28.08.2021
287

O‘zbekistonni har bir sohada ilg‘or, farovonlik, baxtu saodat yurti sifatida bilaman. Mustaqillik bayrami o‘zbek xalqiga xayru baraka keltirishini Alloh taolodan so‘rab qolaman.

O‘zbekiston insoniyat tamadduniga, xususan, islom sivilizasiyasi rivojiga ulkan hissa qo‘shgan zamin hisoblanadi. Ushbu yurtdan bir qator ulug‘ olimu fozillar yetishib chiqqanlar. Hozirga vaqtga qadar Sharq va Gʻarbdagi butun musulmon ummati sizning buyuk ajdodlaringiz tomonidan yaratilgan asarlardan foydalanib kelmoqda. Birgina Imom Buxoriy qoldirgan merosning o‘zi barcha maqtovlar uchun kifoya qiladi. Bundan tashqari, alloma Mahmud Zamaxshariy, hakim Abu Ali ibn Sino kabi ko‘plab olimlarning nomlarini sanab o‘tish mumkin. Ularning barchasi mana shu zaminda ulg‘ayib, shu yerda ta’lim olganlar.

Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam: “Agar ilm Surayyo yulduzida bo‘lsa ham, mana bundan bo‘lgan kishilar unga yetishadilar”, – deb Salmon Forsiy roziyallohu anhuga ishora qilganlar. Aminmanki, o‘zbek xalqi ulug‘ inson Salmon Forsiyning avlodlaridir. Salmon Forsiy olim va haqiqatgo‘y inson bo‘lgan. Siz ham haqiqat peshvosi, shu bilan bir qatorda, uni butun dunyoga tarqatuvchi xalqsiz. Shu sababli, yurtingizdan ahli sunna val jamoa peshqadami, hidoyat bayrog‘i Imom Abu Mansur Moturidiy yetishib chiqqan.

Bu ulug‘ zot “Ta’vilot al-Qur’on” va “Kitob at-tavhid” asarlarining muallifi hisoblanadi. Ushbu kitoblar esa, o‘z navbatida, Movarounnahr yurtida musulmonlarning to‘g‘ri yo‘lda sobit turishlarida muhim o‘rin tutgan nodir manbalardir.

Yuksak hurmat-ehtiromga sazovor o‘zbek xalqi sof islom aqidasini muhofaza qilib, o‘zligi va madaniyatini saqlab qolgan xalqdir. Kimda-kim yurtingizga g‘arazli maqsadda ko‘z olaytirsa, uning oqibati muqarrar mag‘lubiyat bilan yakunlangan.

Sizlarga imomlar yurti Misrdan tabriklarni yo‘llayman. Shu bilan bir qatorda, xalqimiz va hukumatimiz nomidan barchangizni mustaqillik bayrami bilan chin qalbimdan muborakbod etaman. Alloh taolodan Sizga doimiy tinchlik-xotirjamlik ato etishini, yurtingizni turli balo-qazolardan asrashini so‘rab qolaman.

Doktor Ibrohim Shuayb

Al-Azhar ustozi, Misr Arab Respublikasi

Qo‘shimcha malumot

Imom Moturidiy hayoti va faoliyatiga chizgilar
Muallif: Ahmad Sa’d DamanhuriyTarjimonlar: S.Abdullayev, O.Ikrombekov🗓 Sana: 2023📝 Hajmi: 264 bet📖 Ushbu kitob misrlik moturidiyshunos olim Ahmad Sa’d Damanhuriyning Imom...
ZAMONAVIY TARIQATCHILIKNING IJTIMOIY ZARARLARI
Tasavvuf ta’limoti uzoq davrlar mobaynida jamiyatning turli tabaqalari o‘rtasida do‘stlik, birodarlik rishtalarini ildiz otishiga zamin yaratgan. Hozirgi paytda dunyoning ko‘p...
ULAMOLAR SOXTA SUFIYLIK HAQIDA
Tarixan, inson qalbini poklash, uni ruhiy-ma’naviy jihatdan yuksaltirishni maqsad qilgan tasavvuf ta’limoti yurtimizda keng taraqqiy etib kelgan. Tasavvuf yo‘lida riyozat...

Izoh qoldirish

Izohlar

Мы в соц сетях

Aloqa

Telefon:
E-mail:
Manzil:
©2024 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry