07.09.2021
297

Hamyurtimiz, Navoiy viloyati Nurota tumanida istiqomat qiluvchi To‘rayeva Muhayyoxon tomonidan Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga noyob qo‘lyozmalar taqdim qilindi

Ulardan biri shoir Abdulqodir Bedil qalamiga mansub “Kulliyoti Bedil” asarining nusxasi bo‘lib, qo‘lyozma o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Jumladan, qalin och yashil rangli karton muqova ustida to‘q qizil bo‘rtma naqshli ikkita kichik, bitta katta qadamalar mavjud. Kichik qadamada “Amali Mullo Nuriddin sahhof” degan muhr bor. Muqovaning ichki qismi “abri bahor” uslubida bezalgan. Qo‘lyozma tili forscha, hind qog‘oziga shikastaga moyil nasta’liq xatida yozilgan. Birinchi betida “hamd” qismi saqlanib qolgan, ammo keyingi betlarga ulanmagan. Poygirlari bor. G’azallar har bir betda 15 satrdan yozilgan. Matn rangli jadvalga olingan. G’azallardan tashqari tasavvufiy mavzudagi 34 ta tarje’band va tarixiy voqealarga bag‘ishlangan qit’alar ham mavjud. O’lchami: 26,5×15. Nuqsonlari: muqovaning burchaklari yemirilgan, tikilgan qismi bo‘shashgan, boshidan bir necha beti yo‘q, varoqlarning yirtilgan joylari bor, ammo matn zararlanmagan.

Keyingi manba esa “Chor kitob” asari bo‘lib, islom shariati va aqidasiga oid turli masala va savol-javoblardan iborat. Muqovasi yashil rangli qattiq kartondan ishlangan. Bitta katta, ikkita kichik bo‘rtma naqshlari mavjud. Qo‘lyozma tili forscha, badxat nasta’liq xatida har bir varaqqa 15 satrdan yozilgan. Poygirsiz. O’lchami: 24×14. Nuqsonlari: muqovasi tikilgan joyidan yirtilgan, varaqlarida suv tekkan va yamalgan joylari bor, boshi va oxiri yo‘q.

 

Qo‘shimcha malumot

Imom Moturidiy hayoti va faoliyatiga chizgilar
Muallif: Ahmad Sa’d DamanhuriyTarjimonlar: S.Abdullayev, O.Ikrombekov🗓 Sana: 2023📝 Hajmi: 264 bet📖 Ushbu kitob misrlik moturidiyshunos olim Ahmad Sa’d Damanhuriyning Imom...
ZAMONAVIY TARIQATCHILIKNING IJTIMOIY ZARARLARI
Tasavvuf ta’limoti uzoq davrlar mobaynida jamiyatning turli tabaqalari o‘rtasida do‘stlik, birodarlik rishtalarini ildiz otishiga zamin yaratgan. Hozirgi paytda dunyoning ko‘p...
ULAMOLAR SOXTA SUFIYLIK HAQIDA
Tarixan, inson qalbini poklash, uni ruhiy-ma’naviy jihatdan yuksaltirishni maqsad qilgan tasavvuf ta’limoti yurtimizda keng taraqqiy etib kelgan. Tasavvuf yo‘lida riyozat...

Izoh qoldirish

Izohlar

Мы в соц сетях

Aloqa

Telefon:
E-mail:
Manzil:
©2024 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry