09.09.2021
354

E'TIQOD

“Kitob as-savod al-a’zam” (Katta jamoa – ahli sunna e’tiqodi haqidagi kitob) bo‘lib, unig muallifi  al-Hakim  as-Samarqandiydir. “As-Savod al-a’zam” kitobida arab tilida ahli sunna val jamoa e’tiqodiga doir oltmishdan ziyod aqidaviy masalalar bayon etiladi. Bular ahli sunna belgisi ekanligi, aksincha bunga ishonmaganlar ahli sunna emasligi ta’kidlanadi. 

Katta jamoa – ahli sunnaning belgilari quyidagilar: 

(والثامنة عشرة)

 أن يقرَّ بأن قراءة الكتب يوم القيامة حقٌّ

O‘n sakkizinchi: Qiyomat kunida nomai a’mol kitoblari o‘qilishining haq ekaniga iqror bo‘lish. 

Yuqorida aytdikki, mo‘min kishi qiyomat kuni har bir inson nomai a’moli yozilgan kitobni o‘qishiga iqror bo‘lishi va buni haq deb e’tiqod qilishi lozim bo‘ladi. Kim buni inkor qilsa va bu mavzuda kelgan oyatlarni rad qilsa, Alloh taologa kofir bo‘ladi. Chunki har bir inson nomai a’maoli yozilgan kitobni o‘qishi haq. Bunga dalil quyidagi oyati karimalar:

«Biz har bir insonning amalini bo‘yniga ilib qo‘ygandirmiz. Qiyomat kunida unga ochiq holda uchratadigan kitobni (nomai a’molini) chiqarib berurmiz. (Unga aytilur): «Kitobingni o‘qi! Bugun o‘z shaxsing o‘zingga qarshi yetarli hisobchidir».  ("Isro" surasi, 13-14 oyatlar)

«Biz barcha odamlarni o‘z kitoblari (nomai a’moli) bilan chaqiradigan kun (Qiyomat)ni (eslangiz!) Bas, kimgaki kitobi o‘ng qo‘lidan berilsa, aynan o‘shalar o‘zlariga zarracha nohaqlik qilinmagan holda, kitoblarini o‘qirlar» ("Isro" surasi,  71-oyat). Mazkur dalillar oqil inson uchun kifoya qiladi.

Qo‘shimcha malumot

Imom Moturidiy hayoti va faoliyatiga chizgilar
Muallif: Ahmad Sa’d DamanhuriyTarjimonlar: S.Abdullayev, O.Ikrombekov🗓 Sana: 2023📝 Hajmi: 264 bet📖 Ushbu kitob misrlik moturidiyshunos olim Ahmad Sa’d Damanhuriyning Imom...
ZAMONAVIY TARIQATCHILIKNING IJTIMOIY ZARARLARI
Tasavvuf ta’limoti uzoq davrlar mobaynida jamiyatning turli tabaqalari o‘rtasida do‘stlik, birodarlik rishtalarini ildiz otishiga zamin yaratgan. Hozirgi paytda dunyoning ko‘p...
ULAMOLAR SOXTA SUFIYLIK HAQIDA
Tarixan, inson qalbini poklash, uni ruhiy-ma’naviy jihatdan yuksaltirishni maqsad qilgan tasavvuf ta’limoti yurtimizda keng taraqqiy etib kelgan. Tasavvuf yo‘lida riyozat...

Izoh qoldirish

Izohlar

Мы в соц сетях

Aloqa

Telefon:
E-mail:
Manzil:
©2024 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry