TABRIK
O‘zbekiston mustaqilligining o‘ttiz yilligi munosabati bilan o‘zbek xalqiga samimiy tabrik va tilaklarimni izhor etaman. Zahmatkash o‘zbek xalqi ulkan e’tirofga munosib.
O‘zbekiston zamini jahonga buyuk mutafakkirlarni yetishtirib bergan yaxshilik va ilmlar beshigi hisoblanadi. Ushbu yurtda tashkil etilgan Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi hanafiylik mazhabidagi moturidiylik ta’limotining o‘zagi, o‘zbek millati esa butun dunyoga moʻtadil ta’limotni tarqatgan xalq sanaladi.
Yurtingizni eslaganimda, har gal xayolimga Toshkent, Samarqand, Buxoro, Termiz, Xorazm, Nasaf kabi ko‘hna va navqiron shaharlar keladi. Ushbu shaharlarning tarixiy shuhrati beqiyos bo‘lib, kelajakka ham taraqqiyot nurlarini sochib turadi.
Bu yurtdan Imom Buxoriy, Imom Abu Mansur Moturidiy, Imom Abul Muin Nasafiy, Imom Qaffol Shoshiy kabi buyuk allomalar yetishib chiqqan. Ushbu daholarning asarlari dur misoli insoniyat va islom madaniyatini barpo etishda muhim o‘rin tutgan.
Ushbu ulug‘ bayram munosabati bilan O‘zbekiston mamlakatiga barcha sohalarda yuksak taraqqiyotga erishishini, o‘zbek xalqiga esa tinchlik, osoyishtalik, barqarorlik hamda ikki dunyo saodati hamisha yor bo‘lishini tilab qolaman.
Doktor Avvod Muhammad
Al-Azhar universiteti qoshidagi “Usul ad-din” fakulteti mudiri muovini,
aqida va falfasa fanlari ustozi, Misr Arab Respublikasi
Izohlar