21.08.2021
530

MUSULMONNING OTA-ONASI OLDIDAGI VAZIFALARI

1.  Bu musulmonning imon keltirgandan keyingi vazifasi:

«Rabbingiz, Uning O’zigagina ibodat qilishingizni hamda ota-onaga yaxshilik qilishni amr etdi» (Isro, 23).

2.  Ota-onaga hurmat bilan munosabatda bo‘l:

«(Ey, inson!) Agar ularning biri yoki har ikkisi huzuringda keksalik yoshiga yetsalar, ularga «uf!..» dema va ularni jerkma! Ularga (doimo) yoqimli so‘z ayt!»(Isro, 23).

3.  Ular haqida Allohga duo qil.

«Ularga, mehribonlik bilan, xorlik qanotini past tut va (duoda) ayt: «Ey, Rabbim! Meni (ular) go‘daklik chog‘imda tarbiyalaganlaridek, Sen ham ularga rahm qilgin!»»(Isro, 24).

4.  Agar ular musulmon bo‘lmasalar ham ularga iltifotli bo‘l.

«Agar ular (ya’ni ota-onag) seni o‘zing bilmagan narsalarni Menga sherik qilishga zo‘rlasalar, u holda ularga itoat etma! Ularga (garchi kofir bo‘lsalar-da,) dunyoda yaxshi muomalada bo‘lgin va o‘zing Menga tavba qilgan kishilarning yo‘liga ergashgin!»(Luqmon, 15).

5.  Ayniqsa, onaga iltifotli bo‘l.

«Avvalo onangga yaxshilik qil, yana onangga va yana onangga yaxshilik qil, so‘ng otangga yaxshilik qil» (Termiziy).

6.  Ularning vafotidan keyin esdan chiqarmagin.

«Inson vafot etganidan keyin, uch ishi o‘zi bilan hamroh bo‘ladi: joriy bo‘lib turgan sadaqasi, foyda keltirib turgan ilmi va uni duo qilib turgan farzandi» (Muslim).

7.  Ular – jannat klitidir.

«Ota-onalarining kasallik vaqtida har ikkisini yoki biri bo‘lmaganida boshqasini rozi qilib jannatii bo‘lib olmagan farzand xor bo‘lsin, xor bo‘lsin va yana xor bo‘lsin» (Muslim).

8.  Ota-onaga quloq solmaslik – gunohi kabiradir.

«Gunohning kattalari: Allohga shirk keltirmoqlik, inson qonini nohaq to‘kmoqlik, ota-onaga oq bo‘lmoqlik va yolg‘on guvohlik bermoklik» (Buxoriy)

Qo‘shimcha malumot

Imom Moturidiy hayoti va faoliyatiga chizgilar
Muallif: Ahmad Sa’d DamanhuriyTarjimonlar: S.Abdullayev, O.Ikrombekov🗓 Sana: 2023📝 Hajmi: 264 bet📖 Ushbu kitob misrlik moturidiyshunos olim Ahmad Sa’d Damanhuriyning Imom...
ZAMONAVIY TARIQATCHILIKNING IJTIMOIY ZARARLARI
Tasavvuf ta’limoti uzoq davrlar mobaynida jamiyatning turli tabaqalari o‘rtasida do‘stlik, birodarlik rishtalarini ildiz otishiga zamin yaratgan. Hozirgi paytda dunyoning ko‘p...
ULAMOLAR SOXTA SUFIYLIK HAQIDA
Tarixan, inson qalbini poklash, uni ruhiy-ma’naviy jihatdan yuksaltirishni maqsad qilgan tasavvuf ta’limoti yurtimizda keng taraqqiy etib kelgan. Tasavvuf yo‘lida riyozat...

Izoh qoldirish

Izohlar

Мы в соц сетях

Aloqa

Telefon:
E-mail:
Manzil:
©2024 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry