19.08.2021
491

Ashuro kunida oila a’zolariga kengchilik qilish...

 Savol: Ashuro kunida ahli oilasiga kengchilik qilishning hukmi nima? Ba’zi insonlar “bu kunda ahliga nafaqa qilsa kengchilik bo‘ladi” degan so‘zlarning asli yo‘q bo‘lib, aslida bu haqda kelgan hadislar sahih emas, deyishadi. Shu to‘g‘rimi? 

  Javob: Ashuro kunida oila a’zolariga kengchilik qilish sunnat amal bo‘lib, bu ishni to‘rt mazhab faqihlari va barcha ulamolar birdek qabul qilganlar. Bu ishning fazilati borasida sahobai kiromlardan bir jamoa, Jobir ibn Abdullloh, Abdulloh ibn Mas’ud, Abu Hurayra, Abu Said Xudriy va Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhumlar Nabiy sollallohu alayhi vasallamdan hadis rivoyat qilishgan. Ushbu rivoyatlarning ichida eng kuchlisi Jobir ibn Abdulloh roziyallohu anhudan qilingan hadisdir. 

  Jobir ibn Abdulloh aytadi: “Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan: ”Kim Ashuro kuni oila ahliga kengchilik qilsa, Alloh taolo unga yil davomida kengchilik qilib qo‘yadi”, deganlarini eshitganman.  Jobir ibn Abdulloh aytadilar: “Biz bu xadisga amal qilib, uning to‘g‘riligini topdik”. Abu Zubayr va Shu’ba ham shunga o‘xshash gapni aytganlar. (Hofiz Ibn Abdulbarr.“Al-Iztizkor”, 3/330-331) 

 Hofiz Abul Hasan ibn Qatton ushbu hadisni sanadi borasida to‘xtalib, uni hasan hadis deb aytgan. (“Fazoilu arafa”,16 bet) Hofiz Iroqiy ham “Muslimni shartiga ko‘ra” degan so‘zni keltirgan. 

   Imom Doruqutniy “Afrod”da, Ibn Abdulbarr “Istizkor” nomli kitobda Umar ibn Xattobdan quyidagi rivoyatni keltiradilar. Unda: “Kim Ashuro kuni oila ahliga kengchilik qilsa, Alloh taolo unga yil davomida kengchilik qilib qo‘yadi” deb aytganlar. Hofiz Iroqiy va Saxoviy “Maqosidul hasana” nomli kitobda ushbu rivoyatning sanadi yaxshiligini aytganlar. 

 Yahyo ibn Said aytadi: “Bu ishni amalda sinab ko‘rib, uni haqiqat ekanligini topdik”. 

  Sufyon ibn Uyayna aytadi: “Ushbu ishni ellik yildan beri sinab, uni haqiqat ekanini topdik”. 

 Ashuro kunida ahli oilasiga kengchilik qilish borasidagi ishni sunnat ekanligini quvvatlaydigan narsa, bu amalni, Molikiy mazhabidan Abdulmalik ibn Hubayb, Hofiz Bayhaqiy, Abu Muso Madiniy, Abu Fazl ibn Nosir, Iroqiy, Ibn Hajar Asqaloniy, Saxoviy, Suyutiy va boshqa ko‘plab olimlar amalda bajarganlar. 

 Hofiz Bayhaqiy aytadi: “Ashuro kunida kengchilik qilish” haqida kelgan hadislarning sanadi zaif bo‘lsa-da, lekin ularning ba’zisini boshqasi bilan qo‘shganda quvvatlilik darajasiga ko‘tariladi”. (“Shu’bul iymon”, 5/333) 

 Hofiz ibn Abu Muso Madiniy “Fazoilul ayyom vash shuhur” nomli kitobda yuqoridagi hadis borasida to‘xtalib uni “Hasan hadis” deb aytgan. Ushub so‘zni Hofiz Ibn Mulaqqin o‘z kitobida naql qilgan. (“Tavzih li sharhi jome’il kabir”, 13/542) 

 Hofiz Suyutiy ushbu hadisni sobit emas degan kishilarga raddiya berib, aslida bu hadis sahih sobitdir, deb aytganlar. (“Ad-Durarul muntashira fi ahodisil mushtahara”, 186 bet) 

 Ashuro kunida kengchilik qilish borasida yozilgan kitoblar. 

 Ushbu mavzu borasida mashhur muhaddis ulamolar tomonidan ham bir qancha kitoblar yozilgan. Ular asosan ashuro kuniga doir hadislar jamlanib, sanadi va roviylarining holati hamda ushbu hadislarni inkor qilgan kishilarga nisbatan yozilgan  raddiyalarni o‘z ichiga oladi. 

1. Hofiz Abu Fazl Iroqiy (vaf 806 hijriy)ning “At-Tavsiatu alal iyal”. (Oila a’zolariga kengchilik qilish) 

2. Imom Suyutiy (vaf 911 hijriy)ning “Fazlu tavsiati fi yavmi Ashuro”. (Ashuro kunida oila a’zolariga kengchilik qilishning fazilati) 

3. Hofiz Ahmad ibn Siddiq G’imoriy (vaf 1380 hijriy)ning “Hadiyatus sug‘ro bi tashihi hadisi tavsiati alal iyali yavma Ashuro” (Ashuro kunida oila a’zolariga kengchilik qilish hidisining sahihligi borasida kichik sovg‘a). 

 To‘rt mazhab ulamolarning so‘zlari 

1. Badriddin Ayniy Hanafiy rahmatullohi alayh: “Bir so‘z bilan aytganda, ushbu Ashuro kuni anbiyolarning nazdida qadri ulug‘ bo‘lgan kundir. Bu kunda qilingan nafaqaning o‘rni ziyodasi bilan to‘ldirib beriladi” mazmunidagi Jobir roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisni keltirganlar”. (“Nuxabul afkor fi tanqihi maboni axbor fi sharxi maonil osor”, 8/388 )

2.  Alloma Ibn Obidin Hanafiy rahmatullohi alayh: “Ashuro kunida kengchilik qilish” haqidagi hadis Imom Suyutiy “Durar” kitobida aytganlaridek, “sobit bo‘lgan sahih hadisdir”, deb aytganlar. (“Raddul muhtor ala durril muxtor”, 2/419 ) 

3. Imom Ibn Arabiy Molikiy rahmatullohi alayh: “Ashuro kunida oila a’zolariga nafaqa va kengchilik qilinsa va bunda Allohdan savob umid qilinsa, ittifoqga ko‘ra, bu ishga ajr olinadi va Alloh taolo bandaning bu kunda ahliga sarflagan bir dirhamining o‘rnini o‘n dirham miqdorida to‘ldiradi”. (“Masolik fi sharhi muvatto Molik”, 4/205-206 ) 

4. Alloma Soviy Molikiy rahmatullohi alayh: “Ashuro kunida ahli oilasi va yaqinlariga kengchilik qilish mustahab bo‘ladi”. (“Xoshiyatu ala sharhis sog‘ir”, 1/691) 

5. Alloma Sulaymon Jamal Shofeiy rahmatullohi alayh aytadi: “Ashuro kunida ahli oilasi va yaqinlariga kengchilik qilish mustahab bo‘ladi. Bundan tashqari faqir va miskinlarga sadaqa qilish agar biror narsa topa olmasa, ularga zulm qilmaslik balki maqtalgan  xulqlar bilan muomalada bo‘lishi lozim”. (“Xoshiyatu ala fathil vahhob”, 2/347) 

6. Alloma Burhoniddin ibn Muflih Hanbaliy rahmatullohi alayh aytadi: “Ushbu kunda ahli oilasiga kengchilik qilish lozim bo‘ladi. Ibn Mansur Ahmad ibn Hanbaldan bu haqida so‘raganda, u kishi “ha” deb javob berganlar”. (“Al-mubdi’ fi sharhil muqni’”, 3/49 ) 

 Yuqoridagi ma’lumotlardan shu narsa ma’lum bo‘ladiki, ashuro kunida ahli oilasi va yaqinlariga kengchilik qilish Nabiy sollallohu alayhi vasallam va salafi solihinlardan sobit bo‘lgan sunnatdir. Ahli sunna val jamoa yo‘nalishidagi to‘rt mazhab sohiblari ushbu dalillarni ittifoqga ko‘ra hujjat sifatida qabul qilganlar va necha zamonlardan beri islom ummati bu ishga amal qilib keladi. Shunday ekan, ashuro kunida kengchilik qilish borasida kelgan hadislarni inkor qiluvchi kimsaning so‘zi umuman e’tiborga olinmaydi. 

 

Manba:  Misr muftiysi Doktor Shavqi Allom. 

 

Qo‘shimcha malumot

Imom Moturidiy hayoti va faoliyatiga chizgilar
Muallif: Ahmad Sa’d DamanhuriyTarjimonlar: S.Abdullayev, O.Ikrombekov🗓 Sana: 2023📝 Hajmi: 264 bet📖 Ushbu kitob misrlik moturidiyshunos olim Ahmad Sa’d Damanhuriyning Imom...
ZAMONAVIY TARIQATCHILIKNING IJTIMOIY ZARARLARI
Tasavvuf ta’limoti uzoq davrlar mobaynida jamiyatning turli tabaqalari o‘rtasida do‘stlik, birodarlik rishtalarini ildiz otishiga zamin yaratgan. Hozirgi paytda dunyoning ko‘p...
ULAMOLAR SOXTA SUFIYLIK HAQIDA
Tarixan, inson qalbini poklash, uni ruhiy-ma’naviy jihatdan yuksaltirishni maqsad qilgan tasavvuf ta’limoti yurtimizda keng taraqqiy etib kelgan. Tasavvuf yo‘lida riyozat...

Izoh qoldirish

Izohlar

Мы в соц сетях

Aloqa

Telefon:
E-mail:
Manzil:
©2024 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry