11.10.2021
264

Nega fiqhda hanafiya, aqidada  moturidiya ?

Bugungi kunda ayrim adashgan firqalar faqat o‘zlarinigina ahli sunnaga mansub, deb da’vo qilmoqdalar. Aslida, ming yildan beri butun ummat ahli sunnaning asl namoyondasi va eng haqli merosxo‘ri, deb bilittifoq tan olib kelayotgan va hozirga qadar ko‘p sonli ahli sunna ulamollari e’tirof etib kelayotgan moturidiy va ash’ariylarni faqat kam sonli ayrim salafiylargina “bid’atchi firqa, adashgan toifa”, deb tuhmat qilmoqdalar, quyidagi fitnali, shubhali savollarni qo‘zg‘amoqdalar:

  1. Nega bitta ahli sunna deb emas, balki moturidiya va ash’ariya deb ikki xil nomlandi, o‘zaro farqlarni kelishib, bir bo‘lib olishsa bo‘lmaydimi?
  2. Agar moturidiya qarashlari Abu Hanifa qarashlariga muvofiq bo‘lsa, nega fiqhda hanafiya deb, aqidada esa moturidiya deb nomlandi? 

Ularning birinchi savoliga qarshi beshta savol bilan javob beramiz:

  1. Nega to‘rt mo‘tabar fiqhiy mazhab ahli sunna deb emas, balki hanafiya, molikiya, shofe’iya, hanbaliya deb nomlangani umum e’tirof etilgan?
  2. Nega hozirda ayrim salafiy voizlar vahhobiya, ba’zilari esa salafiya asl ahli sunnaning mazhabi deya ikki xil atamoqdalar?
  3. Nega ular tayanadigan Ibn Taymiya ham o‘zining “Majmu’atul-fatovo” asarida to‘rt mo‘tabar fiqhiy mazhabni ahli sunna deb, salafiya haqida hech narsa demagan?
  4. Nega Ibn Taymiya hanbaliy olimlar oldida tavba qilib, o‘zini “men ash’ariyman”, dedi, ahli sunna yoki salafiy man demadi?
  5. Salafiya-vahhobiya atamalarining o‘zi keyin paydo bo‘lgan, demak bu bid’at da’vodan boshqa nima?!

Ikkinchi savolga javob: ahli sunnaning sof aqidasini bayon qilgan imom Abu Hanifaning ta’limotini imom Abu Mansur Moturidiy Abu Hanifa asos solgan uslubida davom ettirib, rivojlantirdi. Adashgan oqimlarning bid’at qarashlariga raddiyalar berishda nafaqat Qur’on va sunnatni naql qilish bilan kifoyalandi, balki aql, mantiq, kalom va falsafa usullarini ham qo‘llagan holda ahli sunnaning sof aqidasini bayon qilgan, shubhali savollarga aniq ilmiy javoblar berdi. Keyinchalik, shogirdlarining ham xizmatlari bilan bir butun yaxlit aqidaviy maktab sifatida shakllandi va ahli sunnaning moturidiya madrasasi deb nomlandi hamda u zot ahli sunnaning imomi deb tan olindi.

 

Qo‘shimcha malumot

Imom Moturidiy hayoti va faoliyatiga chizgilar
Muallif: Ahmad Sa’d DamanhuriyTarjimonlar: S.Abdullayev, O.Ikrombekov🗓 Sana: 2023📝 Hajmi: 264 bet📖 Ushbu kitob misrlik moturidiyshunos olim Ahmad Sa’d Damanhuriyning Imom...
ZAMONAVIY TARIQATCHILIKNING IJTIMOIY ZARARLARI
Tasavvuf ta’limoti uzoq davrlar mobaynida jamiyatning turli tabaqalari o‘rtasida do‘stlik, birodarlik rishtalarini ildiz otishiga zamin yaratgan. Hozirgi paytda dunyoning ko‘p...
ULAMOLAR SOXTA SUFIYLIK HAQIDA
Tarixan, inson qalbini poklash, uni ruhiy-ma’naviy jihatdan yuksaltirishni maqsad qilgan tasavvuf ta’limoti yurtimizda keng taraqqiy etib kelgan. Tasavvuf yo‘lida riyozat...

Izoh qoldirish

Izohlar

Мы в соц сетях

Aloqa

Telefon:
E-mail:
Manzil:
©2024 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry