini poklash, uni ruhiy-ma’naviy jihatdan yuksaltirishni maqsad qilgan tasavvuf ta’limoti yurtimizda keng taraqqiy etib kelgan. Tasavvuf yo‘lida riyozat...

Izoh qoldirish

Izohlar

Мы в соц сетях

Aloqa

Telefon:
E-mail:
Manzil:
©2024 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry