07.10.2021
228

Bolalar jamoat fondi tashkil etilyapti

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan ehtiyojmand oilalarning farzandlarini, chin yetimlarni, og‘ir kasallikka chalingan va nogironligi bo‘lgan bolalarni davolash, ularning ta’lim olishini, uy-joy bilan ta’minlanishini hamda kasb egallashlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida «Bolalar jamoat fondi» tashkil etilyapti.

Quyida fondning eng muhim vazifalari belgilandi:

- og‘ir vaziyatga tushgan, ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarni aniqlash va ularga manzilli ijtimoiy va moddiy yordam ko‘rsatish tadbirlarini tashkil etish va moliyalashtirish;

- bolalarning hayoti uchun xavf soluvchi og‘ir, surunkali hamda kam uchraydigan (orfan) kasalliklarga o‘z vaqtida tashxis qo‘yish va ularni respublikada yoki zarur hollarda xorijiy davlatlarda davolash uchun tibbiy, ijtimoiy va moliyaviy yordam ko‘rsatishning qo‘shimcha mexanizmlarini joriy etish;

- ehtiyojmand oilalarning farzandlari hamda imkoniyati cheklangan bolalarni bepul dori vositalari, tibbiy va protez-ortopedik buyumlar bilan ta’minlash;

- jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalarni ta’lim olishlarida ko‘maklashish, shu jumladan, maxsus o‘quv adabiyotlar va o‘quv qurollari bilan ta’minlash;

- nogironligi bo‘lgan bolalarni ijtimoiy moslashtirish, ularga qiziqishlaridan kelib chiqib kasb-hunar o‘rgatish va ularni uy sharoitida o‘zini o‘zi band qilishi uchun asbob-uskunalar bilan ta’minlash;

- og‘ir tashxisli kasalliklari bo‘lgan bolalarni parvarish qilayotgan kam ta’minlangan oilalarni homiylikka olish;

- nogironligi bo‘lgan bolalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga doir, shu jumladan, ularga yuqori texnologik ixtisoslashgan reabilitatsion tadbirlarni tashkil etish va moliyalashtirish.

Bolalar jamoat fondining asosiy pul mablag‘lari quyidagilar hisobiga shakllantiriladi:

- Davlat byudjeti hisobidan 2021-2022 yillarda mablag‘larni amalda o‘zlashtirilishiga qarab 100 milliard so‘m miqdoridagi beg‘araz moliyaviy yordam;

- jismoniy va yuridik shaxslarning ixtiyoriy xayriyalari;

- davlat, xorijiy va xalqaro tashkilotlar, chet davlatlar ajratadigan grantlar;

- kraudfanding mexanizmlari orqali kelib tushgan mablag‘lar;

- vaqtincha bo‘sh turgan mablag‘larni tijorat banklari depozitlariga joylashtirishdan olingan daromadlar;

qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.



Manba: uza.uz

Qo‘shimcha malumot

Imom Moturidiy hayoti va faoliyatiga chizgilar
Muallif: Ahmad Sa’d DamanhuriyTarjimonlar: S.Abdullayev, O.Ikrombekov🗓 Sana: 2023📝 Hajmi: 264 bet📖 Ushbu kitob misrlik moturidiyshunos olim Ahmad Sa’d Damanhuriyning Imom...
ZAMONAVIY TARIQATCHILIKNING IJTIMOIY ZARARLARI
Tasavvuf ta’limoti uzoq davrlar mobaynida jamiyatning turli tabaqalari o‘rtasida do‘stlik, birodarlik rishtalarini ildiz otishiga zamin yaratgan. Hozirgi paytda dunyoning ko‘p...
ULAMOLAR SOXTA SUFIYLIK HAQIDA
Tarixan, inson qalbini poklash, uni ruhiy-ma’naviy jihatdan yuksaltirishni maqsad qilgan tasavvuf ta’limoti yurtimizda keng taraqqiy etib kelgan. Tasavvuf yo‘lida riyozat...

Izoh qoldirish

Izohlar

Мы в соц сетях

Aloqa

Telefon:
E-mail:
Manzil:
©2024 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry