10.08.2021
372

Yangiliklar

Buyuk mutafakkir ajdodlarimizning ilmiy-ma’naviy merosini o‘rganish, uni asrab-avaylash va kelajak avlodga yetkazish muhim vazifalardan biri hisoblanadi.

Kuni kecha navoiylik yurtdoshimiz Niyozbek Roziqov Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi kutubxonasiga fihq va aqida ilmlariga oid bir nechta toshbosma manbalarni taqdim etdi.

Shuni alohida ta’kidlash lozimki, mazkur manbalar Markaz ilmiy jamoasi tomonidan ilmiy asosda o‘rganilib, olingan natijalar xalqimizga, shu jumladan, xalqaro jamoatchilikka ham yetkaziladi.

Ushbu manbalarni birlamchi o‘rganish natijasida quyidagilar aniqlandi:

  • birinchi manba Isomiddin Ibrohim ibn Muhammad Asfaroiniy (873/1468-945/1538)ning Sa’duddin Taftazoniy (vaf. 791/1389) “Sharh al-Aqoid an-Nasafiya” asariga yozgan hoshiyasi bo‘lib, u “Hoshiya Isomiddin” nomi bilan mashhur bo‘lgan. Shu bilan bir qatorda, manba tarkibiga “Hoshiya Isomiddin” asariga Mavlono Valiyuddin (vaf. 1119/1708) va Sayyid Muhammad ibn Humayd Kafaviy (vaf. 1175/1762) tomonidan yozilgan hoshiyalar ham kiritilgan.

Manbaning birinchi sahifasi yuqori qismida “Hoshiya Isomiddin”, pastki qismida esa “Hoshiya Valiyuddin” deb yozilgan bo‘lib, ularning orasi jadval bilan ajratilgan. Manba 1316/1899 yilda “Shirkati sahofiya” matbaasida chop etilgan;

  • ikkinchi toshbosma asar Sa’duddin Taftazoniy “Sharh at-talvih ala at-tavzih li matn at-tanqih fi usul al-fiqh” asarining ikkinchi jildi bo‘lib, unda kitobning chop etilgan sanasi hamda matbaa haqida ma’lumot ko‘rsatilmagan.

Ushbu manba Ubaydulloh ibn Mas’ud Buxoriyning “at-Tanqih” asariga yozilgan “at-Tavzih” nomli sharhga bitilgan hoshiya hisoblanadi. Ushbu asar usul al-fiqh sohasiga oid manba bo‘lib, unda shar’iy dalillarning asosiy ruknlari, shu jumladan, Qur’on, sunnat, ijmo va qiyos haqida batafsil ma’lumotlar berilgan. Shu bilan bir qatorda, farz va vojibning hukmi, sunnat va nafl o‘rtasidagi farqlar, harom va makruhning turlari, ruxsat va azimat, aqliy nosog‘lom va voyaga yetmagan shaxslarning imoni masalasi, Qur’on, sunnat yoki ijmoga ta’vil qilgan holda xilof qilish, bilmaslikning uzrga o‘tadigan o‘rinlari, hazlning hukmi, birovni o‘z qaramog‘iga olish, safarga oid hukmlar, insonlarning haq-huquqlarida uzr sifatida qabul qilinmaydigan xatolar, mavjburlar va uning turlari hamda boshqa masalalar yoritilgan;

  • uchinchi manba Abdulhakim ibn Shamsuddin Muhammad Siyalkutiy Panjopiy Hindiy (vaf. 1067/1657)ning “Siyalkutiy ala at-tasavvurot” nomli asari bo‘lib, u 1320/1903 yilda “Shirkat sahofiya” matbaasida chop etilgan.

Manba mantiq ilmiga oid bo‘lib, unda mazkur ilmning mohiyati, unga tegishli atamalar tahlil qilingan, tasavvur va tasdiqqa ta’rif berilib, unga oid misollar keltirilgan. Shu bilan bir qatorda, kulliy, juz’iy, lozim va malzum, dalolat va uning turlari, jumladan, tazammuniy dalolat, lafziy iltizomiy dalolat, lafziy mutabaqiy dalolat, muqaddima sug‘ro va muqaddima kubro kabi mavzular haqida ham batafsil ma’lumotlar berilgan.  

 

     

 

Qo‘shimcha malumot

Imom Moturidiy hayoti va faoliyatiga chizgilar
Muallif: Ahmad Sa’d DamanhuriyTarjimonlar: S.Abdullayev, O.Ikrombekov🗓 Sana: 2023📝 Hajmi: 264 bet📖 Ushbu kitob misrlik moturidiyshunos olim Ahmad Sa’d Damanhuriyning Imom...
ZAMONAVIY TARIQATCHILIKNING IJTIMOIY ZARARLARI
Tasavvuf ta’limoti uzoq davrlar mobaynida jamiyatning turli tabaqalari o‘rtasida do‘stlik, birodarlik rishtalarini ildiz otishiga zamin yaratgan. Hozirgi paytda dunyoning ko‘p...
ULAMOLAR SOXTA SUFIYLIK HAQIDA
Tarixan, inson qalbini poklash, uni ruhiy-ma’naviy jihatdan yuksaltirishni maqsad qilgan tasavvuf ta’limoti yurtimizda keng taraqqiy etib kelgan. Tasavvuf yo‘lida riyozat...

Izoh qoldirish

Izohlar

Мы в соц сетях

Aloqa

Telefon:
E-mail:
Manzil:
©2024 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry