13.10.2021
442

NEGA SALAFIYLAR TA’VILNI INKOR QILADI ?

Axir salaflar ham ta’vil qilishgan-ku !

 

 “Qur’on tarjimoni” Ibn Abbosni Rasululloh “Alloh unga hikmatni va Kitob ta’vilini o‘rgat” (Buxoriy rivoyat qilgan) deb duo qilganlar. Shuning uchun u va boshqa salaflar ayrim mutashobih oyatlarni loyiq tarzda quyidagicha ta’vil qilgan:

  1. Boldir (soq) – shiddat. Ibn Abbos. Hofiz ibn Hajar "Fath al-Boriy"da. 13/428; Hofiz ibn Jarir Tabariy tafsirida 29/38/39, Zahhok, Qatoda, Said b.Jubayr kabi bir guruh sahoba va tobeinlar ham shunday deganini aytgan.
  2. Qo‘llar (aydin) – quvvat, qudrat. Ibn Abbos. Tabariy tafsirida 7/27, Qurtubiy tafsirida 17/52.
  3. Unutish (nisyon) – tark. Ibn Abbos. Tabariy tafsirida 5/8/201, azobda qoldirish.
  4. Kursi – ilm. Ibn Abbos. Tabariy tafsirida 3/7.
  5. Kelish (maji’, ityon) – amri, qazosi. Ibn Abbos. Nasafiy tafsirida 4/378: qahri, sultoni. Ibn Hanbal hadisdagi: “Alloh va Baqara surasining savobi kelishi” degan Bayhaqiy “Manoqib Ahmad”da, Ibn Kasir “Bidoya va nihoya”da 10/327. Ibn Javziy “Daf’u shibh al-Tashbeh” da (141) Abu Ya’lo va ibn Hanbaldan: “Alloh bulutda keladi”ni “qudrati, amri” deb ta’vil qilgan. Boshqa ko‘pgina oyatlarda “robbing amri, bizning amrimiz kelganda” kabi ochiq kelgan. Hasan Basriy “amri, qazosi”, Bag‘aviy tafsirida 4/454, Qurtubiy tafsirida 20/55: Hasan Basriy va boshqa imomlardan “mo‘jizalarning maxobati”. Hadisi qudsiyda “kasal bo‘ldi, suv va taom so‘radim”. Bir makondan boshqasiga o‘tish bilan sifatlanmaydi, unga vaqt va zamon biror ojiz narsadagi kabi o‘tmaydi. Ali Qatton: ummat ijmosiga ko‘ra, “kelish” harakat va ko‘chib o‘tish emas, balki hisobi va jazosi, rizosi va g‘azabi. Iqno’ fi masoil ijmo’. 1/32-33. 
  6. Ko‘zlar (a’yun) – ko‘rish, qarash. :Ibn Abbos. Bag‘aviy tafsirida 2/322, Xozin tafsirida 4/190. Tabariy tafsirida 16/132: “muhabbat va iroda
  7. Nur – hidoyat qiluvchi. :Ibn Abbos. Tabariy tafsirida 1/135.
  8. Yuz (vajh) – o‘zi, vujudi, zoti haqidagi ibora. Ibn Abbos. Qurtubiy tafsirida 17/165. Shofeiydan Muzaniy rivoyat qilganki: “Allohning yuzi – unga yuzlanishingiz”, Mujohid, Zahhok, Abu Ubayda: “Allohning qiblasi”  Bayhaqiy “Asmo va sifot” 309, Tabariy 1/402. Zahhok: “vajh=huva-o‘zi” “Daf’u shibh al-Tashbeh” 113. Imom Buxoriy: mulki, roziligini istab qilingan amallar “Sahih” Tafsir kitobi, Qasas surasi, Fath al-Boriy 8/364.
  9. Yonbosh (janb) – toat, amr, savob. :Ibn Abbos. Ruh al-ma’oniy tafsirida Zumar -56.
  10. Tushish (nuzul) – amri tushadi. Molik b. Anas. Al-Tamhid 7/143, Siyar a’lom al-nubalo 8/105, Abu Amr “Risola Vofiya” 136, Navaviy “Sharh Muslim” 6/37, Ibn Sayyid Batliyusiy “al-Insof” 82. 
  11. Istivo alo – amrini qasd qilish. Sufyon Savriy. Mirqot al-mafotih 2/137. Tabariy tafsirida 1/192 “Istivo ilo” da lug‘aviy ma’nolarni keltirgandan so‘ng oliy bo‘lish, qudrati bilan tadbirini qilish, ko‘tarilish podshoh va sultonning oliy bo‘lishi kabidir, intiqol (bir joydan boshqa joyga ko‘chib yurish) va zavol (bir joyda yo‘q bo‘lib, boshqa joyda bor bo‘lish)  kabi emas, degan.
  12. Kulish – rahm-shafqat. :Imom Buxoriy. Bayhaqiy “Ismlar va sifatlar” 470. Abu Hurayra hadisida “Jannatga kirgan ikki kishiga (ila) Allohning kulishi...”.  Abu Sulaymon Xattobiy: rizo. Hofiz ibn Hajar ham "Fath al-Boriy"da (6/486) uni qo‘llab-quvvatlab, rizosiga muvaffaq qilish, deb ta’kidlagan,  “ila.. - ..ga” ko‘makchisi sababli. 

 

Qo‘shimcha malumot

Imom Moturidiy hayoti va faoliyatiga chizgilar
Muallif: Ahmad Sa’d DamanhuriyTarjimonlar: S.Abdullayev, O.Ikrombekov🗓 Sana: 2023📝 Hajmi: 264 bet📖 Ushbu kitob misrlik moturidiyshunos olim Ahmad Sa’d Damanhuriyning Imom...
ZAMONAVIY TARIQATCHILIKNING IJTIMOIY ZARARLARI
Tasavvuf ta’limoti uzoq davrlar mobaynida jamiyatning turli tabaqalari o‘rtasida do‘stlik, birodarlik rishtalarini ildiz otishiga zamin yaratgan. Hozirgi paytda dunyoning ko‘p...
ULAMOLAR SOXTA SUFIYLIK HAQIDA
Tarixan, inson qalbini poklash, uni ruhiy-ma’naviy jihatdan yuksaltirishni maqsad qilgan tasavvuf ta’limoti yurtimizda keng taraqqiy etib kelgan. Tasavvuf yo‘lida riyozat...

Izoh qoldirish

Izohlar

Мы в соц сетях

Aloqa

Telefon:
E-mail:
Manzil:
©2024 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry