01.06.2023
119

📚 YANGI NASHR: KOSONIY AQIDASI

Ushbu risolada faqih va mutakallim Abu Bakr Ahmad ibn Muhammad Kosoniy hayoti va ilmiy merosi yoritilgan.

Risolani tayyorlashda yurtimizdan yetishib chiqqan kalom ilmi alloma va mutafakkirlarining hayoti va ilmiy merosi yoritilgan mahalliy hamda xorijiy kitob va monografiyalardan, Abu Bakr Kosoniyning hayoti va ilmiy merosi bo‘yicha tadqiqot olib borgan olimlarning maqolalaridan keng foydalanildi. Asar 75 betlik bo‘lib, hajm jihatidan kichik bo‘lsada, moturidiylik kalom maktabi borasida qimmatli ma’lumotlar beradi. Soha xodimlariga yanada qulay bo‘lishi uchun zamonaviy arab xatidagi holati va o‘zbek tiliga tarjimasi keltirilgan.

Risola Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining mehnat mahsuli hisoblanadi. “Kosoniy aqidasi”ning boshqa kitoblardan farqli jihati shundaki, unda ahli sunna val jamoaning aynan Samarqand va Buxorodagi ulug‘ ustozlaridan ishonchli yo‘llar bilan naql qilingan aqidaviy qarashlar jamlangan. Risola soha mutaxassislari va keng kitobxonlar ommasiga mo‘ljallangan bo‘lib, yodlash oson bo‘lishi uchun matni alohida qilib, harakat belgilarini qo‘ygan holda berilgan.

Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
 Matbuot xizmati

 

Qo‘shimcha malumot

MILLIY TARIXNI QAYTA TIKLASH OSON KECHMAGAN… Oqlanganlarning aksariyati Turkistondagi jadidchilik namoyandalaridir
31-avgust – Qatag‘on qurbonlarini yod etish kuniO‘zbekiston mustaqillikka erishishi bilan uning ma’naviy hayotida yangi – uyg‘onish, o‘zlikni anglash davri boshlandi....
Akademiya vakillarining Indoneziya Ulamolar kengashi a’zolari bilan uchrashuvi o‘tkazildi
O‘zbekiston Respublikasi Din va millatlararo munosabatlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Muzaffar Komilov boshchiligidagi delegatsiya a’zolari Indoneziya...
Hamkorlik rivojida yangi bosqich
Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston Respublikasi Din va millatlararo munosabatlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Muzaffar Komilov boshchiligidagi...
Мы в соц сетях

Aloqa

Telefon:
E-mail:
Manzil:
©2023 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry