24.05.2023
38

Halima Yaqub mamlakatimizdagi diniy konfessiya rahbarlari bilan uchrashdi

Avval xabar berilganidek, davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan, Singapur Prezidenti Halima Yaqub davlat tashrifi bilan mamlakatimizda bo‘lib turibdi.

Singapur rahbari bugun Toshkent shahrida mamlakatimizdagi diniy konfessiyalar rahbarlari bilan uchrashdi.

Muloqot davomida Osiyo yuragida joylashgan qadim Movarounnahr va hozirgi O‘zbekiston zamini, Buyuk ipak yo‘li orqali turli mintaqa, qit’alar, madaniyat va ilmlarni bog‘lovchi markaz bo‘lgani qayd etildi. O‘tmishda zardushtiylik, buddaviylik rivojlangan hududga islom dini kirib kelgach, bu zamindan Imom Buxoriy, Abu Iso Termiziy, Abu Mansur Moturidiy, Abu Rayhon Beruniy, Ibn Sino, Ahmad Farg‘oniy kabi buyuk allomalar yetishib chiqqan.

Suhbat chog‘ida Prezidentning jamoat va diniy tashkilotlar bilan hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi Muzaffar Komilov, O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin Xoliqnazarov mehmonlarga yurtimizda davlat rahbari tashabbusi bilan barcha sohalar qatori, diniy-ma’rifiy jabhada, xususan, din va e’tiqod erkinligi yo‘nalishida turli din vakillari uchun yaratilgan qator yangilik, qulayliklar haqida ma’lumot berdi. Bir necha yangi masjid, cherkovlar qad rostlab, ilmiy-tadqiqot markazlari, oliy va o‘rta maxsus islom bilim yurtlari ochilmoqda. 

Hozirgi kunda respublikada 16 diniy konfessiya mavjud bo‘lib, davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan diniy tashkilotlar soni 2346 tani tashkil etmoqda. Shundan 2149 tasi islomiy va 197 tasi turli noislomiy konfessiyalar hisoblanadi. O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi, Imom Buxoriy, Imom Termiziy va Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari, Buxoroda Mir Arab oliy madrasasi, Samarqandda esa Hadis ilmiy maktabi faoliyatini alohida ta’kidlash joiz.

Halima Yaqub xonim diniy bag‘rikenglik borasida O‘zbekistonning ilg‘or tashabbuslari xalqaro hamjamiyat tomonidan e’tirof etilayotganini qayd etdi. 2018-yil dekabr oyida BMT Bosh Assambleyasi yalpi sessiyasida Prezident Shavkat Mirziyoyev taklif etgan “Ma’rifat va diniy bag‘rikenglik” maxsus rezolyutsiyasi qabul qilingani fikrimizni isbotlaydi.

O‘zbekistonning ushbu tashabbusi dunyoda tinchlik-osoyishtalikni saqlash, diniy bag‘rikenglikni ta’minlashda naqadar katta ahamiyatga egaligi bugungi murakkab davrda yaqqol namoyon bo‘lmoqda.

Shuningdek, mamlakatimizda vijdon erkinligini ta’minlash yo‘lida olib borilayotgan sa’y-harakatlar xalqaro maydonda ham yuqori darajada e’tirof etilmoqda. Bunga 2020-yil dekabrda AQSh Davlat departamenti tomonidan O‘zbekiston diniy erkinlik bo‘yicha “Maxsus kuzatuvdagi davlatlar ro‘yxati”dan chiqarilganini misol qilib keltirish mumkin.

Uchrashuvda diniy konfessiya rahbarlari ham so‘zga chiqib, yaratilgan qulayliklar, e’tiqod erkinligi borasida olib borilayotgan islohotlar samarasini ta’kidladilar.

Manba: O‘zA

 

 

Qo‘shimcha malumot

Qatar Madaniyat vaziri: “IMOM BUXORIY MAJMUASI MAHOBATIDAN HAYRATLANDIM”
Xabaringiz bor, ayni kunlarda Qatar Davlati Amiri shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy yurtimizda davlat tashrifi bilan bo‘lib turibdi. Hurmatli...
📚 YANGI NASHR: KOSONIY AQIDASI
Ushbu risolada faqih va mutakallim Abu Bakr Ahmad ibn Muhammad Kosoniy hayoti va ilmiy merosi yoritilgan.Risolani tayyorlashda yurtimizdan yetishib chiqqan...
IRCICA tashkiloti direktori Mahmud Erol Qilichning kitobi taqdimoti o‘tkazildi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida Turkiyadagi Islom tarixi, san’ati va madaniyatini tadqiq qilish – IRCICA tashkiloti direktori, professor Mahmud Erol Qilichning...

Izoh qoldirish

Izohlar

25.05.2023 19:10
Buyragingizni 400 000 dollarga sotmoqchimisiz? Bu sensan Buyragingizni pulga sotish imkoniyatini qidiryapsiz Moliyaviy inqiroz tufayli nima qilishni bilmay qolasiz. Keyin bugun biz bilan bog'laning WhatsApp: +31 684911709 Telegram:+31 684911709 Viber: +31 684911709 Elektron pochta: doctorumarclinic@gmail.com Biz sizga buyragingiz uchun yaxshi pul taklif qilamiz. Mening ismim Doktor UMAR Men UMAR klinikasida nefrologman. Bizning klinikamiz buyrak jarrohligiga ixtisoslashgan va biz ham davolaymiz Buyraklarni sotib olish va transplantatsiya qilish Tegishli donor. Biz Hindiston, Turkiya, Frantsiya, Nigeriya, Amerika Qo'shma Shtatlari, Malayziya, Dubay, Quvaytda joylashganmiz diqqat bilan DR UMAR
Мы в соц сетях

Aloqa

Telefon:
E-mail:
Manzil:
©2023 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry