25.05.2023
127

BUZG‘UNCHILIK TINCHLIKNING ASOSIY KUSHANDASIDIR

Alloh taolo insoniyat olamini yaratish bilan birga unga turli ne’matlarni ham berib qo‘ygan. Ming afsuslar bo‘lsinki, inson zoti mana shu ne’matlarning qadriga, ne’mat qo‘lidan ketganidan keyin yetadi. Xalqimizda bir maqol bor, “So‘ngi pushaymon o‘zinga dushman”. Darhaqiqat, ne’mat qo‘ldan ketgandan keyin qilingan pushaymondan ne naf?

Alloh taolo tomonidan insoniyatga berilgan ne’matlar ichida eng afzallaridan biri bu shubhasiz tinchlikdir. Haqiqatdan ham bugun butun insoniyat olami bu benazir haqiqatni tan olishdan boshqa chora topolmayapti. Zero tinchlik bo‘lmasa, insonga boshqa biron bir ne’mat tatimaydi. Shuningdek tinchlik bo‘lmasa boshqa ne’matlarga erishish ham juda mushkul ishlar qatoriga kiradi. 

Alloh taolo Qur’oni Karimda munofiqlarni sifatlab shunday deydi.

وَإِذَا قِيلَ لَهُمۡ لَا تُفۡسِدُواْ فِي ٱلۡأَرۡضِ قَالُوٓاْ إِنَّمَا نَحۡنُ مُصۡلِحُونَ۝ أَلَآ إِنَّهُمۡ هُمُ ٱلۡمُفۡسِدُونَ وَلَٰكِن لَّا يَشۡعُرُونَ ۝

“Agar ular(munofiqlar)ga yer yuzida fasod qilmanglar deyilsa, biz faqat isloh qiluvchilarmiz derlar. Ogoh bo‘ling! Ular, faqat ular fasodchilardir” (Baqara surasi, 11-12-oyatlar). 

Shuningdek, Moida surasida esa: 

وَٱللَّهُ لَا يُحِبُّ ٱلۡمُفۡسِدِينَ ۝

“Albatta Alloh fasodchilarni sevmas” deb xitob qiladi.

(Moida surasi, 64-oyat).

Biz nega aynan fasod va fasodchilar borasidagi oyatlarni keltirdik, chunki tinchlik degan ne’matga xavf tug‘diruvchi asosiy tahdid bu fitna fasodni insonlar orasiga yoyish va yoyilishidir. 

Moida surasida zikr qilingan “mufsid” so‘zining lug‘aviy ma’nosi “buzuvchi”, “urishtirib qo‘yuvchi”, “o‘zaro orani buzuvchi” bo‘lib, mana shunday ishlarni amalga oshirib, o‘zlari esa tinchlik ne’matini ko‘rolmaydigan fasodchi insonlar qatorida tomosha qilib turadiganlar mufsidchilardir. 

Hozirgi kunda insonlar orasida fasod ishlar tez urchishining sabablaridan biri, inson eshitgan narsasiga ishonib, ergashib ketaverishidir. Bu xabar rostmi?, yoki fitnami?. Bu haqida o‘ylab ham o‘tirmaydilar. Axir Alloh taolo bunday holatlarda mo‘min kishi qanday yo‘l tutishini Hujurot surasi, 6-oyatida bayon qilganku:

يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُوٓاْ إِن جَآءَكُمۡ فَاسِقُۢ بِنَبَإٖ فَتَبَيَّنُوٓاْ أَن تُصِيبُواْ قَوۡمَۢا بِجَهَٰلَةٖ فَتُصۡبِحُواْ عَلَىٰ مَا فَعَلۡتُمۡ نَٰدِمِينَ۝

“Ey iymon keltirganlar! Agar fosiq xabar keltirsa aniqlab ko‘ringlar, bir qavmga bilmasdan musibat yetqazib qo‘yib, qilganingizga nadomat chekuvchi bo‘lmanglar” deyilgan bo‘lib, ushbu oyati karimaga amal qilishimiz hamda biron xabar eshitsak bu xabar qanchalik haqiqatga yaqin ekanligini biz musulmonlar tekshirib, so‘ngra fikr mulohaza qilishimiz, agar o‘sha xabar yolg‘on bo‘lsa va buni tekshirmasdan fikr bildirsak yuqoridagi mufsid insonlar qatorida bo‘lib qolishimizni o‘zimiz yaxshi bilamiz. Demak musulmon kishi bu holatda tarqalgan xabarlarni sinchiklab tekshirishi va fasod xabarlardan o‘zini hamda oila a’zolarini to‘xtatishi lozimdir.

Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasalam shunday deganlar.

مَنْ أَصْبَحَ مِنْكُمْ آمِنًا فِي سِرْبِهِ مُعَافًى فِي جَسَدِهِ عِنْدَهُ قُوتُ يَوْمِهِ فَكَأَنَّمَا حِيزَتْ لَهُ الدُّنْيَا بِحَذَافِيرِهَا

Ya’ni, “Kim oilasi tinch, jasadi salomat va huzurida bir kunlik taomi bor holatda tong ottirsa, unga dunyo to‘lig‘icha berilibdi”. (Buxoriy, al-Adab al-mufrad) Payg‘ambarimizning ushbu so‘zlariga e’tibor bersak, biz uchun juda muhim bo‘lgan ammo biz ko‘pincha o‘shanga e’tibor qilmaydigan uch narsani aytib o‘tganlar. O‘sha uch narsa tinchlik, salomatlik va moddiy ta’minotdir. Barchamizga ayonki mana shu uch narsaning barchasiga biz erishib turibmiz va bu ne’matlar uchun albatta Allohga hamdlar aytib shukr keltirmog‘imiz kerak.

Yurtimiz tinchligini saqlashimiz uchun har xil fitnalarga, ig‘volarga hamda din nomidan noto‘g‘ri ish qiluvchilarga ishonmasligimiz, bu borada barcha insoniyatni ogohlantirib tinchlik ne’matini qadriga yetadigan qilib tarbiya qilmog‘imiz lozim. 

Alloh taolo butun olam osoyishtaligini, xossatan yurtimiz tinchligi va barqaror rivojini bardavom aylasin. 

 

Jobir Elov

Mir Arab oliy madrasasi rektori

Qo‘shimcha malumot

ISLOM TINCHLIK VA HAMJIHATLIK DINI (1-qism)
Islom o‘z mohiyatiga ko‘ra tinchlik dinidir. U insonlarni tinchlik va barqarorlikni ta’minlash yo‘lida bor kuch-g‘ayratini safrlashga, turli fitna va o‘zaro...
Tinchlik va osoyishtalik – oliy ne’mat!
Ma’lumki, tinchlik va xotirjamlik Alloh taoloning eng katta ne’matlaridan biridir. Shuning uchun ham Payg‘ambarimiz alayhissalom hadislarining birida tinchlik-xotirjamlik eng ulug‘...
Mazhabsizlik – musulmonlar birligiga ulkan tahdid
XX asr so‘nggida musulmon olamida islom niqobi ostidagi aqidaparastlik guruhlaridan tashqari yana bir tahdidning yangi qatlami namoyon bo‘ldi. U ham...

Izoh qoldirish

Izohlar

25.04.2024 21:39
❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤🕋🕋🕋🕋🕋🕋🕋🕋🕋🕋🕋🕋🕋🕋🕋🕋🕋🕋🕋🕋🕋🕋🕋🕋🕋🕋🕋🕋🕋🕋🕋🕋🕋🕋🕋🕋🕋🕋🕋🕋🕋🕋🕋🕋🕋🕋🕋🕋🕋🕋🕋🕋🕋🕋🕋🕋🕋🕋🕋🕋🕋🕋🕋🕋🕋❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤🤘❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤💔❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤🕋🕋🕋🕋🕋🕋🕋🕋🕋🕋🕋🕋🕋🕋🕋🕋🕋🕋🕋🕋🕋🤘🕋🕋🕋🕋🕋🕋🕋🕋🕋🕋🕋🕋🕋🕋🕋🕋🕋🕋🕋🕋🕋🕋🕋🕋🕋🕋🕋🕋🕋🕋🕋🕋🕋🕋🕋🕋🕋🕋🕋🕋🕋🕋🕋🕋🕋🕋🕋🕋🕋🕋🕋🕋🕋🕋🕋🕋🕋🕋🕋🕋🕋🕋🕋🕋🕋🕋🕋🕋🕋🕋🕋🕋🕋🕋🕋🕋🕋🕋🕋❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤
25.04.2024 21:30
Zur ekan 👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👎👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍
Мы в соц сетях

Aloqa

Telefon:
E-mail:
Manzil:
©2024 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry