08.09.2021
337

E’TIQOD

“Kitob as-savod al-a’zam” (Katta jamoa – ahli sunna e’tiqodi haqidagi kitob) bo‘lib, unig muallifi al-Hakim  as-Samarqandiydir.

“As-Savod al-a’zam” kitobida arab tilida ahli sunna val jamoa e’tiqodiga doir oltmishdan ziyod aqidaviy masalalar bayon etiladi.

Bular ahli sunna belgisi ekanligi, aksincha bunga ishonmaganlar ahli sunna emasligi ta’kidlanadi.

Katta jamoa – ahli sunnaning belgilari quyidagilar:



(والسابعة عشرة)

أن يعلم أن معراج النبي صلى الله عليه وسلم حقٌ



O‘n yettinchi: Rosululloh (s.a.v.)ning me’rojlarini haq deb bilish.

Biz Nabiy sollallohu alayhi va sallamning Me’rojga chiqqaniga, osmonlarga ko‘tarilganiga va Arshga yetib borganligiga iqror bo‘lganmiz. Kim Me’rojni inkor qilsa va bu mavzuda kelgan oyati karimalarni rad qilsa, Alloh taologa kofir bo‘libdi.

Kim Me’roj haqida kelgan oyatlarni va Nabiy alayhissalomning Baytil Maqdisga yetib borganini tasdiqlasa-yu, lekin Me’rojni inkor qilsa va tavaqquf qilsa, ya’ni Nabiy sollallohu alayhi va sallam mer’ojga chiqqan yoki chiqmaganini bilmayman, deb aytsa, u bid’atchi bo‘ladi.

Me’roj haq ekaniga dalil quyidagi oyati karima: «Sizlarning sohibingiz (Muhammad) zalolatga ketgani ham yo‘q, yo‘ldan ozgani ham yo‘q! (Yana u Qur’onni) xomxayoldan olib so‘zlayotgani ham yo‘q! U (Qur’on) faqat (Alloh tomonidan) nozil qilinayotgan (tushirilayotgan) bir vahiydir. Unga (tilovatni) mustahkam quvvatga ega bo‘lmish zot (Jabroil) ta’lim berdi. (u) husn va iqtidor egasi (farishta)dir. Bas, u (samoda o‘z suratiga kirib) turdi. O‘zi oliy ufqda edi. So‘ngra yaqinlashib, pastladi. Bas, (Muhammadga) ikki kamon oralig‘idek yoki (undan ham) yaqinroq bo‘ldi. Bandasiga (Muhammadga) Alloh tushirgan vahiyni keltirdi. Ko‘rgan narsasida qalbi yolg‘onchi bo‘lmadi. (Ko‘zi bilan Jabroilni yoki qalbi bilan Allohni ko‘rdi) Endi sizlar, (ey mushriklar! Nabiy) ko‘rib turgan narsasi ustida u bilan tortishurmisiz?! Qasamki, (Muhammad Jabroilni ilk bor Yerda ko‘rgach, yana) ikkinchi bor ko‘rdi. «Sidratul-muntaho» daraxti oldida. «Ma’vo bog‘i» ham o‘sha (daraxt)ning oldidadir. O‘shanda «Sidra» daraxtini o‘ragan narsa (nur yoki oltin parrandalar) o‘rab olgan edi. (Nabiyning) ko‘zi (chetga) og‘gani ham yo‘q, o‘z haddidan oshgani ham yo‘q».

("Najm" surasi, 2-17 oyatlar)

Ishonchli roviylar Ibn Mas’ud roziyallohu anhudan rivoyat qiladi: Rasulullloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar: “Osmonga sayr qildirilgan kunimda Ibrohim Xalil alayhissalomni ko‘rdim va U zot bilan gaplashdim. Qaytib ketmoqchi bo‘lganimda menga aytdilar: “Ey Muhammad,

ummatingizga mendan salom ayting va ularga “Jannat juda yaxshi joy, yaxshiliklar va ibodatlar bilan unga kirishga shoshilinglar va Alloh taolo roziligini talab qilinglar” deb ayting”.

Qo‘shimcha malumot

Imom Moturidiy hayoti va faoliyatiga chizgilar
Muallif: Ahmad Sa’d DamanhuriyTarjimonlar: S.Abdullayev, O.Ikrombekov🗓 Sana: 2023📝 Hajmi: 264 bet📖 Ushbu kitob misrlik moturidiyshunos olim Ahmad Sa’d Damanhuriyning Imom...
ZAMONAVIY TARIQATCHILIKNING IJTIMOIY ZARARLARI
Tasavvuf ta’limoti uzoq davrlar mobaynida jamiyatning turli tabaqalari o‘rtasida do‘stlik, birodarlik rishtalarini ildiz otishiga zamin yaratgan. Hozirgi paytda dunyoning ko‘p...
ULAMOLAR SOXTA SUFIYLIK HAQIDA
Tarixan, inson qalbini poklash, uni ruhiy-ma’naviy jihatdan yuksaltirishni maqsad qilgan tasavvuf ta’limoti yurtimizda keng taraqqiy etib kelgan. Tasavvuf yo‘lida riyozat...

Izoh qoldirish

Izohlar

Мы в соц сетях

Aloqa

Telefon:
E-mail:
Manzil:
©2024 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry