01.04.2021
440

ABU SALAMA SAMARQANDIY

Allomaning to‘liq ismi Abu Salama Muhammad ibn Muhammad Samarqandiy Buxoriy bo‘lib, u haqda bizgacha juda kam ma’lumot yetib kelgan. Uning qachon tug‘ilib, qachon vafot etgani ma’lum emas. Taxminan hijriy IV asrning ikkinchi yarmida yashab ijod qilgan.
Abu Salama fiqh ilmini Abu Ahmad Iyodiydan o‘rgangan. Bu haqda Qurashiyning “al-Javohir al-muziya”, Ibn Qutlubug‘oning “Toj at-tarojim”, Tamimiyning “Tabaqot as-saniya” asarlarida zikr etilgan. Mazkur manbalarda olim haqida deyarli bir xil ma’lumot berilgan. Shu bilan bir qatorda, Abul Muin Nasafiy ham u haqda ma’lumot berib o‘tgan. Jumladan, uning Abu Ahmad Iyodiydan kalom va fiqh ilmlarini o‘rganib, ijoza olganini qayd etgan.
Abu Salamaning Imom Moturidiy bilan bevosita muloqot qilganiga oid ma’lumotlar mavjud emas. Biroq uning Abu Ahmad Iyodiydan ta’lim olgani hisobga olinadigan bo‘lsa, uni Imom Moturidiy shogirdining shogirdi bo‘lgan deyish mumkin.
Abu salama Samarqandiyning bizga ma’lum bo‘lgan yagona asari “Jumal usul ad-din” hisoblanadi. Hakim Samarqandiyning “as-Savod al-a’zam” asari kabi, ushbu manba ham o‘z davrida islom dinining asosiy tamoyillarini xalqqa o‘rgatish maqsadida somoniylar sulolasi amiri tomonidan chiqarilgan rasmiy buyruq asosida yozilgan. Asarda asosan Imom Moturidiyning aqidaviy qarashlari yoritilgan. Manba hajman kichik, 16 varaqdan iborat. U 1989 yil turkiyalik tadqiqotchi Ahmet Soim Kilovuz tomonidan tahqiq qilingan bo‘lib, “Matüridiliğin Temel İnanç İlkeleri” (Moturidiylikning asosiy aqidaviy tushunchalari) nomi bilan turk tiliga tarjima qilingan. Shu bilan bir qatorda, Ilhom Qosimiy tomonidan ham tahqiq qilinib, sharhlar bilan to‘ldirilgan holda nashr etilgan.
Abu Salamaning ushbu kitobiga Ibn Yahyo nomi bilan mashhur bo‘lgan olim Ibn Zakariyo Yahyo ibn Ishoq “Sharh Jumal usul ad-din li Abi Salama Samarqandiy” nomli sharh ham yozgan.
Ibn Yahyoning ushbu sharhi Abu Salama Samarqandiy hayotiga oid ma’lumotlarni to‘ldirishga yordam beradi. Jumladan, uning o‘z davrida ahli sunna bayroqdori sifatida qo‘li va tili bilan bid’at ahlini mag‘lub etganini bilib olish mumkin. Imom Moturidiyning shogirdi hamda yaqin do‘sti Abulhasan Rustufag‘niy uning mutlaq faqih (fuqahoi mutlaqin)lardan bo‘lganini ta’kidlagan.
Abu Salama Samarqandiy fiqh ilmidan talabalarga dars bera oladigan, fatvolar chiqara oladigan, fiqhiy masalalarda bahsu munozaraga kirisha oladigan darajaga yetganidan so‘ng kalom ilmida ham yuksak e’tibor qozongan.

Qo‘shimcha malumot

QIVOMUDDIN ITQONIY
Olimning to‘liq ismi Qivomuddin Amir Kotib ibn Amir Umar ibn Amir G‘oziy Farobiy Itqoniy bo‘lib, u 1286 yilda Sayhun daryosi...
ABU SULAYMON MUSO IBN SULAYMON JUZJONIY
(vaf. 200/816 y.) Abu Sulaymon Juzjoniy o‘z davrining mashhur faqihlari hisoblangan Abu Yusuf va Muhammad ibn Hasan Shayboniylardan ta’lim olgan....
MUHAMMAD IBN MUQOTIL ROZIY
(vaf. 248/862 y.) Muhammad Roziy Muhammad Shayboniy hamda Abu Muti’ Balxiy kabi olimlardan ta’lim olgan bo‘lib, faoliyati davomida Ray shahri...

Izoh qoldirish

Izohlar

Мы в соц сетях

Aloqa

Telefon:
E-mail:
Manzil:
©2024 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry