21.07.2023
86

Onlayn muloqotda hamkorlik aloqalari muhokama etildi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida Indoneziyaning Jakarta Sahid universiteti rahbariyati bilan onlayn uchrashuv bo‘lib oֲ‘tdi. Uchrashuvda O‘zbekistonning Indoneziyadagi Elchixonasi vakili A.Omonqulov, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi O‘quv ishlari bo‘yicha prorektori Z.Ro‘ziyev, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori J.Karimov, Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i B.Xo‘jayev, Magistratura bo‘limi boshlig‘i A.Abdirashidov hamda “Islom iqtisodiyoti va moliyasi, ziyorat turizmi” kafedrasi mudiri O.Astanakulov ishtirok etdi.

 

Hamkor tashkilot tomonidan Indoneziyaning Jakarta Sahid universiteti rektori, professor Ir Halil, M.Kom qatnashdi.

Mazkur muloqotda Akademiya professor-o‘qituvchilari va talabalaridan iborat guruhning yozgi maktab dasturi doirasida joriy yil avgust oyida Indoneziya davlatiga tashrifi hamda hamkor muassasada Akademiya markazini tashkil etish, shuningdek, Sahid universiteti va Akademiya o‘rtasida imzolanishi kutilayotgan anglashuv memorandumi loyihasi muhokama qilindi.

 

Suhbat davomida Jakarta Sahid universiteti rektori, doktor Ir Halil, M.Kom O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi bilan hamkorlik aloqalari rivojlanib borayotganini mamnuniyat bilan bildirdi hamda Sahid universitetida Akademiya uchun maxsus xona ajratib qo‘yilganini qo‘shimcha qildi.

Uchrashuvda Z.Ro‘ziyev Sahid universiteti tomonidan markaz ochish taklifi uchun minnatdorchilik bildirib, unda tez orada ilmiy yo‘nalishlarda hamkorlikni kengaytirish imkoni paydo bo‘lishini ta’kidladi.Yakunda tomonlar uchrashuv uchun minnatdorlik bildirishdi.


Manba: https://iiau.uz/ 

Qo‘shimcha malumot

Imom Moturidiy hayoti va faoliyatiga chizgilar
Muallif: Ahmad Sa’d DamanhuriyTarjimonlar: S.Abdullayev, O.Ikrombekov🗓 Sana: 2023📝 Hajmi: 264 bet📖 Ushbu kitob misrlik moturidiyshunos olim Ahmad Sa’d Damanhuriyning Imom...
ZAMONAVIY TARIQATCHILIKNING IJTIMOIY ZARARLARI
Tasavvuf ta’limoti uzoq davrlar mobaynida jamiyatning turli tabaqalari o‘rtasida do‘stlik, birodarlik rishtalarini ildiz otishiga zamin yaratgan. Hozirgi paytda dunyoning ko‘p...
ULAMOLAR SOXTA SUFIYLIK HAQIDA
Tarixan, inson qalbini poklash, uni ruhiy-ma’naviy jihatdan yuksaltirishni maqsad qilgan tasavvuf ta’limoti yurtimizda keng taraqqiy etib kelgan. Tasavvuf yo‘lida riyozat...

Izoh qoldirish

Izohlar

Мы в соц сетях

Aloqa

Telefon:
E-mail:
Manzil:
©2024 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry