27.09.2021
285

Oʻzbekistonlik olimlar Bolgar islom akademiyasi talabalariga islom ilmlaridan “Mahorat darsi” oʻtdi

Xabaringiz bor, shu kunlarda Rossiya Federatsiyasi Tatariston Respublikasida “Zamonaviy ta’lim tizimida islomshunoslik va islom ilohiyoti fanlari: muammolar va istiqbol rejalari” mavzusidagi II Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tmoqda.

Butun MDH va Sharq musulmon davlatlarining islomshunoslik yo‘nalishi oliy ta’lim va yetakchi ilmiy tadqiqot markazlari olim va yosh ilmiy tadqiqotchilari jam bo‘lgan mazkur nufuzli anjumanda dunyo nigohini tortib turgan dolzarb muammo va masalalarga ham e’tibor qaratilmoqda. Zero, butun dunyoni tashvishga solayotgan diniy ekstremizm, separatizm, terrorizm kabi illatlar kuchayib borayotgan bir davrda muqaddas islom dinining haqiqiy ilm-ma’rifat, ma’naviyat va ezgulikka yo‘g‘rilganini isbotlash, undan o‘z g‘arazli maqsadda foydalanmoqchi bo‘lgan qora kuchlarga ma’rifat bilan munosib javob qaytarish bugungi kunning eng dolzarb masalasidir.

Shu nuqtai nazardan, anjumanning navbatdagi kunida Bolgar islom akademiyasi taklifiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Muzaffar Komilov tomonidan “Islomshunoslikning dolzarb muammolari va uning yechimlari” mavzusida “Mahorat darsi” o‘tkazildi.

Ma’lumki, O‘zbekiston — qadim-qadimdan allomalarga beshik bo‘lgan zamin. Insoniyat tarixining Sharq tamadduni – sivilizatsiyasining zarhal sahifalari ham aynan Vatanimizda kamol topgan ulug‘ mutafakkirlar tomonidan yozilgani haqiqat. Bugungi kunda ham yurtimizning har bir qarich tuprog‘ida muqaddas qadamjolar, aziz avliyolar hoki borligi shundan. Shu bois ham O‘zbekiston Respublikasi hamisha olim-u fuzalolar, tolib ilmlar, ziyoratchilar nigohini o‘ziga tortib tursa ajab emas.

Shu ma’noda, taniqli tarixchi va islomshunos olim Muzaffar Komilov tomonidan o‘tkazilgan ochiq darsda muqaddas islom dinining asl mohiyati, insoniyat ma’naviy kamolotidagi ahamiyati, uni ilmiy tadqiq etish va uning ezguliklarini keng ommaga yetkazishda O‘zbekiston zaminda kamol topgan ulug‘ allomalarning beqiyos xizmati hamda ushbu ma’naviy-madaniy merosni tadqiq etishdagi zamonaviy tajribalar xususida so‘z yuritdi. Xususan, so‘nggi yillarda Toshkent islom universiteti va O‘zbekiston islom akademiyasi negizida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasiga asos solinishi, respublikamiz beshta hududida uning malaka oshirish markazlari hamda Imom Moturidiy nomidagi xalqaro ilmiy tadqiqot markazi faoliyatining yo‘lga qo‘yilishi yurtimizda islomshunoslik ilmlarini o‘qitishda muhim qadamlar qo‘yilganidan darak ekani ta’kidlandi.

Bu borada Bolgar islom akademiyasi kabi dunyodagi ko‘plab oliy ta’lim va ilmiy tadqiqot markazlari bilan hamkorlik aloqalari tobora mustahkamlanib borayotgani alohida ahamiyatga egaligi e’tirof etildi.

Qizg‘in va samimiy ruhda o‘tgan dars mashg‘uloti Bolgar islom akademiyasi talabalariga manzur bo‘lib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob olishdi.

 

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

Qo‘shimcha malumot

Imom Moturidiy hayoti va faoliyatiga chizgilar
Muallif: Ahmad Sa’d DamanhuriyTarjimonlar: S.Abdullayev, O.Ikrombekov🗓 Sana: 2023📝 Hajmi: 264 bet📖 Ushbu kitob misrlik moturidiyshunos olim Ahmad Sa’d Damanhuriyning Imom...
ZAMONAVIY TARIQATCHILIKNING IJTIMOIY ZARARLARI
Tasavvuf ta’limoti uzoq davrlar mobaynida jamiyatning turli tabaqalari o‘rtasida do‘stlik, birodarlik rishtalarini ildiz otishiga zamin yaratgan. Hozirgi paytda dunyoning ko‘p...
ULAMOLAR SOXTA SUFIYLIK HAQIDA
Tarixan, inson qalbini poklash, uni ruhiy-ma’naviy jihatdan yuksaltirishni maqsad qilgan tasavvuf ta’limoti yurtimizda keng taraqqiy etib kelgan. Tasavvuf yo‘lida riyozat...

Izoh qoldirish

Izohlar

Мы в соц сетях

Aloqa

Telefon:
E-mail:
Manzil:
©2024 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry