27.09.2021
277

Xalqaro onlayn konferensiya bo‘lib o‘tdi

«Abu Muin Nasafiy ilmiy merosining bugungi kundagi ahamiyati» mavzusidagi xalqaro onlayn konferensiyada O‘zbekiston, Rossiya Federasiyasi, Ozarbayjon hamda Markaziy Osiyo davlatlaridan taniqli ulamolar, yetuk olimlar, ilmiy tadqiqot markazi rahbarlari hamda diniy soha vakillari ishtirok etishdi.

  Qur’on tilovati hamda ezgu duolar qilingach, O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisining birinchi o‘rinbosari Homidjon Ishmatbekov o‘z nutqi bilan xalqaro onlayn konferensiya ma’ruzasini boshlab berdi.

Konferensiya davomida Rossiya Federasiyasi, Qozog‘iston, Tojikiston. Qirg‘iziston davlatlari muftiylari hamda boshqa bir qator ilmiy-tadqiqot markaz rahbarlari nutq so‘zlab, Abu Muin Nasafiy ilmiy merosini va uning bugungi kundagi ahamiyati haqida atroflicha fikrlar bildirib o‘tishdi. Jumladan Imom Termiziy xalqaro-ilmiy tadqiqot markazi direktori, hadisshunoslik ixtisosligi bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Shukurillo Umarov “Abu Muin Nasafiy merosining Moturidiy ta’limoti rivojida tutgan o‘rni” mavzusida ma’ruza qildi.

Shuningdek seminar davomida  Rossiya muftiylar kengashi raisi, Rossiya musulmonlari idorasi raisi, muftiy Ravil Gaynutdin, Shayxul Islom, Kavkaz muslmonlari  diniy idorasi raisi Allohshukur Poshshozoda, Tojikiston Islom markazi raisi, muftiy  Saidmukarram Abdulqodirzoda, Qozog‘iston musulmonlari idorasi raisi, bosh muftiy Navruzbay Taganuli, Qirg‘iziston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Zamir Rakiyev, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Islomshunoslik kafedrasi dosenti t.f.n. Saidmuxtor Oqilovlar o‘z ma’ruzalarida Abu Muin Nasafiy hayoti va ijodi, allomaning boy ilmiy merosini tadqiq etish va o‘rganish, qolaversa, islom manbashunosligi tadqiqoti natijalari, qo‘lga kiritilayotgan yutuqlar haqida atroflicha ma’lumotlar berib o‘tishdi.

Uchrashuv yakunida turli darajadagi tajriba almashinuv tashriflarini yo‘lga qo‘yish, shuningdek, ilmiy tadqiqot natijalarini keng targ‘ib etish va nashr ishlarini kengaytirish borasida takliflar bildirildi.

 

Imom Termiziy xalqaro  

ilmiy-tadqiqot markazi matbuot xizmati

Qo‘shimcha malumot

Imom Moturidiy hayoti va faoliyatiga chizgilar
Muallif: Ahmad Sa’d DamanhuriyTarjimonlar: S.Abdullayev, O.Ikrombekov🗓 Sana: 2023📝 Hajmi: 264 bet📖 Ushbu kitob misrlik moturidiyshunos olim Ahmad Sa’d Damanhuriyning Imom...
ZAMONAVIY TARIQATCHILIKNING IJTIMOIY ZARARLARI
Tasavvuf ta’limoti uzoq davrlar mobaynida jamiyatning turli tabaqalari o‘rtasida do‘stlik, birodarlik rishtalarini ildiz otishiga zamin yaratgan. Hozirgi paytda dunyoning ko‘p...
ULAMOLAR SOXTA SUFIYLIK HAQIDA
Tarixan, inson qalbini poklash, uni ruhiy-ma’naviy jihatdan yuksaltirishni maqsad qilgan tasavvuf ta’limoti yurtimizda keng taraqqiy etib kelgan. Tasavvuf yo‘lida riyozat...

Izoh qoldirish

Izohlar

Мы в соц сетях

Aloqa

Telefon:
E-mail:
Manzil:
©2024 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry