12.08.2021
339

“MOTURIDIYLIK VA HOZIRGI ZAMON” MAVZUIDAGI XALQARO ILMIY SEMINARLAR HAFTALIGI

Imom Buxoriy va Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari hamkorligida 2021 yil 11-18 avgust kunlari “Moturidiylik va hozirgi zamon” mavzuida turkum xalqaro ilmiy seminarlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Anjuman va davra suhbatlarida O’zbekiston xalqaro islom akademiyasi o‘qituvchisi, IMXITM Bosh ilmiy xodimi, doktor Ahmad Sa’d Damanhuriy o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etadi.

Ikki tomonlama hamkorlik doirasida 11 avgust kuni Markazga doktor Ahmad Sa’d Damanhuriy tashrif buyurdi. Direktor o‘rinbosari O.Muhammadiyev mehmonni Markaz faoliyati bilan tanishtirdi. Ahmad Sa’d O’zbekiston hukumati tomonidan allomalarimiz ilmiy merosini o‘rganish va targ‘ib etishga yuksak e’tibor ko‘rsatilayotganini mamnuniyat bilan ta’kidladi. Doktor Damanhuriyda Markaz kutubxonasiga Misr Arab Respublikasi va Turkiyadan olib kelingan nodir asarlar katta ta’assurot qoldirdi. Olim kelajakda bunday ilmiy-tadqiqot markazlarida Imom Buxoriy, Imom Moturidiy va boshqa yuzlab allomalarning asarlari o‘rganilib, keng jamoatchilikka yetkazilishigi ishonishini bildirdi.

http://www.bukhari.uz/wp-content/uploads/2021/08/damanxuriy_2.jpg

Seminarlarda Markaz ilmiy xodimlari va boshqa tadqiqotchi islomshunos olimlar ishtirokida “Imom Moturidiy hayoti va ilmiy merosi”, “Ta’vilot al-Qur’on” va “Tavhid” asarlari haqida ma’ruzalar qilinadi, davra suhbatlari o‘tkaziladi.

http://www.bukhari.uz/wp-content/uploads/2021/08/damanxuriy_3.jpg

Samarqandga tashrif asnosida mehmonning bu qadim shahardagi tarixiy obidalarga ziyorati hamda Samarqand qog‘ozi ishlab chiqarish jarayoni bilan tanishuvi ko‘zda tutilgan.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi

matbuot xizmati

 

Qo‘shimcha malumot

Imom Moturidiy hayoti va faoliyatiga chizgilar
Muallif: Ahmad Sa’d DamanhuriyTarjimonlar: S.Abdullayev, O.Ikrombekov🗓 Sana: 2023📝 Hajmi: 264 bet📖 Ushbu kitob misrlik moturidiyshunos olim Ahmad Sa’d Damanhuriyning Imom...
ZAMONAVIY TARIQATCHILIKNING IJTIMOIY ZARARLARI
Tasavvuf ta’limoti uzoq davrlar mobaynida jamiyatning turli tabaqalari o‘rtasida do‘stlik, birodarlik rishtalarini ildiz otishiga zamin yaratgan. Hozirgi paytda dunyoning ko‘p...
ULAMOLAR SOXTA SUFIYLIK HAQIDA
Tarixan, inson qalbini poklash, uni ruhiy-ma’naviy jihatdan yuksaltirishni maqsad qilgan tasavvuf ta’limoti yurtimizda keng taraqqiy etib kelgan. Tasavvuf yo‘lida riyozat...

Izoh qoldirish

Izohlar

Мы в соц сетях

Aloqa

Telefon:
E-mail:
Manzil:
©2024 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry