13.08.2023
77

Yozgi maktab safari doirasida Malayziya xalqaro islom universiteti vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi professor-o‘qituvchi va talabalari Singapur ­– Malayziya – Indoneziya mamlakatlarida tashkil etilgan yozgi maktab safari doirasida Malayziya xalqaro islom universitetiga tashrif buyurishdi.

Vakillarimizni Malayziya xalqaro islom universiteti prorektori, professor Ahmad Farish Ismoil kutib oldi. Mehmonlarni universitetda ko‘rib turganidan mamnunligini bildirdi.  

Shundan so‘ng ikki oliy ta’lim muassasasi vakillari ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi prorektori Salim Dusanov, Malaka oshirish va qayta tayyorlash markazi direktori Xusniddin Axmedov, Magistratura bo‘limi boshlig‘i Ashirali Abdirashidov hamda delegatsiya a’zolari ishtirok etdi.

Delegatsiyamiz a’zolari Akademiya faoliyati, maqsad va vazifalari, yaqin istiqboldagi rejalari, ziyorat turizmi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, Akademiya huzurida faoliyat yuritayotgan markazlar to‘g‘risida, shuningdek, Akademiyaning xalqaro hamkorlik faoliyati bo‘yicha qilinayotgan ishlar, xorijiy hamkor tashkilotlar bo‘yicha batafsil ma’lumot berishdi.

Samimiy muloqot davomida Malayziya xalqaro islom universiteti vakillari o‘zaro hamkorlik aloqalari rivojlanib borayotganidan mamnun ekanliklarini bildirdi. Universitet kutubxonasiga ekskursiya tashkil etildi. 

Shuningdek, Akademiya professor-o‘qituvchilari ishtirokida turizm mavzusiga bag‘ishlangan seminarlar o‘tkazildi. Yakunda Akademiya vakillariga universitet rahbariyati tomonidan sertifikatlar topshirildi.

Uchrashuv yakunida Akademiya vakillari universitet faxriy mehmonlari kitobiga esdalik so‘zlarini yozib qoldirishdi. 

Samimiy va samarali o‘tgan uchrashuv uchun o‘zaro minnatdorlik izhor etishdi.

Qo‘shimcha malumot

Imom Moturidiy hayoti va faoliyatiga chizgilar
Muallif: Ahmad Sa’d DamanhuriyTarjimonlar: S.Abdullayev, O.Ikrombekov🗓 Sana: 2023📝 Hajmi: 264 bet📖 Ushbu kitob misrlik moturidiyshunos olim Ahmad Sa’d Damanhuriyning Imom...
ZAMONAVIY TARIQATCHILIKNING IJTIMOIY ZARARLARI
Tasavvuf ta’limoti uzoq davrlar mobaynida jamiyatning turli tabaqalari o‘rtasida do‘stlik, birodarlik rishtalarini ildiz otishiga zamin yaratgan. Hozirgi paytda dunyoning ko‘p...
ULAMOLAR SOXTA SUFIYLIK HAQIDA
Tarixan, inson qalbini poklash, uni ruhiy-ma’naviy jihatdan yuksaltirishni maqsad qilgan tasavvuf ta’limoti yurtimizda keng taraqqiy etib kelgan. Tasavvuf yo‘lida riyozat...

Izoh qoldirish

Izohlar

Мы в соц сетях

Aloqa

Telefon:
E-mail:
Manzil:
©2024 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry