27.09.2021
312

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita delegatsiyasi Rossiyada tashkil etilgan xalqaro konferensiyada ishtirok etmoqda

O‘zbekiston Vazirlar mahkamasi huzuridagi din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Muzaffar Komilov boshchiligidagi delegatsiyasi  Rossiyaga amaliy safar bilan bo‘lib turibdi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri. 

Tashrif davomida O‘zbekiston delegatsiyasining Bolgar islom akademiyasi rektori Aynur Timerxanov bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda yurtimizda diniy-ma’rifiy sohada amalga oshirililayotgan tizimli islohotlar haqida so‘zlab berildi. 

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasidagi ta’lim va ilmiy faoliyatidagi yutuqlar qatorida Akademiya huzurida Imom Moturidiy nomidagi xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining ish boshlagani va o‘tgan bir yil mobaynida amalga oshirilgan ilmiy tadqiqotlar mezbonlarda katta qiziqish uyg‘otdi.

Samimiy ruhda o‘tgan muzokaralar natijasida har ikki Akademiya o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirish yuzasidan kelishuvga erishildi. 

Xizmat safarining ikkinchi kunida yurtimiz olimlari Bolgar islom akademiyasida 23-25-sentabr kunlari bo‘lib o‘tgan «Zamonaviy ta’lim tizimida islomshunoslik va islom ilohiyoti fanlari: muammolar va istiqbol rejalari» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada ishtirok etdi. 

Rossiya musulmonlari markaziy diniy boshqarmasi va uning Tatariston Respublikasidagi boshqarmasi, Ilmiy va ta’limiy ilohiyot birlashmasi, Islom madaniyati, ilm-fan va ta’limni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi ko‘magida tashkil etilgan xalqaro anjumanda islom olamidagi 30 dan ortiq nufuzli davlat tashkilotlari hamda 200 ga yaqin taniqli olimlar dolzarb mavzudagi ma’ruzalari bilan qatnashdi.

Zamonaviy sharoitda islomshunoslik va islom ilohiyotshunoslik fanini rivojlantirishning dolzarb nazariy va amaliy masalalari muhokama etilgan mazkur tadbirda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Muzaffar Komilov «O‘zbekiston Respublikasida diniy-ma’rifiy sohadagi islohotlarning ayrim o‘ziga xos xususiyatlari» mavzusida ma’ruza qildi. 

Akademiya rektori o‘z nutqida yurtimizda milliy an’ana va qadriyatlarimizni rivojlantirish, ulug‘ alloma ajdodlarimiz ilmiy merosini chuqur o‘rganish, yoshlarni ilm-ma’rifatli, intellektual barkamol avlod etib tarbiyalashga davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi sifatida e’tibor qaratilayotganini ta’kidladi. So‘nggi yillarda mamlakatimizdagi diniy-ma’rifiy sohadagi islohotlar, Prezidentimiz tashabbusi bilan tashkil etilgan xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari faoliyatiga to‘xtalib o‘tdi. Shuningdek, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasidagi ta’lim va ilmiy faoliyatidagi yutuqlar, yosh kadrlarni tayyorlashda mamlakatimiz, xususan, Akademiyaning o‘ziga xos tajribasi bilan o‘rtoqlashdi.

Xalqaro konferensiya davomida O‘zbekistonda ziyorat turizmini rivojlantirish, qadim va muqaddas qadamjolarga sayyohlar oqimini ko‘paytirish borasida amalga oshirilayotgan keng miqyosli ishlar, jumladan, ilmiy-ma’rifiy tadqiqotlar ham e’tirof etildi.


Manba: dunyo.info

Qo‘shimcha malumot

Imom Moturidiy hayoti va faoliyatiga chizgilar
Muallif: Ahmad Sa’d DamanhuriyTarjimonlar: S.Abdullayev, O.Ikrombekov🗓 Sana: 2023📝 Hajmi: 264 bet📖 Ushbu kitob misrlik moturidiyshunos olim Ahmad Sa’d Damanhuriyning Imom...
ZAMONAVIY TARIQATCHILIKNING IJTIMOIY ZARARLARI
Tasavvuf ta’limoti uzoq davrlar mobaynida jamiyatning turli tabaqalari o‘rtasida do‘stlik, birodarlik rishtalarini ildiz otishiga zamin yaratgan. Hozirgi paytda dunyoning ko‘p...
ULAMOLAR SOXTA SUFIYLIK HAQIDA
Tarixan, inson qalbini poklash, uni ruhiy-ma’naviy jihatdan yuksaltirishni maqsad qilgan tasavvuf ta’limoti yurtimizda keng taraqqiy etib kelgan. Tasavvuf yo‘lida riyozat...

Izoh qoldirish

Izohlar

Мы в соц сетях

Aloqa

Telefon:
E-mail:
Manzil:
©2024 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry