07.09.2021
345

E’TIQOD

“Kitob as-savod al-a’zam” (Katta jamoa – ahli sunna e’tiqodi haqidagi kitob) bo‘lib, unig muallifi al-Hakim as-Samarqandiydir. 

“As-Savod al-a’zam” kitobida arab tilida ahli sunna val jamoa e’tiqodiga doir oltmishdan ziyod aqidaviy masalalar bayon etiladi. Bular ahli sunna belgisi ekanligi, aksincha bunga ishonmaganlar ahli sunna emasligi ta’kidlanadi. 

Katta jamoa – ahli sunnaning belgilari quyidagilar: 

(والسادسة عشرة)

 أن يرى شفاعة النبي صلى الله عليه وسلم حقاً 

O’n oltinchi: Rosululloh (s.a.v.)ning shafoatlarini haq deb bilish.

Yuqorida zikr qildikki, mo‘min kishi Nabiy alayhissalom o‘z ummatidan katta gunoh qiluvchilarni shafoat qilishini haq deb e’tiqod qilishi lozim. Bilingki, Nabiy sollallohu alayhi va sallamning shafoatlari faqatgina katta gunoh qiluvchi mo‘minlarga bo‘ladi. Bunga dalil quyidagi hadisi sharif – Nabiy sollallohu alayhi va sallam aytdilar: «Mening shafoatim qiyomat kuni ummatimdan katta gunoh qiluvchilar uchun bo‘ladi. Kim mening shafoatimni haq deb bilmasa va inkor qilsa, u bid’atchi bo‘ladi».

Nabiy alayhissalomning shafoatlari haq ekaniga quyidagi oyat ham dalil bo‘ladi. «Yaqinda Rabbingiz sizga (shafoatni) ato eturki, siz, albatta, (undan) rozi bo‘lursiz». "Zuho" surasi, 5-oyat.

Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar: «Kim menga salavot aytsa, qiyomat kuni uning salavoti menga ko‘rsatiladi. Shoyad, men uni shafoat qilsam».

Oisha roziyallohu anho rivoyat qiladi: Nabiy sollallohu alayhi va sallamning huzurlariga kirdim. Bu kecha u zot mening huzurimda tunashlari kerak edi. Yotish uchun to‘shakka kelsam, u zotni topmadim. Qarasam tik turib namoz o‘qiyotgan ekan. Rukuda u zotni «Ey Rabbim, ummatim, ummatimning (gunohlarini mag‘firat qilgan) deyotganlarini eshitdim. Keyin boshlarini ko‘tarib sajda qilganlarida «Ey Rabbim, ummatim, ummatim (ya’ni ularning gunohlarini mag‘firat qilgin)» deyotganlarini eshitdim. U zot namozdan forig‘ bo‘lgach, «Ey Oisha, mening bu so‘zlarimdan ajablanayapsizmi? Modomiki, dunyoda tirik ekanman, «Ey Rabbim, ummatim, ummatim» deb duo qilaveraman. Vafot etganimdan so‘ng qabrda ham qiyomatda insonlar qayta tirilishi uchun sur chalingunicha shunday ummatim, ummatim, deb duo qilaveraman. Qiyomatda (insonlar qayta tirilishi uchun) sur chalinganida yana ummatim, ummatim deb duo qilaveraman. 

Vaholanki, boshqa Nabiylar o‘zim, deb turgan paytda men «Ey Rabbim, ummmatim, ummatim (ya’ni ularning gunohlarini kechir)», deb duo qilaman. Mana shu vaqtda Alloh taolo aytadi: «Ey Muhammad, ummatingizning oldiga boring. Ulardan kim mening yagonaligimga guvohlik bergan bo‘lsa va sizning rasul ekaningizni tasdiqlagan bo‘lsa, uning gunohini mag‘firat qilishni so‘rab qilgan shafoatingizni qabul qildim». 

Ka’bul ahbor aytadi: Nabiy sollallohu alayhi va sallam zamonida ham, Abu Bakr roziyallohu anhu davrida ham imon keltirmagan edim. Umar roziyallohu anhu xalifalik vaqtida imon keltirdim. Buning sababi men Tavrotning ichida yozilgan bir ma’lumotni topdim. Vaholanki, otam bu ma’lumotni menga ko‘rsatmasdan yashirib kelgan. Men bu ma’lumotdan Umar roziyallohu anhuning xalifalik vaqtigacha xabardor bo‘lmaganman. 

O’sha ma’lumotda aytilishicha, Muhammad sollallohu alayhi va sallamning ummati jannatga uch firqaga bo‘lingan holda kiradi. Ulardan bir firqasi jannatga hisob-kitobsiz kiradi. Ikkinchi firqani Alloh taolo yengil hisob-kitob qiladi va ular ham jannatga kiradi. Uchinchi firqa do‘zaxga kiradi, so‘ng Muhammad sollallohu alayhi va sallam ummatidan katta gunoh qiluvchilarning gunohlarini mag‘firat qilinishini so‘rab shafoat qiladi. Alloh taolo u zotning shafoatlarini qabul qiladi va katta gunoh qiluvchilar u zotning shafoati tufayli jannatga kiradilar. Keyin men musulmon bo‘ldim va yuqoridagi uchta firqadan biri bilan birga bo‘lishimni lozim deb aytdim.

Qo‘shimcha malumot

Imom Moturidiy hayoti va faoliyatiga chizgilar
Muallif: Ahmad Sa’d DamanhuriyTarjimonlar: S.Abdullayev, O.Ikrombekov🗓 Sana: 2023📝 Hajmi: 264 bet📖 Ushbu kitob misrlik moturidiyshunos olim Ahmad Sa’d Damanhuriyning Imom...
ZAMONAVIY TARIQATCHILIKNING IJTIMOIY ZARARLARI
Tasavvuf ta’limoti uzoq davrlar mobaynida jamiyatning turli tabaqalari o‘rtasida do‘stlik, birodarlik rishtalarini ildiz otishiga zamin yaratgan. Hozirgi paytda dunyoning ko‘p...
ULAMOLAR SOXTA SUFIYLIK HAQIDA
Tarixan, inson qalbini poklash, uni ruhiy-ma’naviy jihatdan yuksaltirishni maqsad qilgan tasavvuf ta’limoti yurtimizda keng taraqqiy etib kelgan. Tasavvuf yo‘lida riyozat...

Izoh qoldirish

Izohlar

Мы в соц сетях

Aloqa

Telefon:
E-mail:
Manzil:
©2024 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry