07.10.2021
286

Langar Mushafining ikkinchi umri

Yaratgan Alloh yurtimizni bebaho ne’matlar ila siylagan. Ularning orasida qadimiy qo‘lyozmalaridan biri – Katta Langar Qur’oni ulkan tarixiy va madaniy ahamiyatga ega. Bu nodir mushaf xalqimiz, qolaversa butun insoniyatning bebaho merosidir.
Muhtaram Prezidentimizning tashabbuslari va ko‘rsatmalari bilan keyingi ikki yil davomida O‘zbekiston musulmonlari idorasida saqlanayotgan Langar Qur’oni restavratsiya qilindi, ya’ni ko‘p asrlik chang, g‘ubor, zambrug‘u zararli bakteriyalardan tozalandi. Endilikda Hazrati Usmon ibn Affon Mushafi bilan birga maxsus sharoitlarda saqlana boshlandi.
Mushaf sahifalari ta’miri Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi shafeligida Fransiyaning Luvr muzeyi restavratorlari va mahalliy mutaxassislar ishtirokida uch bosqichda, ya’ni 2019, 2020 va 2021 yillarda amalga oshirildi.
Kuni kecha ushbu ta’mirlash ishlarida faol qatnashgan O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi restavratori Shuhratilloh Po‘latov, Diniy idora kutubxonasi mudiri Kamoliddin Mahkamov, mutaxassislar Saidrahmat Ikromov, Muhammadnosir Abduvosiyevlar mukofotlar va tashakkurnomalar bilan taqdirlandilar.
Marosimda so‘zga chiqqanlar Katta Langar Qur’onining tarixiy ahamiyati, musulmon dunyosidagi qadr-qimmati, keng ko‘lamli ta’mirlash jarayonida mushaf yana asl holatiga qaytarilgani, endilikda mushaf ko‘p asrlar nafaqat yurtimiz, balki dunyo ahli, butun insoniyatning ma’naviy boyligi bo‘lib xizmat qilishini alohida ta’kidladilar.
Ma’lumot sifatida, idora muzey-kutubxonasida saqlanayotgan VIII asrga oid mazkur sahifalar Qashqadaryo viloyati Qamashi tumanidagi “Langar ota” masjidida uzoq vaqt saqlangani uchun shu nom berilgan.
Nodir qo‘lyozma VIII asrning oxirida arab grammatikasi qoidalari shakllangan davrda yozilgan. Tadqiqotlarga ko‘ra, umumiy hajmi 206 sahifa bo‘lgan. Hozirda ushbu mushafning 98 sahifasi mavjud, ularning 81 tasi Sankt-Peterburgdagi Sharq qo‘lyozmalari institutida saqlanadi. Yurtimizda mushafning 17 sahifasi bor. Sharqshunoslik qo‘lyozmalar institutida bir sahifa, Buxoro viloyat kutubxonasida ikki sahifa va Buxoro davlat muzeyida bir sahifa, qolgan ta’mirlangan 13 sahifa esa Diniy idora kutubxonasida saqlanmoqda.
Kelgusida yurtimiz va xalqimiz uchun katta ne’mat bo‘lgan, o‘lkamiz, xususan poytaxtimizga o‘z nuri ila fayz baxsh etib turgan, eng qadimiy Hazrati Usmon Mushafini ham tajribali mutaxassislar va zamonaviy usullarda ta’mirlash rejalashtirilgan.
Alloh taolo o‘sha kunlarga ham omonlikda yetkazsin.
 


O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

Qo‘shimcha malumot

Imom Moturidiy hayoti va faoliyatiga chizgilar
Muallif: Ahmad Sa’d DamanhuriyTarjimonlar: S.Abdullayev, O.Ikrombekov🗓 Sana: 2023📝 Hajmi: 264 bet📖 Ushbu kitob misrlik moturidiyshunos olim Ahmad Sa’d Damanhuriyning Imom...
ZAMONAVIY TARIQATCHILIKNING IJTIMOIY ZARARLARI
Tasavvuf ta’limoti uzoq davrlar mobaynida jamiyatning turli tabaqalari o‘rtasida do‘stlik, birodarlik rishtalarini ildiz otishiga zamin yaratgan. Hozirgi paytda dunyoning ko‘p...
ULAMOLAR SOXTA SUFIYLIK HAQIDA
Tarixan, inson qalbini poklash, uni ruhiy-ma’naviy jihatdan yuksaltirishni maqsad qilgan tasavvuf ta’limoti yurtimizda keng taraqqiy etib kelgan. Tasavvuf yo‘lida riyozat...

Izoh qoldirish

Izohlar

Мы в соц сетях

Aloqa

Telefon:
E-mail:
Manzil:
©2024 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry