01.05.2021
283

XALQARO ALOQALAR

O’zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 11 avgustdagi “Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4802-son Qarori bilan tashkil etilgan.

Markaz o‘z faoliyatini boshlaganiga 9 oy bo‘lgan bo‘lsa-da, ushbu qisqa muddat davomida o‘z oldiga qo‘ygan maqsad va vazifalarning ijrosini ta’minlash yuzasidan e’tiborgi arzigulik ishlarni amalga oshirdi.

Jumladan, xalqaro aloqalarni rivojlantirish maqsadida jahonning bir qator ko‘zga ko‘ringan ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan o‘zaro amaliy hamkorlik o‘rnatish yuzasidan uchrashuvlar o‘tkazildi. Xususan, Misr Arab Respublikasi, Turkiya, Fransiya, Germaniya, Malayziya, Rossiya, Qozog‘iston davlatlarining universitet va ilmiy-tadqiqot markazlari hamda kutubxonalari bilan hamkorlikda 11 ta onlayn uchrashuvlar tashkil etildi. Indoneziya elchixonasi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri Markazda muzokara o‘tkazildi.

Markaz Islom olami ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha tashkiloti ICESCO, Qozog‘istonning “Fikr” diniy-amaliy tadqiqotlar markazi bilan Anglashuv memorandumlari, Turkiyaning Saljuk universiteti Imom Moturidiy tadqiqot markazi hamda Ankara universiteti Ilohiyot fakulteti bilan Kelishuv shartnomalari imzolandi.

2020 yil 17 dekabrda 20 ga yaqin mamlakatlarning 40 dan ziyod islomshunos olim va mutaxassislari, xalqaro tashkilot va ilmiy muassasalarning rahbarlari ishtirokida “Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi: istiqboldagi rejalar” nomli xalqaro onlayn manbuot anjumani o‘tkazildi. Ushbu xalqaro yirik tadbir Markazning istiqboldagi rejalarini keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida tashkil etilganini ta’kidlash lozim. 

Markaz faoliyatini xalqaro miqyosda tashkil etish uchun jahonning yetakchi ilmiy-tadqiqot muassasalari, sohaga oid ilmiy izlanishlar olib borayotgan olim va mutaxassislar o‘zaro hamkorlik qilish, Imom Moturidiy va moturidiylik ta’limoti izdoshlari hayoti va boy ilmiy-ma’naviy merosini, mo‘‘tadil ta’limotni xalqaro jamoatchilikka yetkazish maqsadida 2021 yil 17 martda Markaz qoshida tashkil etilgan Xalqaro ilmiy hay’atning birinchi yig‘ilishi o‘tkazildi. Xalqaro ilmiy hay’at tarkibi 22 nafar mahalliy va xorijiy olim va mutaxassislardan tashkil topgan. 

Shu bilan bir qatorda, Markazda Misr Arab Respublikasi, Fransiya, Rossiya va boshqa davlatlarning mutaxassislari ishtirokida 20 ta onlayn ilmiy seminar tashkil etildi. Ushbu seminarlardan ko‘zlangan asosiy maqsad sifatida xodimlar malakasini xalqaro tajribalarga asoslangan holda oshirish belgilab qo‘yilgan. Malaka oshirish kurslari hamda ilmiy seminarlar xorijiy hamkorlar bilan imzolangan memorandum va shartnomalar doirasida amalga oshirildi.

Shu kunga qadar Markaz faoliyati haqida xorijiy ommaviy axborot vositalarida 22 ta, xalqaro tashkilotlarning rasmiy veb-saytlarida 5 ta, O’zbekiston Respublikasining xorijiy mamlakatlardagi diplomatik vakolatxonalari rasmiy veb-saytlarida 20 ga yaqin maqola e’lon qilindi. Jumladan, UNESCO, ICESCO, IRCICA kabi xalqaro tashkilotlarning veb-saytlari hamda Misr Arab Respublikasi, Turkiya, Saudiya Arabistoni, Italiya, Fransiya, Germaniya kabi davlatlarning ommaviy axborot vositalarida bir qator maqolalar berildi.

Markazning xalqaro hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirish maqsadida Malayziya Islom ilmlari universiteti, Turkiya Diyonat Vaqfi Islom tadqiqotlar markazi kabi tashkilotlar bilan Anglashuv memorandumi, Misr Arab Respublikasining al-Azhar universiteti qoshidagi Imom Ash’ariy ta’limoti markazi bilan esa Kelishuv shartnomasini imzolash rejalashtirilgan.

Shu bilan bir qatorda, 2021 yil 19 mayda Singapurning Nanyang texnologiyalari universiteti huzuridagi Rajaratnam xalqaro tadqiqotlar maktabi bilan davra suhbati, 2021 yil 16 iyunda 20 ga yaqin davlatlarning 50 dan ziyod mutaxassislari ishtirokida “Moturidiylik ta’limoti va hozirgi zamon” mavzusida xalqaro onlayn ilmiy-amaliy simpozium o‘tkazildi.

Joriy yilning oktabr oyida esa Germaniya Myunster universiteti Islom tadqiqotlari markazi bilan onlayn ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Pandemiya bilan bog‘liq vaziyat barqarorlashganidan so‘ng Markaz xodimlarining xorijga ilmiy safarlarini tashkil etish ustida ham ish olib borilmoqda.

Buyuk mutafakkir ajdodlarimizning hayoti, ilmiy merosi va mo‘‘tadil ta’limotni xalqaro jamoatchilikka yetkazish, bu borada zamonaviy tadqiqotlarni amalga oshirish yuzasidan xorijiy tashkilotlar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar Markazni dunyoga tanitishda muhim o‘rin tutadi. 

Qo‘shimcha malumot

O’zbekistondagi diniy ma’rifiy ilmiy-tadqiqot markazlari hamda Al-Azhar Islom tadqiqotlari akademiyasi o‘rtasida aloqalar yanada rivojlantiriladi
Xabar berganimizdek, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, O’zbekiston xalqaro islom akademiyasi, Imom Moturidiy va Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari vakillaridan iborat...
Al-Azharda Imom Moturidiy merosi bo‘yicha o‘tkazilgan xalqaro tanlov g‘oliblari taqdirlandi
2023 yil 12 mart kuni Misr Arab Respublikasining al-Azhar anjumanlar saroyida Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan Imom Moturidiy merosi...
Shayx Muhammad ad-Duvayniy: “Soʻnggi yillarda Misr va Oʻzbekiston aloqalari tobora rivojlanib bormoqda”
Misr Arab Respublikasida yurtimiz delegatsiyasi vakillari “Al-Azhar” majmuasi rahbarining oʻrinbosari, shayx Muhammad ad-Duvayniy bilan uchrashishdi.Mazkur muloqotda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi,...

Izoh qoldirish

Izohlar

Мы в соц сетях

Aloqa

Telefon:
E-mail:
Manzil:
©2024 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry