13.10.2021
308

KONFESSIYALARARO TOTUVLIK — TINCHLIK VA BARQARORLIK OMILI

Mamlakatimizda barcha yo‘nalishlar qatori diniy-ma’rifiy sohada, xususan, din va e’tiqod erkinligi jabhasida, jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurash borasida juda katta va salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda.

Ayniqsa, O‘zbekistonda turli millat va elatlar, diniy konfessiya vakillari o‘rtasida o‘zaro do‘stlik rishtalarini yanada mustahkamlash, ulug‘ allomalarning boy ilmiy merosini o‘rganish kabi yo‘nalishlarda ilgari surilgan ezgu tashabbuslar, diniy bag‘rikenglik tamoyillarini qaror toptirish, islom dinining tinchlikparvar va ma’rifatga asoslangan ta’limoti xalqaro hamjamiyat tomonidan ham yuksak e’tirof etilmoqda.

Shuni alohida ta’kidlash joizki, yurtimizda fuqarolarning vijdon erkinligi sohasidagi konstitutsion huquqlarini ta’minlash, jamiyatda diniy bag‘rikenglik va dinlararo do‘stlik-hamkorlik g‘oyalarini yanada mustahkamlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Xususan, 2017-2021 yillarda O‘zbe­kiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasining beshinchi yo‘nalishi — xavfsizlik, diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlikka bag‘ishlangani ham mazkur masalaga davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi sifatida qaralishini bildiradi.

Shundan kelib chiqib, tegishli davlat organlari va jamoat tashkilotlari tomonidan fuqarolarning Konstitutsiya bilan kafolatlangan vijdon erkinligi huquqini ta’minlash hamda diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlikni mustahkamlashga qaratilgan keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda.

Bugungi kunda O‘zbekistonda 16 di­niy konfessiyaga mansub 2313 ta diniy tashkilot faoliyat yuritadi. Shundan 2122 tasi islomiy, 174 ta xristian diniy tashkiloti, 8 ta yahudiy, 6 ta bahoiy jamoalari, 1 ta krishnani anglash jamiyati, 1 ta buddaviylar ibodatxonasi va 1 ta O‘zbekiston Bibliya jamiyatidir. Shuningdek, qisqa muddat ichida 54 ta masjid yangidan barpo etildi, 17 ta yangi noislomiy diniy tashkilot o‘z faoliyatini boshladi.

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita huzuridagi Konfessiyalar ishlari kengashining tarkibi O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan diniy konfessiyalar vakillari hisobiga 9 tadan 17 ta a’zoga kengaydi. Ushbu kengashning yig‘ilishlari muntazamlik kasb etib, yiliga ikki marta o‘tkazilmoqda.

Ma’lumki, joriy yilning 5 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasining “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi qonuni qabul qilindi. Ushbu qonun konfessiyalararo totuvlikni ta’minlash, jamiyatda turli din va e’tiqod vakillari o‘rtasida o‘zaro bag‘rikenglik, hamjihatlikni yanada mustahkamlashda huquqiy asos bo‘lib xizmat qilishini alohida ta’kidlab o‘tish lozim.

Mamlakatimizda diniy ta’lim tizimi ham tubdan takomillashtirildi, yangidan-yangi ta’lim muassasalari, ilmiy-tadqiqot markazlari faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

Hozirgi kunda respublikamizda dunyoviy va diniy ilmlarni puxta egallagan­ yetuk mutaxassislarni tayyorlashga ixtisoslashgan O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi, Toshkent islom instituti, “Mir Arab” oliy madrasasi, Hadis ilmi maktabi, 10 ta o‘rta maxsus islom bilim yurti hamda pravoslav va protestant seminariyalari faoliyat olib boryapti.

Islom ilm-fani va madaniyatining boy tarixiy, ilmiy, ma’naviy merosini har tomonlama o‘rganish, eng muhimi, islom dinining insonparvarlik mohiyatini chuqur ochib berish, jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish maqsadida O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi, Samarqandda Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, Surxondaryoda Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, Qashqadaryoda Abul Muin Nasafiy majmuasi tashkil etildi.

O‘zbekistonning ziyorat turizmi borasidagi salohiyatini keng namoyon etish maqsadida bir qator xorijiy davlatlar bilan keng hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yildi. Jumladan, Buyuk Britaniya, Marokash, Vengriya, Saudiya Arabistoni, Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston, Indoneziya, Yaponiya, Turkiya, Misr, Ros­siya, Germaniya, Ispaniya, AQSh, Malay­ziya, Hindiston, Pokiston singari davlatlarning diniy sohaga mas’ul turdosh vazirlik va idoralari, ilmiy-tadqiqot markazlari hamda ta’lim muassasalari bilan 70 dan ortiq hamkorlik memorandumi imzolandi.

Respublikamizda turli dinlarga e’tiqod qiluvchi insonlarning barcha ibodat va marosimlarini emin-erkin bajarib, diniy bayramlarini keng miqyosda nishonlashi uchun ham har tomonlama shart-sharoitlar yaratib berilmoqda. Jumladan, musulmonlarning ikki Hayit bayrami, nasroniylarning Pasxa va Rojdestvo, yahudiylarning Peysax, Purim va Xanuka bayramlari keng nishonlanmoqda. Ushbu sanalarda konfessiya yetakchilarining bir-birlarini o‘zaro bayram bilan tabriklashi yaxshi an’anaga aylangan.

Ma’lumki, yurtimizda har yili 16 noyabr — Xalqaro bag‘rikenglik kuni munosabati bilan turli diniy konfes­siya vakillari, xorijiy davlat va xalqaro tashkilotlar mas’ullari ishtirokida xalqaro konferensiya o‘tkaziladi.

Mazkur sana munosabati bilan turli konferensiya va anjumanlar, davra suhbati va uchrashuvlarni o‘z ichiga qamrab olgan “Bag‘rikenglik haftaligi”ning joriy etilgani, shubhasiz, jamiyatda bag‘rikenglik g‘oyalarining mustahkamlanishi, turli millat va elat hamda diniy konfessiya vakillari o‘rtasida o‘zaro do‘stlik va hamjihatlik munosabatlarining yanada mustahkamlanishiga xizmat qilmoqda.

O‘zbekistondagi diniy erkinlik, dinlararo barqarorlik va diniy bag‘rikenglikni mustahkamlash borasida jiddiy qadamlar tashlangani, bu boradagi ijobiy o‘zgarishlar xalqaro hamjamiyat e’tiboriga tushdi.

Xalqaro diniy erkinliklar sohasidagi bir qator ekspertlar, soha mutaxassislari mamlakatimizga tashrifi chog‘ida diniy erkinlikni ta’minlash, amaldagi normalarni soddalashtirish, radikalizmga qarshi kurashish, qolaversa, ma’rifiy islom g‘oyalarini ilgari surish borasidagi amaliy ishlarga o‘zlari bevosita guvoh bo‘lmoqda.

Shuni alohida ta’kidlash kerakki, yurtimizda minglab mahkumlarning afv etilishi, fuqarolarning turli ro‘yxatlardan chiqarilishi, diniy tashkilotlarni ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi soddalashtirilishi ekspertlar tomonidan yuqori darajadagi islohotlar sifatida e’tirof etilmoqda. Qolaversa, O‘zbekiston diniy sohadagi “Alohida tashvish tug‘diradigan davlatlar” ro‘yxatidan chiqarilgani ham bu boradagi ishlarning yorqin amaliy ifodasidir.

O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan turli konfessiya vakillarining o‘zaro ahil, inoq va hamjihatlikda yashashlari hamda faoliyat yuritishlari, shubhasiz, mamlakatdagi tinchlik va osoyishtalikning eng muhim omillaridan biri hisoblanadi.

Sodiq TOSHBOEV,

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi

 

Qo‘shimcha malumot

Imom Moturidiy hayoti va faoliyatiga chizgilar
Muallif: Ahmad Sa’d DamanhuriyTarjimonlar: S.Abdullayev, O.Ikrombekov🗓 Sana: 2023📝 Hajmi: 264 bet📖 Ushbu kitob misrlik moturidiyshunos olim Ahmad Sa’d Damanhuriyning Imom...
ZAMONAVIY TARIQATCHILIKNING IJTIMOIY ZARARLARI
Tasavvuf ta’limoti uzoq davrlar mobaynida jamiyatning turli tabaqalari o‘rtasida do‘stlik, birodarlik rishtalarini ildiz otishiga zamin yaratgan. Hozirgi paytda dunyoning ko‘p...
ULAMOLAR SOXTA SUFIYLIK HAQIDA
Tarixan, inson qalbini poklash, uni ruhiy-ma’naviy jihatdan yuksaltirishni maqsad qilgan tasavvuf ta’limoti yurtimizda keng taraqqiy etib kelgan. Tasavvuf yo‘lida riyozat...

Izoh qoldirish

Izohlar

Мы в соц сетях

Aloqa

Telefon:
E-mail:
Manzil:
©2024 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry