17.08.2021
256

O’zbekiston xalqaro islom akademiyasi o’qituvchisi, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi yetakchi ilmiy xodimi Ahmad Sa’d Damanhuriy o’z hamdardligini bildirdi:

Bismillahir rohmanir rohiym. O’zbekiston musulmonlari diniy idorasi raisi, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi huzuridagi Xalqaro ilmiy hay’at raisi, muhtaram muftiy Usmonxon Alimov olamdan o’tdilar. Alloh subhanahu va taolo u kishini o’z rahmatiga olsin hamda jannati na’imlardan joy ato etsin. Bu ulug’ inson bilan hayotlik vaqtlarida uchrashishga muyassar bo’ldik. U kishi o’z yurtidagi diniy sohani isloh qilishda tirishqoq, mujtahid siymolardan edilar. Bu sohada bor kuch-g’ayratlarini ishga solib, mehnat qildilar. Har doim yaxshilik qilguvchilardan bo’ldilar. U kishining o’gillari Ahmadxon Alimov Qur’oni karimning hofizi, O’zbekiston ulamolari orasida hurmatga ega olim hamda ilmiy-tadqiqotchilardan biri hisoblanadi. Men marhumning muhtaram oila a’zolariga xolisona ta’ziyamni bildiraman. Alloh taolodan u kishini o’z rahmatiga olishini so’rab qolaman. Bu judolik evaziga Alloh taolo barcha musulmonlarga xayrlar ato qilsin. Marhumning qabrini hamisha munavvar aylasin. Albatta, bizlar Allohnikimiz va Unga qaytguvchimiz.

Qo‘shimcha malumot

Imom Moturidiy hayoti va faoliyatiga chizgilar
Muallif: Ahmad Sa’d DamanhuriyTarjimonlar: S.Abdullayev, O.Ikrombekov🗓 Sana: 2023📝 Hajmi: 264 bet📖 Ushbu kitob misrlik moturidiyshunos olim Ahmad Sa’d Damanhuriyning Imom...
ZAMONAVIY TARIQATCHILIKNING IJTIMOIY ZARARLARI
Tasavvuf ta’limoti uzoq davrlar mobaynida jamiyatning turli tabaqalari o‘rtasida do‘stlik, birodarlik rishtalarini ildiz otishiga zamin yaratgan. Hozirgi paytda dunyoning ko‘p...
ULAMOLAR SOXTA SUFIYLIK HAQIDA
Tarixan, inson qalbini poklash, uni ruhiy-ma’naviy jihatdan yuksaltirishni maqsad qilgan tasavvuf ta’limoti yurtimizda keng taraqqiy etib kelgan. Tasavvuf yo‘lida riyozat...

Izoh qoldirish

Izohlar

Мы в соц сетях

Aloqa

Telefon:
E-mail:
Manzil:
©2024 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry