28.08.2023
76

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Indoneziyada xizmat safarida bo‘lib turibdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Muzaffar Komilov boshchiligidagi delegatsiya Indoneziyada xizmat safari bilan bo‘lib turibdi. 

Tashrif davomida Indoneziyaning bir qator diniy-ma’rifiy tashkilotlar, vazirlik va idoralar rahbarlari bilan konstruktiv va samarali uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.

Xususan, Sahid universitetida o‘tkazilgan uchrashuvda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi va Indoneziya tomoni o‘rtasida akademik hamkorlikni rivojlantirish, professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish, ilmiy stajirovkalar tashkil etish, hamkorlikda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama etildi.

Shu kuni O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi va Sahid universiteti o‘rtasida anglashuv memorandumi imzolandi. Shuningdek, Sahid universiteti huzurida Turizm sohasida akademik tadqiqot markazining ochish bo‘yicha kelishuv imzolandi. Ushbu markaz O‘zbekiston va Indoneziyaning turizm sohasidagi boy salohiyatini keng targ‘ib etish, ziyorat turizmi yo‘nalishida ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish, hamkorlikda xalqaro konferensiya va seminarlar tashkil etish bilan shug‘ullanib, O‘zbekistonning ziyorat turizmi brendini jahon bo‘ylab yanada ommalashtirishga xizmat qiladi.

Xizmat safari davom etmoqda. 

Manba: iiau.uz

Qo‘shimcha malumot

Imom Moturidiy hayoti va faoliyatiga chizgilar
Muallif: Ahmad Sa’d DamanhuriyTarjimonlar: S.Abdullayev, O.Ikrombekov🗓 Sana: 2023📝 Hajmi: 264 bet📖 Ushbu kitob misrlik moturidiyshunos olim Ahmad Sa’d Damanhuriyning Imom...
ZAMONAVIY TARIQATCHILIKNING IJTIMOIY ZARARLARI
Tasavvuf ta’limoti uzoq davrlar mobaynida jamiyatning turli tabaqalari o‘rtasida do‘stlik, birodarlik rishtalarini ildiz otishiga zamin yaratgan. Hozirgi paytda dunyoning ko‘p...
ULAMOLAR SOXTA SUFIYLIK HAQIDA
Tarixan, inson qalbini poklash, uni ruhiy-ma’naviy jihatdan yuksaltirishni maqsad qilgan tasavvuf ta’limoti yurtimizda keng taraqqiy etib kelgan. Tasavvuf yo‘lida riyozat...

Izoh qoldirish

Izohlar

Мы в соц сетях

Aloqa

Telefon:
E-mail:
Manzil:
©2024 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry