13.08.2021
265

“MOTURIDIYLIK VA HOZIRGI ZAMON” MAVZUIDAGI TURKUM ILMIY SYEMINARLAR BOSHLANDI

Avval xabar qilganimizdek, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi Bosh ilmiy xodimi, doktor Ahmad Sa’d Damanhuriy Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida “Moturidiylik va hozirgi zamon” mavzuidagi xalqaro ilmiy seminarlar haftaligida o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etmoqda.

12 avgust kuni doktor Ahmad Sa’d Damanhuriy Markaz ilmiy xodimlari bilan “Imom Moturidiy qarashlarining ilmiy ahamiyati” mavzuida davra suhbati o‘tkazdi. Tadbir davomida Moturidiyning hayoti va merosi haqida qimmatli ma’lumotlar aytib o‘tildi.

http://www.bukhari.uz/wp-content/uploads/2021/08/damanxuriy2_2.jpg

– Imom Moturidiy Injil, Tavrot kitoblarining ham bilimdoni, tafsir, kalom, fiqh, tasavvuf, falakiyot va tarix sohalarida ham mukammal ilmga ega bo‘lgan. U islom olamida eng ko‘p sharafli unvonlar bilan ulug‘langan yagona olimdir. O’z davridagi ulamolar orasida Moturidiyning obro‘-e’tibori juda yuqori bo‘lgan. Unga bejiz “Barcha hanafiy olimlar raisi” unvoni berilmagan. Moturidiy ijtihodda ham eng baland martabaga ko‘tarilgan olim, ilmu amalda barchaga o‘rnak bo‘lgulik sharafli inson edi, – deb ta’kidladi Damanhuriy.

Tadbir so‘nggida ilmiy xodimlar Moturidiylik ta’limotiga oid o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldi.

http://www.bukhari.uz/wp-content/uploads/2021/08/damanxuriy2_3.jpg

Ahmad Sa’d Damanhuriy kunning ikkinchi yarmida Samarqand shahridagi tarixiy obidalarni ziyorat qildi, Samarqand qog‘ozini ishlab chiqarish jarayoni bilan tanishdi.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi

Matbuot xizmati

 

Qo‘shimcha malumot

Imom Moturidiy hayoti va faoliyatiga chizgilar
Muallif: Ahmad Sa’d DamanhuriyTarjimonlar: S.Abdullayev, O.Ikrombekov🗓 Sana: 2023📝 Hajmi: 264 bet📖 Ushbu kitob misrlik moturidiyshunos olim Ahmad Sa’d Damanhuriyning Imom...
ZAMONAVIY TARIQATCHILIKNING IJTIMOIY ZARARLARI
Tasavvuf ta’limoti uzoq davrlar mobaynida jamiyatning turli tabaqalari o‘rtasida do‘stlik, birodarlik rishtalarini ildiz otishiga zamin yaratgan. Hozirgi paytda dunyoning ko‘p...
ULAMOLAR SOXTA SUFIYLIK HAQIDA
Tarixan, inson qalbini poklash, uni ruhiy-ma’naviy jihatdan yuksaltirishni maqsad qilgan tasavvuf ta’limoti yurtimizda keng taraqqiy etib kelgan. Tasavvuf yo‘lida riyozat...

Izoh qoldirish

Izohlar

Мы в соц сетях

Aloqa

Telefon:
E-mail:
Manzil:
©2024 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry