20.08.2021
419

“Aqoidi Nasafiya” asariga oid noxolis talqinlarga raddiya

Abu Hafs Umar Nasafiy o‘zining (v.537h.) mashhur “Aqoidi Nasafiya” asari boshlanishidayoq, ushbu matn «Ahli haq» nomi bilan ham tanilgan “Ahli sunna val-jamoa” aqida olimlarining so‘zlari ekanligini ta’kidlaydi. Unga ko‘ra “ashyolarning haqiqati sobit (mohiyati bor)dir.  Ilm (yaqiniy bilish) sabablari uchta: sog‘lom sezgi a’zolari, ishonchli (sidq) xabar (naql) va aql.”

Bugungi kunda ayrim adashgan firqalar ushbu asarni noto‘g‘ri talqin etib, u orqali moturidiy va ash’ariylarni noxolis ayblamoqda. Ularning da’vosicha, moturidiy va ash’ariylar ahli sunna val-jamoadan emas, bid’atchi firqa, Allohning sifatlarini inkor qiladi, naqldan aqlni ustun qo‘yadi, ohod xabarni aqidaga dalil qilmaydi, emish!

Avvalo, ulardan bir da’vatchi matn boshidagi “ahli sunna val-jamoa aqida olimlari” jumlasini tashlab o‘qiyapti. Yana “ashyolarning haqiqati sobit (mohiyati bor)dir”, deb yozgan Nasafiy, Allohning o‘zi va payg‘ambari zikr qilgan sifatlarini inkor qilishi, haqiqati sobit emas, deyishi mumkinmi? Yo‘q, albatta, bu mantiqsizlik! Zero, Alloh mavjud zot ekani e’tiboridan uni “shay (narsa)” deyish joiz.

Nasafiy “ilmning sabablari”, deganda zarracha noaniqlik bo‘lmagan yuz foiz aniq bo‘lgan “yaqiniy ilm”ni va unga olib boruvchi sahih sabab-vositalarni nazarda tutgan. “Ishonchli (sidq) xabar”, deganda yolg‘ondan va zonniy xabardan (sanadi sahih bo‘lgan taqdirda ham) hazir bo‘lishni ta’kidlaydi. Ma’lumki, hadisshunos olimlar nazdida ham aksar xabarlar sanadi sahih bo‘lsa ham “subuti zonniy” hisoblanadi. Chunki, zonniy deganda, mutavotirlik darajasiga yetmagan xabarlar tushuniladi. Bu esa bizni yaqiniy ilmga olib borolmaydi. Lekin, bugungi kunda ayrim kishilar tushunayotgandek, biz bu xabarlarni inkor qilmaymiz, yolg‘onga chiqarmaymiz. 

Ohod xabar bo‘lgan sahih hadis bilan far’iy aqida sobit bo‘ladi. Ammo asliy aqida masalalarida esa, mutavotir xabar bo‘lishi shart qilinadi. Chunki ohodning subuti  zonniydir, mutavotirniki qat’iy bo‘ladi. Demak, ohod bilan sobit bo‘lgan kichik juz’iy far’iy aqidaviy masalaning darajasi, mutavotir bilan sobit bo‘lgan kulliy katta aqidaviy masalaning darajasida bo‘lmaydi. Lekin aslo inkor qilinmaydi. Inkor qilgan kishini takfir ham qilinmaydi.

Chunki, sobit qilish uchun dalil zarur bo‘lgani kabi inkor qilish uchun dalil zarur bo‘ladi. Dalil bo‘lmasa sahih ohod hadisni va uning siqa roviylarini inkor qilishga hech kimning haqqi yo‘q. Lekin zonniy yoki qat’iylik darajasiga ko‘ra tasdiqlaymiz.

Maslan, hasan sahih darajasida emas. Ikkovi ham ohod va zonniy bo‘lsa ham, hasandan sahih yuqori, asahhus-sahih undan-da yuqori, ularning har birini o‘z zonniylik darajasiga munosib tasdiqlaymiz. Ammo mutavotir darajasiga ko‘tarilgan bo‘lsa, uni qat’iy-yaqiniy ilm darajasiga munosib tasdiqlaymiz.

Shuningdek, tasdiq va jazmli tasdiq o‘rtasini farqalash zarur. Jazmli tasdiq bu yaqiniy ilmga tengdir. Barcha aqida olimlari “yaqiniy ilm” ga ta’rif berishganda, uni jazmli tasdiq deyishadi. Demak, jazmli bo‘lmagan tasdiq ham bor, uning muqobilida zonniy tasdiq ham bor. Bular to‘qima emas, kitoblarda sobitdir. Jazmli bo‘lmagan tasdiq, jazmli bo‘lgan tasdiq bilan takzib (yolg‘onga chiqarish)ning o‘rta pog‘onasida bo‘ladi.

Qo‘shimcha malumot

Imom Moturidiy hayoti va faoliyatiga chizgilar
Muallif: Ahmad Sa’d DamanhuriyTarjimonlar: S.Abdullayev, O.Ikrombekov🗓 Sana: 2023📝 Hajmi: 264 bet📖 Ushbu kitob misrlik moturidiyshunos olim Ahmad Sa’d Damanhuriyning Imom...
ZAMONAVIY TARIQATCHILIKNING IJTIMOIY ZARARLARI
Tasavvuf ta’limoti uzoq davrlar mobaynida jamiyatning turli tabaqalari o‘rtasida do‘stlik, birodarlik rishtalarini ildiz otishiga zamin yaratgan. Hozirgi paytda dunyoning ko‘p...
ULAMOLAR SOXTA SUFIYLIK HAQIDA
Tarixan, inson qalbini poklash, uni ruhiy-ma’naviy jihatdan yuksaltirishni maqsad qilgan tasavvuf ta’limoti yurtimizda keng taraqqiy etib kelgan. Tasavvuf yo‘lida riyozat...

Izoh qoldirish

Izohlar

Мы в соц сетях

Aloqa

Telefon:
E-mail:
Manzil:
©2024 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry