30.03.2021
479

ABU SULAYMON MUSO IBN SULAYMON JUZJONIY

(vaf. 200/816 y.) 

Abu Sulaymon Juzjoniy o‘z davrining mashhur faqihlari hisoblangan Abu Yusuf va Muhammad ibn Hasan Shayboniylardan ta’lim olgan. Olim ushbu ikki imomdan Abu Hanifaning “al-Fiqh al-akbar” va “ar-Risola ala Usmon al-Battiy” nomli asarlarini rivoyat qilgan. Shu bilan bir qatorda, Muhammad Shayboniy “al-Asl” (“al-Mabsut”) asarining u rivoyat qilgan nusxasi olimlar tomonidan eng ishonchli deb e’tirof etilgan.

Abu Sulaymon Juzjoniy o‘ta taqvodor bo‘lgani sababli xalifa Ma’munning qozilik lavozimini qabul qilish haqidagi taklifini jahli tez ekanini bahona qilgan holda rad etgan. Alloma “Dor al-juzjoniya” maktabining ilk ustozlaridan biri hisoblanadi.

Zahabiy uning Ibn Muborakdan hadis rivoyat qilganini qayd etgan. Juzjoniydan esa Ahmad ibn Muhammad Birtiy, Bishr ibn Muso, Abu Xotim Roziy va boshqalar rivoyat qilganlar.

Abu Sulaymon Juzjoniy o‘ta samimiyligi bilan ahli hadislarning muhabbatiga sazovor bo‘lgan. Abu Xotimning yozishicha, u Qur’onni maxluq deganlarni kufrda ayblagan.

Juzjoniy “as-Siyar as-sag‘ir”, “as-Solat”, “ar-Rahn”, “Navodir al-fatvo” kabi asarlarning muallifi hisoblanadi.

Qo‘shimcha malumot

QIVOMUDDIN ITQONIY
Olimning to‘liq ismi Qivomuddin Amir Kotib ibn Amir Umar ibn Amir G‘oziy Farobiy Itqoniy bo‘lib, u 1286 yilda Sayhun daryosi...
ABU SALAMA SAMARQANDIY
Allomaning to‘liq ismi Abu Salama Muhammad ibn Muhammad Samarqandiy Buxoriy bo‘lib, u haqda bizgacha juda kam ma’lumot yetib kelgan. Uning...
MUHAMMAD IBN MUQOTIL ROZIY
(vaf. 248/862 y.) Muhammad Roziy Muhammad Shayboniy hamda Abu Muti’ Balxiy kabi olimlardan ta’lim olgan bo‘lib, faoliyati davomida Ray shahri...

Izoh qoldirish

Izohlar

Мы в соц сетях

Aloqa

Telefon:
E-mail:
Manzil:
©2024 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry