06.09.2021
636

E’TIQOD

“Kitob as-savod al-a’zam” (Katta jamoa – ahli sunna e’tiqodi haqidagi kitob) bo‘lib, unig muallifi al-Hakim as-Samarqandiydir. 

“As-Savod al-a’zam” kitobida arab tilida ahli sunna val jamoa e’tiqodiga doir oltmishdan ziyod aqidaviy masalalar bayon etiladi. Bular ahli sunna belgisi ekanligi, aksincha bunga ishonmaganlar ahli sunna emasligi ta’kidlanadi. 

Katta jamoa – ahli sunnaning belgilari quyidagilar: 

(والخامسة عشرة)

 أن يرى دعاء الأحياء وصدقاتهم منفعة للأموات حقاً

O’n beshinchi: O’liklar uchun tiriklarning qilgan duo va sadaqotlari manfaatli bo‘lishiga e’tiqod qilish.

Yuqorida aytdikki, mo‘min kishi mayyitlarga tiriklarning duolari va sadaqa-ehsonlarining manfaati tegishini haq deb e’tiqod qilishi lozim bo‘ladi. Buni inkor qilgan kishi mo‘‘taziliy va bad’atchi bo‘ladi. Kim ota-onasi musulmon holda vafot etgan bo‘lsa, ularning haqqiga duoi xayr qilsin va istig‘for aytsin.

Xabarda kelishicha, Iso ibn Maryam alayhissalom bir qabr oldidan o‘tdilar va unda mayyitning azoblanayotganini eshitdilar. Shu yerdan orqasiga qaytib ketdilar. Bir necha kundan so‘ng ushbu qabr oldiga keldi va undan Alloh taoloning rahmatini (qabrdagi ne’matni) eshitdi. Iso alayhissalom qabr sohibiga nido qilib, uning holati haqida so‘radi. Qabr sohibi aytdiki: «Mening bir o‘g‘lim bor edi, u meni sadaqa qilish bilan esladi», boshqa bir rivoyatda «Mening bir do‘stim bor edi, u (savobi) do‘stlarimga yetib borsin degan niyatda takbir aytdi. 

Keyin menga uning ajridan nasiba yetdi» deb kelgan.Rasululloh sallalohu alayhi va sallam aytdilar: “Sizlarga nima bo‘lganki, biror solih amal qilganlaringizda ota onalaringizni yodga olmaysizlar. Agar ota-onalaringizni yodga olsalaringiz, bu solih amallaringizning ajridan ularga ham nasiba yetib borib turadi. Shu bilan birga sizlarning ajringizdan biror narsa kamaytirilmaydi”.

Anas ibn Molik roziyallohu anhu Rasululloh sollallohu alayhi va sallamdan yuqoridagi o‘xshash hadisni rivoyat qilgan. Abu Hurayra roziyallohu anhu Rasululloh sollallohu alayhi va sallamdan rivoyat qiladi, U zot aytdilar: “Mayyitlaringizga hadya qilinglar”, sahobalar: “Ey Rasululloh, (mayyitlarimizga) qanday qilib sadaqa qilamiz?” dedilar. U zot: “(mayyitlarga) qilinadigan hadya – bu ularning haqqiga duoi xayr qilish va xayr-sadaqa qilish bilan bo‘ladi”.

Hasan Rasululloh sollallohu alayhi va sallamdan rivoyat qiladi, u zot aytdilar: “Ota-onasiga eng ko‘p yaxshilik qiluvchi inson bu – ota-onasi vafot etgandan so‘ng haj qilib yoki sadaqa berib yoki qul ozod qilib yoki Alloh taolo uchun biror yaxshi amalga nazr qilish (ya’ni savobini ota-onasiga bag‘ishlash) bilan yaxshilik qilgan kishidir”. Fiqhiy hukmlarga qarasangiz ham buning tasdig‘ini topasiz, bir kishi vafot etib, zimmasida farz haj yoki qarzi qolsa, uning nomidan hajji badal qildiriladi va qarzi ado qilinadi. Yana bu mavzuda ko‘plab hadisi shariflar mavjud. Yuqorida keltirilgan dalillar oqil inson uchun kifoya qiladi.

Qo‘shimcha malumot

Imom Moturidiy hayoti va faoliyatiga chizgilar
Muallif: Ahmad Sa’d DamanhuriyTarjimonlar: S.Abdullayev, O.Ikrombekov🗓 Sana: 2023📝 Hajmi: 264 bet📖 Ushbu kitob misrlik moturidiyshunos olim Ahmad Sa’d Damanhuriyning Imom...
ZAMONAVIY TARIQATCHILIKNING IJTIMOIY ZARARLARI
Tasavvuf ta’limoti uzoq davrlar mobaynida jamiyatning turli tabaqalari o‘rtasida do‘stlik, birodarlik rishtalarini ildiz otishiga zamin yaratgan. Hozirgi paytda dunyoning ko‘p...
ULAMOLAR SOXTA SUFIYLIK HAQIDA
Tarixan, inson qalbini poklash, uni ruhiy-ma’naviy jihatdan yuksaltirishni maqsad qilgan tasavvuf ta’limoti yurtimizda keng taraqqiy etib kelgan. Tasavvuf yo‘lida riyozat...

Izoh qoldirish

Izohlar

21.02.2023 20:56
зур жудайам йахши менга йокди
Мы в соц сетях

Aloqa

Telefon:
E-mail:
Manzil:
©2024 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry