TABRIK
O‘zbek xalqini qutlug‘ shodiyona – O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan chin qalbimdan muborakbod etaman.
O‘zbekiston azaldan ilm-ma’rifat o‘chog‘i, jahon sivilizasiyasiga ulkan hissa qo‘shgan allomalarni yetishtirib bergan yurt bo‘lib kelgan.
Bugungi kunda O‘zbekiston shonli o‘tmishdan buyuk kelajak sari dadil odimlamoqda. Xususan, so‘nggi yillarda Prezident Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida barcha sohalarda bo‘lgani kabi, diniy-ma’rifiy sohada ham ijobiy o‘zgarishlar va islohotlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, O‘zbekistondagi Islom sivilizasiyasi markazi, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi, Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, Hadis ilmi oliy maktabi kabi ilmiy-ma’rifiy muassasalarning tashkil etilishi xalqaro hamjamiyat tomonidan yuksak baholanmoqda.
Hozirda O‘zbekistonda yangi bir uyg‘onish – uchinchi renessans uchun poydevor yaratilmoqda. Ta’kidlash lozimki, bugungi O‘zbekiston kechagi O‘zbekiston emas.
Aziz qardoshim, qalbingizdan surur, yuzingizdan tabassum arimasin!
Mehnatkash va olijanob, bag‘rikeng o‘zbek xalqi doimo sog‘-omon bo‘lsin!
Mustaqilligingiz abadiy bo‘lsin!
Doktor Zaylabiddin Ajimamatov
O‘sh davlat universiteti Ilohiyot fakulteti dekani,
Qirg‘iziston Respublikasi
Izohlar